I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 44 library.ziyonet.uz/ topganini oʻrtada boʻlib yeyishgan. Men ba’zan oʻsha zamonga qaytgim keladi. Xudo haqqi, agar shunaqa imkoniyat tugʻilsa, oʻylab oʻtirmay qaytardim. Sizda-chi, sizda ham shunaqa orzu boʻladimi? Salohiddinga uning bu safargi orzusi kulgili tuyildi. Qizni ezgin kayfiyat jaridan tortib olish maqsadida hazil qildi: -Menda bunaqa xomxayollar boʻlmaydi, - dedi u jilmayib. - Chunki u davrga qaytsam men ishsiz qolaman. Lekin sen... agar imkoniyat tugʻilsa boraver. Oyingni ham olvolsang, oʻsha yoqdan ul-bul olib kelib sotib turadilar. Har holda ibtidoiy davrda mol arzon boʻlsa kerak. Oh! Bu toʻmtoq hazilni iblis orzuqib kutayotgan edi-ya! Iblis oʻzaro yaxshi munosabatda boʻlgan yoshlarning orasini buza olsa, qachonlardir quvilgani jannatga yana qaytib tushganday zavq oladi. Iblis doʻstlikdan shunday bezillaydi-ki, yaxshi va yaqin munosabatni koʻrganida huddi tikonzor boʻylab yalangoyoq yugurganday azob chekadi. Yoshlarning atrofida yurib yalinadi: “qalbingizdan bir ozgina joy bering, sizga yomonlik qilmayman, yaxshi narsalarni koʻrsataman, men tufayli siz lazzatli hayot kechirasiz...” Nadomatkim, ba’zan yalinishlari ish berib ham qoladi. Salohiddin bilan Oftobxon bu toifadan boʻlmasa-da, iblis ulardan koʻnglini uza olmasdi. Izlaridan qolmasdi. Vasvasadan tolmasdi. Hozir umid bilan Salohiddinga “qizning dardini hazil bilan yengillatish mumkin, bu gaplari aytgin”, deb shivirladi. Yoshlikka hos nodonligi tufayli yigit qutquga itoat etdi va oqibat oʻzini qiz roʻparasida nochor ahvolda koʻrdi. Oftobxon amakivachchasining gapini eshitgach yigʻlab yuboray dedi. Avvaliga shart burilib ketvorgisi keldi. Lekin iblis bunga yoʻl qoʻymadi, vasvasa qildi: “Indamay ketma, hech boʻlmasa “ahmoq ekansan!” deb ayt!” Oftobxon unga toʻla itoat etmasa-da, andishaning oti koʻrqoq boʻlishini lozim koʻrmadi: -Siz... mening oyimni masxara qilmang, - dedi yigʻlamsirab. - Tijorat qilayotgan boʻlsalar halol mehnatlari bilan topyaptilar. Iblis qopqoniga ilinib pand yegan Salohiddin endi undan chiqib, oʻzini oqlash chorasini izladi: -Oftob, - dedi yalinish ohangida, - hazillashdim-ku, shunga ham jahling chiqdimi? -Bu gapingiz hazil emas. Siz ham, amakim ham, kennayim ham, hammangiz oyimni yomon koʻrasiz. Balki oyimning yomon odatlari bordir. Lekin u mening onam!-Shu gapni aytayotganida Oftobxon ovozidagi titroq yoʻqoldi, gʻurur ohangi yangradi. Salohiddin buni sezdi, hozirgi xatosining oʻzi oʻylagandan ham ayanchli ekanini ham his etdi. Oʻzini oqlash uchun soʻz aytmoqchi boʻlganida qiz gapirtirmadi:-Tushunyapsizmi? U mening onam!-Bu safar yanada dadilroq va yanada faxr bilan aytdi. - Men qiz bola boʻlsam ham, sizga oʻxshagan milisa boʻlmasam ham... - Endi qizning gaplarida onasining kinoyali ohangi sezildi:-oyimni oyoqosti qilishinglarga yoʻl qoʻymayman. Oyim choʻmichlarini koʻtarib sizlarning qozonlaringiz tepasida oʻtirib olganlari yoʻq. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling