I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 115 library.ziyonet.uz/ gapdan ajablanib. — Hozir oying senga pashshasi yoʻgʻidan olib keladi, - dedi Shavkat bolaning soddaligidan kulib. Farida qozonda qolgan moshxoʻrdani ikki kosaga suzib olib keldi. -Bu ozgina-ku? - dedi Sattor nolib. Farida nima deyishini bilmay turganida Toʻlqin kosasidagi ovqatdan uch toʻrt-qoshiqni ukasining kosasiga soldi... Ovqatga qanday pashsha tushganini Toʻlqin keyinroq ulgʻayganida bildi. Adasining ilmiy ishiga qanday qarshiliklar boʻlganini onasidan eshitgan edi. Adasi ilmiy ishlari haqida unga gapirmasdi. Keyinroq “ilmiy izlanishlarimning merosxoʻri”, deb Sattorga gapiradigan boʻlgandi. Toʻlqin bu voqeani esladi-yu tomogʻiga bir nima tiqildi. Bu dunyoning shoʻrishlaridan amakisiga xasrat qilgisi keldi. Ba’zan yuragi siqilgan damlarda onasini, otasini qoʻmsardi. Ularga dardini aytgisi, maslahat soʻragisi kelardi. Dunyo ajoyibda! Ota-ona tiriklik paytida ularning nasihatlari, maslahatlari kishiga yoqmaydi. Keyin esa qoʻmsayveradi, qoʻmsayveradi... Ba’zilar shunday hollarda najot tilab qabristonga ham boradilar. Ajab! Najotga zor murdalardan qanday najot boʻlishi mumkin? Toʻlqin qoshiqni qoʻyib, beixtiyor ravishda choʻntagidan sigaret chiqarib labiga qistirdi. Shundagina amakisining ziyrak nigohiga koʻzi tushib, sigaretni qoʻliga olib gʻijimladi: -Uzr, amaki, - dedi hijolatlik bilan. -Avval koʻrishganimizda “chekishni tashlayman”, deb va’da beruvding? -Va’da berish oson-ku... - Toʻlqin shunday deb hazin jilmaydi, - bajarish qiyin ekan. -Adangning irodasi ham boʻsh edi. Erkak odam bir gapli boʻlishi kerak. Toʻngʻiching oʻqishni bitiray deyaptimi? -Xudo xohlasa bir-ikki oydan keyin tugatadi. -Shu bolangni qishloqqa ishga yuborsang boʻlardi. Oʻsha yoqda uylantirardik. Adangga atalgan uy shundayligicha turibdi. -Nevara kelinni oʻsha uyga tushiring, deganman-ku? -Yoʻ-oʻq, u uy adangga atalgan edi. Demak, endi senlarniki. Akamning qaysi nevarasi boʻlsa ham bir kunmas bir kun borib, yashaydi. Agar milisa oʻgʻlingni yubormasang, manavi qoʻzivoyim albatta boradi. Bu bolangda dalaga mehr bor. Buning boshqacha, menga oʻxshayapti. Xoʻp desang, ertagayoq olib ketardi. Oʻzim tarbiyalab, katta qilib |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling