I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
39 
library.ziyonet.uz/ 
 
zararsizlantirish chorasini koʻp oʻylardi, biroq, topolmay qiynalardi. U bir yil oldinoq 
Akademiya kazarmasidan chiqib, uyda yashash huquqiga ega edi. Bobosi aka-ukaga atab 
qurib ketgan uydagi kundalik mashmashalar tufayli bu imtiyozdan foydalanmadi. 
Hademay, oʻqish nihoyasiga yetadi. Shu uyda yashashga majbur. Kennoyisining ilmoqli 
gaplarini, ba’zan shangʻishini eshitaverish, onasining tashvishli chehrasini koʻraverishdan 
oʻzga chorasi yoʻq. 
 
Bugun ham atayin vaqtli chiqib ketdi. Koʻchada Oftobxonni kutish, u bilan suhbatlashish 
niyati yoʻq edi. Guzarga yetay deganda yon koʻchadan kelgan doʻsti Mansurni koʻrib 
toʻxtashga majbur boʻldi. Otasi-yu, bobosining laqabi “quloq” boʻlgan bu yigit oilaviy 
an’analariga sodiq edi. Bu laqabga munosib koʻrilishlarining boisi shalpangquloqliklari 
emas. Sabab - ezmalikni kasb qilganlarida. Kimdir “Bularning gapini eshitish uchun 
bekorchi quloq kerak, agar quloqning rasmini chizib ketsang ham kifoya - gapidan 
toʻxtamaydi”, degan, yani kimdir “bular odamning yelkasiga chiqib bemalol oʻtirib olib, 
quloqqa tepaveradi”, deganu oqibatda avlod oʻziga yarasha laqabga erishgan. Salohiddin 
Mansur bilan bir sinfda oʻqib darsda jim oʻtirganiga guvoh boʻlmagan. Maktabni bitirish 
arafasida “darsda kim koʻproq gapiradi, muallimmi yo Mansur-quloqmi?”degan bahs 
koʻtarilib, muammo gʻoyat murakkabligi sababli yechimsizqolib ketgandi. 
 
-Agar hozir koʻrib qolmasam, akademiyangga qidirib bormoqchi edim, - dedi Mansur 
unga quchoq ochib. 
 
-Tinchlikmi? - deb soʻradi Salohiddin ajablanib. 
 
-Tinchlik tinchlikmasligini oʻzing bilishing kerak. Har oyning ikkinchi, toʻrtinchi 
yakshanbasi qanaqa kun? - Mansur shunday deb dono savol bergan kabi ma’noli qaradi. 
 
-Senlar uchun dam olish kuni, - dedi Salohiddin. 
 
-Sen uchunchi? 
 
-Men uchun... agar boshliqlar ruhsat bersa, men uchun ham dam olish. 
 
-Yoʻq, sen bola, quloqqa lagʻmon osma. Tentak boʻlsang - “tentakman”, degin. Har 
oyning ikkinchi, toʻrtinchi yakshanbasi “ulfatning gapi” ekanini esda saqlash uchun ham 
aql kerakmi? Seni otaliqqa olgan men ahmoqman. Gapga kelmasang- men aybdorman. 
 
Salohiddin bu kunlarni unutmas edi. Faqat doʻstlari bilan oyda ikki marta oʻtirish unga 
malol kelardi. Aslida bolalikda orttirgan doʻstdan a’loroq birodar butun umr davomida 
ham boshqa topilmasligi mumkin. Salohiddin ham ularni qadrlaydi, sogʻinadi. Faqat 
“gap”deb atalmish ziyofatda ketma-ket taom tortilishiyu, chegi chegarasi yoʻq 
ezmaliklardan, nomi “askiya” boʻlmish bema’ni masxaralardan bezib ketadi. Tagʻin ham 
oʻrtoqlari uning oʻqishda band ekanini hisobga olib “ayashadi”. Chunki ulfatning 
yozilmagan qonuniga koʻra oyda ikki “gap”dan tashqari yana ikki marta choyxonada 
oʻtirishlari bor. Buning orasida tugʻilgan kunlarni nishonlash, yana “yuvish”ga arzirli 
bahona boʻla oladigan biron tadbirni nishonlash ham yoʻq emas. Oʻn olti boladan uch-
toʻrttasigina tinmay gapirib, boshqalarning toqat bilan oʻtirishlari Salohiddinni bezdirib 
qoʻygan. Gapiruvchilarning ilgʻori - Mansurga aniq bir mavzu belgilanishi shart emas. 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling