I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
49 
library.ziyonet.uz/ 
 
chiqaring”, derdingiz ehtimol. Hayronman, oʻgʻrini himoya qilishga vijdoningiz qanday 
yoʻl qoʻyarkin? 
 
Odamzotning fe’li qiziq: ba’zan “haqiqat bormi!” deb ayyuhannos soladi, ba’zan esa 
haqiqatga roʻpara kelganiga qaramay uni tan olgisi kelmaydi. Sutning oq ekanini koʻrib 
turib yo “qora” deydi, juda boʻlmasa “nega endi sut jigarrang emas?” deb gapni aylantira 
boshlaydi. Advokat hozir shunday holatda edi. Tergovchi tomonidan aytilgan toʻgʻri 
gapni odam sifatida qabul qilsa ham vazifasi nuqtai nazaridan inkor etishga majbur edi. 
Shu bois Toʻlqinga tik qaramay gapirdi: 
 
-Siz chegaradan chiqyapsiz. Men prokurorga shikoyat qilishga majbur boʻlaman. Siz oʻz 
ishingizni qiling, men oʻz ishim bilan boʻlay. Vijdon haqida keyin alohida gaplasharmiz. 
Bu yerda vijdondan ham muhimroq narsa - qonun bor. Qonunni buzmasligingizni talab 
qilaman! 
 
U shunday deb talab qilgani bilan gapi ohangida qat’iylik yoʻq edi. Shu bois Toʻlqinning 
ensasiqotdi: 
 
-Siz mutlaqo haqsiz, janob himoyachi, - dedi u advokatga tik qarab. - Hamma balo ham 
aynan shu nuqtaga yigʻiladi. Bu muhtaram janobchamiz qonun boʻyicha himoyachi 
yollashga haqlilar. Siz esa kim boʻlsa boʻlsin uni himoya qilishga haqlisiz. Mening esa bu 
haqlarni muhokama etishga mutlaqo haqqim yoʻq. Aybdorni jinoyat ustida ushlasam ham 
isbot etishni talab qilishadi. Bu janobchangiz avvalgi yili bir yuz oltmish toʻrtinchi 
modda bilan ketadigan paytda ana shu isbot degan narsa sal yetishmay qolib, qutilib 
ketganlar. Buni mendan koʻra oʻzingiz yaxshiroq bilasiz. Oʻtgan safar a’lo darajada 
himoya qilgan ekansiz, qoyilman. 
 
Toʻlqin keyingi gaplarni gapirayotganda Sanjarga qarab, undan anchagacha koʻzini 
uzmadi. Bu qarash yigitchaning badanini ilma-teshik qilib yuborganday besaranjom 
boʻldi. Oxiri oʻzini tutolmay: 
 
-Tuhmat qilmang, men u kishining uyiga kirmaganman, - deb yubordi. 
 
-Eshityapsizmi? - dedi Toʻlqin advokatga yuzlanib. Keyin kinoya ohangiga qaytib, 
davom etdi:-Bu bola bechora hamisha tuhmatga qoladi. U bosqinchilik qilmagan. Oʻsha 
uy yonidan oʻtib ketayotganida ushlab olishgan, - Toʻlqin bir oz sukut qilib jiddiylashdi:- 
Sizga ma’lum qilib qoʻyishni burchim deb bilaman: biz arxivni koʻtardik. Prokuror 
oʻtgan yilgi ishni qayta tergov qilish haqida koʻrsatma berdi. Endi siz bilan ham, 
mijozingiz bilan ham bu yerda emas, shahar turmasining tergovxonasida uchrashamiz. 
 
Bu kutilmagan yangilik ularni gangitib qoʻydi. Yigitcha himoyachisiga najot koʻzi bilan 
qaradi. 
 
-Siz xulosa chiqarishga shoshilmang. Men ehtiyot chorasini oʻzgartirish haqida 
prokurorga soʻrovnoma yozganman, - dedi advokat chorasiz odamning ovozida. 
 
-Prokuror “Ish” bilan tanishib chiqib, iltimosingizni rad etdi, - dedi Toʻlqin hotirjam 
ravishda. - Tergov jarayoni boʻyicha e’tirozlaringiz bormi? 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling