I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
117 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
-Aytdim, bundan battarroq qilib aytdim, aqli boʻlsa tushunib olar.Shariatda bir masala 
bor, anglab olishinglar kerak. Ota-onadan keyin mulk vorislar orasida boʻlinadi. Aslida 
ota-ona oʻlimidan oldin vasiyat qilishi kerak. Merosxoʻrlar esa bu vasiyatga 
boʻysunishlari shart. Kimki vasiyatni oʻzgartirsa gunohkor boʻladi. Adang rahmatli 
shariat yoʻlini tan olmay yashadi. Vasiyat ham qilmadi. Senlar ham shariat yoʻlini 
bilmaysanlar. Shuning uchun boshlaringga bunaqa gʻam-tashvishlar tushyapti. Adang 
rahmatli vasiyat qilmasa ham bu ikki uyni ikkoving uchun atab qurgan. Shu niyatni balki 
vasiyat oʻrnida qabul qilarmiz.Sen yashayotgan uyda ukangning haqqi yoʻq, ukang 
yashayotgan uyda sening haqqing yoʻq. Adangdan boshqa boylik qolmagan, boʻlinadigan 
narsaning oʻzi yoʻq. Hovlini bunaqa qilib boʻlib olinishi, aka-ukaning yuzkoʻrmas boʻlib 
yashashi esa shariatga zid. Sen - akasan. Zimmangdagi burch ulugʻroq, javobing ham 
shunga yarasha boʻladi. Uka toʻgʻri yoʻldan chiqsa, aka ham aybdor, gunohdan oʻzimni 
chetga olaman, deb ovora boʻlma. 
 
Boshini egib oʻtirgan Toʻlqin bu gaplarni eshitdi-yu, indamadi. Xayolidagi gaplar 
ayqash-uyqash boʻlib ketdi. Chuqur “uf” tortdi. Boshini koʻtarib, beixtiyor ukasining uyi 
tomon qaradi. Deraza pardasi ortida Obodxonning turganini koʻrib: 
 
-Ukamga gapirganning foydasi kam, hamma balo ana unda, - dedi. 
 
Ibrohim uning kimni nazarda tutayotganini bilib: 
 
-Gap faqat oʻshanda boʻlsa muammolaring bunchalar ogʻir boʻlmas edi, - dedi tagdor 
ohangda. - Endi kirib yot, menam hordiq chiqaray. 
 
Toʻlqin noiloj ravishda oʻrnidan turdi. U ukasining ayvoniga qaraganda Obodxon 
chindan ham deraza yaqinida turgan edi. Hovlidagilarning gaplarini eshitishga harakat 
qilsa ham, qulogʻiga gʻoʻngʻir-gʻoʻngʻirdan boshqa narsa kirmay, gʻashini keltirayotgan 
edi. 
 
-Nima qilib turibsan u yerda, qochsang-chi? - dedi ichkari uydan chiqib kelgan Sattor. - 
Amakimning gaplariga tushundingmi? Devor urmoqchi boʻlganimizni sezganlar. 
 
-Uyda oʻtirib-oʻtirib shu gapni oʻylab topdingizmi? - dedi Obodxon unga yaqinlashib. - 
Sezsalar nima boʻlibdi? Ana, jiyanlariga nasihat qilib qoʻysinlar. Bu yerda turmay, 
chiqing tashqariga. 
 
-Nega? 
 
-Chiqing degandan keyin chiqing. Amaki-jiyan boyatdan beri nimalarni visirlashyapti. 
Bir nimaning igʻvosini qilishayotgandir balki? Lalaymasdan dadil-dadil gapiring. 
Odamlar bizni ayblab yurishmasin. Turing, ana, akangiz uyga kirib ketyapti. 
 
-Qoʻy. Kech kirganda gapiradigan gapmas. Amakim dam olmoqchilar. 
 
-Voyey! Bunaqada ogʻzingizdagi noningizni ham oldirib qoʻyasiz! 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling