I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet125/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
125 
library.ziyonet.uz/ 
 
shumligi borligini biluvdim. Akangizga ayting, ustalarning kechagi haqini toʻlab qoʻysin. 
Chidolmayotgan boʻlsa, mahallaga chiqsin. 
 
-Mahallani aralashtirma. Gap koʻpaymasin, - dedi Sattor. 
* * * 
Robiya nonushta tayyorlagach, oila yana jam boʻldi. Bolalar ham hovlidagi manzarani 
koʻrishib ajablanishgan, lekin bu haqda gap ochishni lozim koʻrmay indamaygina choy 
ichishardi. Bunaqa jimlikdan Robiyaning yuragi tars yorilib ketay dedi. Eriga bir-ikki 
qaragan edi, Toʻlqin “gapirma” degan ma’noda ishora qildi. Gapirmaslikning esa iloji 
yoʻq edi. 
 
-Bahriddin, buguncha dam olasanmi? 
 
Kecha oqshomda ham “ertaga uyda boʻlasanmi?” deb soʻragan edi. Shu sababli 
Bahriddin onasiga ajablanib qaradi, lekin “kecha aytduvdim-ku!” deb koʻrslik qilmay, 
javobini takrorladi: 
 
-Vazirlikka borishim kerak, chaqirtirishgan. 
 
Yana jimlik choʻkdi. Robiya endi kenjatoyiga qaradi: 
 
-Nuriddin, gʻishtlarni koʻrdingmi, kim bunaqa qildiykin? 
 
Nuriddin bu savol ostida “sen qildingmi?” degan ma’no yotganini anglab, najot koʻzi 
bilan adasiga qaradi. Toʻlqin norozi qiyofada bosh chayqab qoʻydi. Robiya buni 
sezmaganday oʻgʻlidan javob kutdi. 
 
-Oyi, Nuriddin bilmaydi, - dedi Salohiddin gapga aralashib. - Kechasi qotib uxlagan. 
Bizdan ham gumonsiramang, biz ham tegmadik bu gʻishtlarga. Agar “oʻgʻillarim 
shunaqa ahmoq boʻlib qolishgan”, deb oʻylasangiz, yana oʻzingiz bilasiz. 
 
Oʻgʻlining keyingi gapi Robiyani mulzam qildi: 
 
-Voy tavba, gapingni qara! Senlarga bir nima deganim yoʻq-ku? 
 
-Demasang ham koʻzlaring aytib turibdi, - dedi Toʻlqin. 
 
-Men bilaman, - deb yubordi birdan Nuriddin. - Oftob opam qilganlar. Oʻtgan kuni 
kennayimga baqirdilar. “Agar devor qursanglar oʻzim buzib tashlayman yo oʻzimni 
osaman”, dedilar. 
 
-Tavba, tavba-ya! Gapirma bunaqa gaplarni!-dedi Robiya. 
 
-Bunaqa ish Oftobning qoʻlidan kelmaydi, - dedi Salohiddin. 
 
-Nima boʻlganda ham amakim bizlardan koʻradilar. Lekin biz qilmaganmiz, - dedi 
Bahriddin. 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling