I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 41 library.ziyonet.uz/ -Yoʻq, bahona qilib qoʻya qoldim. Ertaga “gap”, unga ham borgim yoʻq. -Nega? -Bilmadim... Koʻnglimgʻash. -Uyga ham kelgingiz kelmayaptimi? Bu savol Salohiddindagi oʻychanlikni quvib sergaklantirdi: -Qayerdan bilding? - deb qizning koʻzlariga tikildi. Oftobxon bu qarashga dosh berolmay koʻzlarini yergaqadadi. -Mening ham uyda oʻtirgim kelmayapti... bir yoqlarga qochib ketgim keladi, - dedi aybdor odamning ovozi bilan. -Unaqa dema, sen qiz bolasan, - Salohiddin shu gap bilan qizning koʻngliga dalda bermoqchi edi, aksi boʻlib chiqdi. Oftobxon achchiqlandi: -Nima, qiz bola odam emasmi? Qiz bolaning eziladigan yuragi yoʻqmi? Qiz bola koʻrmi yo karmi? Siz koʻrgan, eshitgan narsalarni koʻrmaydimi, eshitmaydimi? - Titroq lablardan uchgan bu savolga Salohiddin javob qaytara olmadi. Oyoqlarining uchiga tikilganicha asta yurib boraverdi. Undan javob kutib betoqatlangan Oftobxon: -Gapiring, nega jimib qoldingiz? - dedi. -Hamma gapni oʻzing aytib boʻlding-ku? - dedi Salohiddin unga qaramay. -Oyim bilan kennoyim, mayli, ovsin degan nomlari boʻlgani bilan, aslida bir-birlariga begona. Lekin amakim bilan adam-chi? Nega munosabatlari borgan sayin sovuqlashib ketyapti? -Bilmayman... -Ular hatto bir-birimizni aka-singilday yaxshi koʻrishimizga ham ishonishmaydi. -“Ular” deganing kimlar? -Oyim... adamham. Balki... Salohiddin qizga yalt etib qarab, gapini boʻldi: -Biznikida bunaqa gap yoʻq. -Men bir narsani oʻyladim: ikkalamiz oʻn-oʻn besh kunga biron yoqqa qochib ketaylik, keyin shart koʻyaylik: “Bir-birlaringiz bilan ahil tursangizlar biz qaytib kelib, sizlar bilan yashaymiz”, deymiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling