I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 128 library.ziyonet.uz/ -Bu devoringning narxi qancha, qanchaga tushdi? - dermish onasi. -Gʻishtga ketgan pul bilan ustaga... - Sattor hisoblab bermoqchi boʻlganida adasi eshitgisi ham kelmasmish. -Devoringning narxi juda baland. Sen uni akangdan tiriklayin ajralish hisobiga qurdiryapsan. Endi buning yoniga qizingning joni ham qoʻshilyapti. Gʻaflat bosmay, tur, oʻrningdan! Shunday deb adasi bilan oyisi koʻzdan yoʻqoldi. Ammo bir qora sharpa kelib uni boʻgʻa boshladi... Bosinqirab baqirayotgan Sattorni Obodxon turtib uygʻotdi. -Esxonamni chiqarib yubordingiz-a, shunaqayam baqiradimi odam degan. Yonboshlab yoting. Sattor yonboshiga agʻdarilmay qaddini koʻtarib, oʻtirdi. Hozir koʻrgan tushi ta’sirida boshi garang boʻldi. Teskari oʻgirilib yotib olgan Obodxonni turtib: -Qizingqani? - deb soʻradi. -Qaysi biri? - dedi Obodxon uyqusiragan holda. -Kattasi... -Uyda uxlayapti, goʻrda boʻlarmidi? -Nafasing oʻchsin, tur, qara, - Sattor shunday deb uni qattiq turtdi. Obodxon “voyey” deb qoʻydi-yu, turgisi kelmadi. Bundan achchiklangan Sattor endi tizzasi bilan turtgach, erinibgina oʻrnidan turib, qunishganicha ayvonga chiqdi-da, qizlar yotadigan xonaning eshigini ochdi. Sattor beixtiyor unga ergashdi. Oftobxonning oʻrni ochilmagan, bu uning oʻringa yotmaganidan dalolat edi. Hammadan oldin xonasiga kirib ketgan qiz qayerda boʻlishi mumkin? Er-xotin shunday savol nazari bilan bir-birlariga qarab qolishdi. Shu payt osmon qarsillab mayda-mayda boʻlakchalarga ajralib ketganday tuyuldi. Oftobxonning “agar shu devorni qursangiz oʻzimni osaman!” degan alamli gapi osmonu yerni larzaga solib jaranglaganday boʻldi. Sattor oʻzi ham bilmagan holda “Oftob, qizim!” deb baqirib yubordi-da, hovliga otildi. Gap nimada ekanini anglab yetmagan Obodxon havotir bilan unga ergashdi. Katakdagi xoʻroz bezovtalanib ququlab qoʻydi. Atrofga olazarak boqib qizini izlayotgan Sattorga bu bir ishoraday tuyulib qoʻyxona tomon qaradi. Bu onda boʻyniga sirtmoq ilgan Oftobxon harakatini tezlatdi - oyogʻi ostidagi kursini tepib yubordi. Koʻyxonada nimaningdir taraklaganini eshitgan Sattor shu tomon yugurdi. Osilib turgan qizini koʻrdi- yu, uniquchoklab baland koʻtardi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling