I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 131 library.ziyonet.uz/ -Adajonisi endi boʻldi qila qoling, tilimni bekorga qichitmang. Hozir adi-badi aytadigan paytmas. Vaqti kelsa sizam xasratingizni bir etakka toʻkarsiz, menam. Obodxon shunday deb chiqib ketayotganida darvoza ostonasida usta bilan mardikorlarga duch keldi. “Akangizning gapi bor, kiraveringlar”, dedi-da, shoshilganicha joʻnab qoldi. Usta sochilib yotgan gʻishtlarni koʻrib, toʻxtab qoldi. “Yana shu ahvolmi?” degan ma’noda mardikorlar bilan koʻz urishtirib oldi. Sattor chiqib soʻrashayotganda: -Xoʻjayin, bu yogʻi gʻalati boʻlyapti-ku? - deb soʻradi. -Hech gʻalati joyi yoʻq, - dedi Sattor chaynalib. - Uch-toʻrt kun dam olib turasizmi yo boshqa ish olasizmi... ish haqingizni yarmini beraymi? -Yarmini emas, hammasini beravering. Ranjimang-u, bu yerga boshqa kelmaymiz. -Nega? -Bu yerning xosiyati yoʻqqa oʻxshaydi. -Bu nima deganingiz? Nega xosiyati boʻlmaydi? -Bilmadim... ishimning sustligidan koʻnglim gʻashlanayatuvdi. Yana bu ahvol... Tushunmayapman. Imorat gʻishtini terish boshqa-yu, hovlini ikkiga boʻlib, oʻrtadan devor olish boshqa ekan. Usta bilan hisob-kitob qilib, joʻnatgach, Sattor hovli oʻrtasida karaxt holda turib qoldi. Keyin engashib qoʻliga bir gʻisht oldi. Huddi uning tarkibini oʻrganmoqchi boʻlganday tikildi. Keyin bir chetga qoʻydi. Soʻng yana birini oldi. Shu zaylda gʻishtlarni chetga taxlay boshladi. Bir ayvonda Oftobxon adasining harakatini kuzatib turardi. Boshqa ayvonda esa Robiya bilan Nuriddin. Nuriddin onasiga yaqin kelib: “amakimga yordamlashaymi?” deb soʻradi. Qaynisining harakatlariga tushunolmayotgan Robiya oʻgʻlining boshini silab: “hozirmas, keyin”, deb qoʻydi. Oʻn beshtacha gʻishtni taxlagach, Sattorning nafasi qaytib, qaddini rostladi. Keyin uyiga kirib ketdi. Uni ayvonda qarshilagan Oftobxon “Adajon, choy damlaymi?” deb soʻradi. Sattor uning ayvondan bir qadam nariga chiqishini istamayotgandi, shu uchun “yoʻq”, deb bosh chayqadi. Oftobxon xonasiga kirib ketdi. Sattor xotini tayinlab ketganiday qizi bilan “shirin-shirin gaplarni” gaplashib oʻtira olmadi. Divandagi yostiqqa yonboshladi. Uyqusiz tundan meros charchoq uni oʻz hukmiga oldi: mudray boshladi. Tush koʻrdi: adasi rahmatli roʻparasida ma’yus turganmish: -Oʻzing ham qiynalib ketding, bolam, shu zarurmidi senga? - dermish. -Ayb menda emas, akamning qaysarliklaridan boʻldi hammasi... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling