I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
133 
library.ziyonet.uz/ 
 
hushdan ketib, bir oʻziga kelib yotgan qaynotasi uning moʻljalicha bir haftaga qolmay 
uzilishi kerak edi. Pushaymoni shundaki, bemor shu ahvolida yana toʻrt oy yashadi. 
 
Sattor bu gaplardan bexabar edi. 
 
Adasi tamshangan paytda labini hoʻllash uchun piyolada suv yoʻq ekan, tashqariga 
chiqqan edi. 
 
Akasining qoʻlida xat koʻrgani esida. 
 
Adasi tildan qolgan edi. Labini hoʻlladilar. Keyin... 
 
Xatni qayerga qoʻygani yodida yoʻq. 
 
Nahot hozir tushida koʻrgani rost boʻlsa? 
 
Sattor javonning orqasiga qarashga urindi. Hech nima koʻrolmadi. Keyin javonni 
siljitmoqchi boʻldi. Kuchi yetmadi. Bir oz nafas rostladi-da, jahd bilan ishga kirishdi. 
Ancha urinishdan keyin javon salgina siljidi. Shunda javon bilan devor oraligʻida oq 
narsaga koʻzi tushib yanada jahd bilan urindi. Nihoyat qoʻl sigʻadigan darajada siljitgach, 
chang bosib, rangini yoʻqotayozgan oq xaltjildni oldi. Yelimi qurib ketgani uchun darrov 
ochildi. Ichidan olgan qogʻozdagi adasining dastxatini tanib koʻz oldi qorongʻilashdi. 
Devorga suyanib qoldi. Bir oz oʻziga kelgach, oʻqiy boshladi: 
 
“Ota vafot etib, ikki oʻgʻliga bir qopgina bugʻdoy meros qolibdi. Aka-uka bu merosni 
teng ikkiga boʻlishibdi. Kechqurun kenja oʻgʻilning uyqusi qochib, oʻylanibdi:”teppa-
teng boʻlishganimiz insofdan emas. Akamning oilasi bor. Roʻzgʻor tebratishiga yarim 
qop bugʻdoy yetmaydi-ku? Men yolgʻizman, qornimni bir amallab toʻygʻazib olarman”. 
Shunday deb u oʻrnidan 
 
turibdi-yu, tashqariga chiqib, oʻzining ulushidan akasining qopiga solib qoʻyibdi. Oʻsha 
kecha akaning ham uyqusi qochibdi. U ham oʻylabdi: “Men noinsoflik qildim. Ukam hali 
uylanishi kerak, oʻzini tutib olishi lozim. Mening bollarimga Xudoning oʻzi rizq berar”, 
degan qarorda chiqib oʻzining bugʻdoyidan ukasining qopiga solib qoʻyibdi. Bu hol har 
kecha takrorlanaveribdi. Kun oʻtaverarmishu bugʻdoy sira kamaymasmish. Bu 
moʻ’jizadan ajablangan aka-ukalar donishmandga borib, undan buning sababini soʻragan 
ekanlar, donishmand “toʻgʻrisini aytinglar, nima qilardinglar?”debdi. Ular qilgan ishlarini 
yashirmay aytishibdi. Shunda donishmand: “xonadoningizdagi barakaning sababi - bir-
birlaringizga boʻlgan mehr-muruvvatda”, degan ekan. 
 
Bolalarim, men sizlarga katta boylik qoldirmayapman. Aqlim yetganicha toʻplaganim -
ilm qoldiryapman. Unga xiyonat qilmang. Yana oʻqiganingiz shu rivoyatni ham 
ikkovingiz meros oʻrnida qabul qiling. Qissadan hissa chiqarish har biringizning 
zehningizga bogʻliq...” 
 
Sattorning oyoqlari titray boshladi. Devorga suyanganicha holsizlanib oʻtirdi. Xatni yana 
bir marta oʻqidi... 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling