I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 134 library.ziyonet.uz/ Yotoqda havo yetishmay ayvonga chiqdi. Shu payt tashqarida Robiyaning ovozi keldi: -Nuriddin, qayerdasan, bolam, nima qilyapsan? -Gʻisht taxlayapman, oyi... -Sen tegmagin, bolam, ular juda ogʻir, oyogʻingga tushib ketadi. -Ogʻirmas, oyi... Ona-bolaning gaplarini eshitib Sattorning yuragi hapriqib ketdi. Nazarida gapirayotgan Robiya emas, oʻzining onasi edi. Javob berayotgan jiyani Nuriddin emas, balki oʻzi edi. Necha yillar avval uy qurilayotganida onasi shunday chaqirgan edi: -Sattorjon, bolam. Nima qilyapsan? -Gʻisht tashiyapman oyijon. -Sen tashimagin bolam, ogʻir-ku? -Ogʻirmas, men katta bolaman-ku, ana, akam ham tashiyaptilar... Sattorning koʻzlari yoshlanib deraza yoniga keldi. Nuriddin oʻgirilib, amakisini koʻrdi- yu, “urishib bermasmikinlar” degan havotirda unga qarab qoldi. Sattor unga qarab ma’yusgina jilmaydi. Nuriddin unga javoban quvonch bilan kulib qoʻydi-da, ishini davom ettirdi. Mijozlariga tezgina uchrashib keladigan Obodxondan peshinda ham darak boʻlmadi. Oftobxon ovqat isitdi. Ota-bola tamaddi qildilar. Bu orada avval Bahriddin keyin Oynisa ham kelishdi. Oftobxon bilan Oynisa imtixonga tayyorlanish bahonasida xonasiga kirib ketgach, Sattor ham bir pas dam olish istagiga yotogʻiga kirdi. Imtixonga tayyorlashi lozim boʻlgan kitoblar ochilmadi ham. Bir-biriga sirdosh boʻla olmagan opa-singilning gaplari bir-biriga qovushmadi. Oftobxon siqilib, ayvonga chiqdi. Shu payt Bahriddinning xonasidan ajib bir kuy taraldi. Oftobxon berilib tingladi. Kuy uni sehrladi. Oʻrnidan turib hovliga chiqdi. Bir oz ikkilanib turdi-da, amakisining uyi tomon yurdi. Qizning harakatlarini kuzatib turgan Robiya uni ayvonda quchoq ochib kutib oldi. Oʻtirishga taklif qilgan edi, Oftobxon unamadi. -Yangi kuymi? - deb soʻradi. -Yangi, - dedi Robiya. Bu onda kuy tinib, ichkaridan Bahriddinning hirgoyisi eshitildi: Hirgoyi tugab, yana nayning nolasi eshitildi. Robiya bilan Oftobxon bir-birlariga qaradilar. Ikkovlarining koʻzlaridan yosh oqayotgan edi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling