I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
129 
library.ziyonet.uz/ 
 
-Pichoq olib kel, tez boʻl!-deb baqirdi. 
 
-Voydod, qizimdan ayrilib qoldim!-deb faryod qildi Obodxon. 
 
-Pichoq olib kel, deyapman!-deb baqirdi Sattor gʻazab bilan. 
 
Bu shovqinni eshitgan Toʻlqin, uning izidan Robiya hovliga yugurib chiqdilar. 
Sarosimada qolgan Obodxon pichoqning qayerda turishini ham unutib, paypaslanib 
yurardi. Robiya oshxonadan pichoq olib eriga uzatdi. Toʻlqin shoshilganicha arqonni 
kesdi. Oftobxon otasining koʻlida behush yotardi. Obodxon tinmay dod solardi. Toʻlqin 
qizning boʻyin tomiriga barmogʻini qoʻydi-da, ungaqarab baqirdi: 
 
-Qizingiz tirik, dodlamang!-Shunday deb Oftobxonning yuziga asta-asta urib qoʻydi:-
Oftobxon, ona qizim, koʻzingni och. 
 
Robiya kosada suv olib chiqib qizning yuziga sepdi. Oftobxon seskandi, keyin koʻzini 
ochdi. Otasiga qarab turdi-da, xoʻngrab yuborib, xuddi kichkina qizaloq kabi uni 
quchoqlab oldi. Qoʻrquvdan bir oz holi boʻlgan Sattorning koʻzlari ham yoshlandi. Qizini 
yerga koʻymay, koʻtarganicha uyiga qarab yurdi. 
 
Toʻlqin bilan Robiya ularning izidan borishni ham, bormaslikni ham bilmay bir oz 
turdilar. Keyin noiloj holda ergashdilar. 
 
Sattor qizini xonasiga emas, oʻzining yotogʻiga olib kirib yotqizib ayvonga chiqdi. 
Robiya darrov choy qoʻydi. Obodxon qizi yonida yigʻlab oʻtiraverdi. Erining “boʻldi qil!” 
deb tergashi ham ta’sir qilmadi. Oftobxon koʻzlarini bir nuqtaga qadab yotaverdi. “Xudo 
mening oʻlishimni istamadi. Dunyoda qiynalib, ezilib yashashimni xohladi...” degan fikr 
uni tark etmadi. 
 
Sattor ham, Toʻlqin ham ayvonda jimgina oʻtirardilar. Ikkovi ham qizning bu ishiga nima 
sabab boʻlganini bilolmay hayron edilar. Toʻgʻrirogʻi, aynan oʻrtadagi devor sabab 
ekanini tan olgilari kelmasdi. 
 
Robiya choy damlab, ichkari kirdi. Shirinchoy qilib Oftobxonga ichirmoqchi boʻldi. 
Oftobxon avvaliga labini qimtib ichishni istamadi. Robiya “Jon ona qizim, icha qol, 
yengillashasan”, deyavergach noiloj ikki qultum ichdi. 
 
Aka-ukaning sukut holatida oʻtirishi ancha choʻzildi. Toʻlqin bu yerda oʻtirishga hojat 
yoʻqligini bilib, oʻrnidan turdi. 
 
-Sattor, bu gap koʻchaga chiqmasin, qiz bolaning nomiga isnod boʻladi, - dedi ukasining 
yelkasiga qoʻlini qoʻyib. Keyin qizlarning xonasi tomon imladi:- ular ham bilishmasin. 
 
Sattor tobelik bilan bosh irgʻab “ma’qul” ishorasini qildi. 
 
Ularning bu holatini kuzatayotgan biron begona kimsaga “kechagina yovlashgan aka-
ukalar shular”, deyilsa ishonmasligi mumkin edi. 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling