I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 48 library.ziyonet.uz/ tikildi: -Amnistiya tufayli qamoqdan mudatidan avval ozod qilingan. Mana shu bir oy ichida oltita mashinaning qulfini sening koʻrsatmang boʻyicha ochib berganini boʻyniga oldi. Meni qiziqtirayotgan narsa - u bilan 2001 yildan avval ham tanishliging bormidi yo qamoqdan chiqqanidan keyin osh-qatiq boʻlib qoldingmi? Javob ber, advokating ham eshitsinlar. -Agar mashina qulfini ochgan boʻlsa, oʻzidan soʻrayvering, men unaqa bolani tanimayman. -Senlarni qoʻlga olganimizda uchchovlaring birga edinglar-ku, yo buni ham rad etasanmi? -Men oʻsha yerdan oʻtib ketayotgan edim, toʻpalon boshlanganida qiziqib qarayman desam, odamlaringiz hovliqishib meni ham ushlab olishdi. -Mening odamlarim bekorga hovliqishmaydi, sening toʻpalonga qiziqishingni videotasmadagi tasvir koʻrsatib turibdi. Hali shahar turmasiga oʻtganingda burningni yerga ishqashsa esing joyiga kelib qolar. -Men norozilik bildiraman, - dedi advokat keskin ohangda. - Siz tergov yuritish jarayonini koʻpol ravishda buzyapsiz. Siz mijozimga tahdid qilyapsiz. Toʻlqin unga javob qaytarishga ulgurmay eshik taqillab, keyin qiya ochilib, Qoʻrqmasning yuzi koʻrindi. -Mumkinmi, Toʻlqin aka? - Ruhsat soʻrashga soʻradi-yu, ijozat boʻlishini kutmay, ichkariga bir qadam qoʻydi. Kecha boshliq bilan gaplashgan Toʻlqin uni bu ishdan rasman chetlatgan edi. Shunga qaramay tergov chogʻida uning suqilib kirishi gʻashini keltirib dagʻallik bilan: -Yoʻq, mumkin emas!-dedi. -Bir ogʻizgina gap? - deb u yana bir qadam qoʻydi. -Sizga “mumkin emas”, deyildi, chiqing, - Toʻlqin oʻqrayib qaraganicha uning chiqib ketishini kutdi. Eshik tashqaridan yopilgach, advokatga yuzlandi:-Siz shu gapni tahdid deyapsizmi? Ayting-chi, janob himoyachi, - Toʻlqin “janob himoyachi” soʻziga kinoya urgʻusini berdi:-mashinangiz bormi? -Bor, nima edi? -Shunchaki soʻradim. Har holda mashinangiz hali oʻgʻrilar qoʻliga tushmagan boʻlsa kerak. Agar biron nimangizni oʻmarib ketishganda menga boshqacha da’vo qilardingiz. “Urib boʻlsa ham, oʻldirib boʻlsa ham boʻyniga qoʻying, qamang, sharmandasini |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling