I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
127 
library.ziyonet.uz/ 
 
-Gʻishtlarga nima boʻlibdi? - dedi Toʻlqin hanuz hech nimaga tushunmayotganday. 
 
-Har bitta gʻishtni usta pulga teradi. Oʻgʻillaringizga shuni aytib qoʻying. 
 
-Shunaqami? Mening oʻgʻillarim, ukam, sen oʻylaganchalik ahmoq emas. Ular bunaqa 
ish qilishmaydi. 
 
-Unda kim? Siz bunaqa jinoyatlarni ochishga ja-a ustasiz-ku? 
 
-Ha, ustaman. Ariza ber, tekshirib, aniqlaymiz. 
 
-Maynavozchiligingizni yigʻishtiring. Mayli, ustaning pulini bermang, lekin 
nomardligingizni tan oling, ha! 
 
Toʻlqin ukasiga gʻazab bilan tikildi-yu, ammo bitta gapdan qolishga oʻzida kuch topdi. 
* * * 
Kun oʻtdi. Kech kirdi. Tun yana oʻz hukmini oʻtkazishga kirishdi. 
 
Hamma uyquga ketgan onda bezovta ruhlar yana paydo boʻldilar. 
 
Keyin kunduzi ustalar qayta terib ketgan gʻishtlar turli tomonlarga uloqtirildi... 
 
Tongda esa... 
 
Kechagiday ajablanish boʻlmadi. Gumon ham yoʻq edi. Ajablanish va gumon oʻrnini 
gʻazab egalladi. Obodxon Sattorni qayrab oʻtirmay gʻalvani oʻzi boshlab qoʻya qoldi. 
Robiya unga bas kela olmadi. Obodxon Toʻlqinga ham gap bermadi. Gʻazab otashida 
yonayotganlar soʻnggi choraga rizo boʻlayotgan Oftobxonning deraza ortidan ma’yus 
qarab turgannini sezishmadi. 
 
Ustalar kelib, ajablanib qarab turishdi-da, yana ish boshlashdi. 
 
Kun oʻtib yana kech kirdi. Yana tun hammayoqni gʻaflat chodiriga oʻradi. 
 
Yana bezovta ruhlar paydo boʻldilar. Bu onda uydan gʻam iskanjasidagi Oftobxon chiqib, 
ular toʻxtab qoldilar. Oftobxon asta-asta bosib kelib devorga yaqinlashdi. Beixtiyor 
ravishda ikki gʻishtni koʻchirib tashladi. Bir oz harakatsiz turgach, qoʻyxona tomon 
yurdi. Uning muddaosini sezgan ruhlar yoʻlini toʻsmoqchi boʻlishdi. Oftobxon devordagi 
mixqoziqda iligʻliq turgan arqonniqoʻliga oldi. 
 
Bu onda Sattor vahimali tush ta’sirida toʻlgʻonayotgan edi. Bir qarasa, devor bitganmish. 
Biroq... devor ostida adasi bilan oyisi yotishganmish. 
 
-Sen devorni koʻkragimiz ustidan qurdirding. Ezilib ketyapmiz, - deb ingrarmish oyisi. 
 
-Bunaqada oyingni oʻldirib qoʻyasan, - dermish adasi. 
 
Satttor jonholatda devorni buzayotganmish. 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling