I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 126 library.ziyonet.uz/ -Shunaqa-yu... lekin ularni bunga ishontirib boʻlarmikin? -Sen ishontirishga harakat ham qilma, - dedi Toʻlqin. - Indamay oʻtiraver. -Sizga shunday deyish oson. Hozir hammangiz ketasizlar. Baloga men qolaman. -Gapirsa ham sen “bilmayman” deginu boshqa indama... “indama... indama... endi bu dunyodan indamaygina oʻtib ketaman shekilli...” Robiya xayoliga kelgan bu gapni tiliga chiqarmadi, eriga e’tiroz bildirmadi. Ayni damda narigi ayvonda ham nonushta qilishayotgan edi. Salohiddin bilan Bahriddinni kuzatib chiqqan Robiyaga koʻzi tushgan Obodxon beixtiyor qizlariga qaradi: ikkovining aka-ukaga tikilib turganini koʻrib gʻashlandi-da, zardali ohangda: -Oftob, bugun maktabga bormaysan, - dedi. - Men bozorga chiqishim kerak. Ustalarga sen ovqat qilib berasan. -Bormasam ustozdan gap eshitaman. -Ustozing gapiraveradi. Koshki shu maktabda oʻqiganlardan biron tuzukroq odam chiqsa. -Oʻqishiga boraversin, ustalarga oʻzim qarayman, - dedi Sattor. -Siz mijozlarga mol olib borib berasiz. Xitoyga qatnaydiganlar bilan qachon gaplashasiz? Bugun-erta deb yurguningizcha ular ming marta borib-kelishadi. -Ayb mendami? Pulga qarab turuvdik-ku? -Bahona topib oʻtiravering... -Shunday deb choy hoʻplaomqchi boʻlgan Obodxon birdan qalqib ketdi:-Hay, turing, turing, deyapman! -Nima boʻldi, nega vahima qilasan? - dedi Sattor. -Tura qoling, akangiz ketmoqchi. Shartta-shartta gapiring. Yo xotin boshim bilan men aralashaymi? -Sen jim tur, - Sattor shunday deb ayvon derazasini ochdi:-Aka, bu yogʻi qiziq boʻldi-ku? Bu gapdan keyin Oftobxon jahl bilan shart oʻrnidan turdi-da, xonasiga kirib ketdi. Darvozaga yetib qolgan Toʻlqin ukasining ovozini eshitib, toʻxtadi. Salom-aliksiz shunday savol berilishi uning jahlini qoʻzgʻadi. Lekin tushunmaganday ukasiga qarab turaverdi. -Gʻishtlarni aytyapman, - deb izoh berdi Sattor. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling