I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
37 
library.ziyonet.uz/ 
 
-Nega boqmayman? Erta-indin surxondaryolik tanishlar beshta hisori qoʻchqor olib 
keladigan. 
 
-Shunaqami?.. - Bir sakrab bu uyga oʻtgan iblis Toʻlqinning qulogʻiga: “ukangning shu 
ablahligi uchun koʻlingdagi piyolani ot! Hech boʻlmasa soʻk! Chidashga haqqing 
yoʻq!”deb shivirladi. Iblisning baxtsizligini qarangki, Toʻlqin uning vasvasasiga bandi 
boʻlmadi. Toʻgʻri, oradagi kelishmovchilik jari kengayib bormoqda edi. Biroq, Toʻlqin 
otasi va onasining “ukangni senga qoldiryapmiz, unga mehringni ber”, degan vasiyatini 
chetlab oʻta olmasdi. Soʻnggi nafas bilan chiqqan bu soʻzlar uning qalbiga muhrlangan 
edi. Toʻlqin “Unaqa boʻlsa mayli, ukajon, endi oramizda boshqa gap yoʻq, chiqib 
ketaverishing mumkin”, degan ma’noda qaradi. Sattor merovlardan emas, bu qarashning 
ma’nosini uqdi. Indamay chiqib ketadigan lapashanglardan ham emas, akasining 
ranjiganini sezmaganday muddaosiga koʻcha qoldi: 
 
-Aka, mening chiqqanim... keliningizning ishi nima boʻldi? Bugunga umid bormi? 
 
-Surishtirdim... tanish chiqmay turibdi. Bugundan ham, ertadan ham umid yoʻq. 
 
-Aka, astoydil harakat qilinsa, doʻzaxning ichidan ham tanish topish mumkin. 
 
-Doʻzaxdan deysanmi? Doʻzaxga borish uchun tanish topish shartmasdir, deymanov? 
 
-Endi bu bir gapiy-da, judayam intizor qilib yubormang bizlarni. Uka boʻlib endi ishim 
tushdi sizga. 
 
-Shunaqami? Toʻgʻri aytasan, bultur qayning qamaladigan boʻlgandayam ishing 
tushmovdi. Oʻzim tushimda koʻrib, hal qilib beruvdim. 
 
-Voy-boʻ... shu minnat qilishingiz yomonda. 
 
-Minnatmas bu. Gapingga yarasha javob qildim. 
 
-Xoʻp, bizdan oʻtdi, uzr, - Sattor shunday deb, oʻtirgan yerida qulluq qildi. Keyin tersroq 
ohangda soʻradi:-Nima qilaylik, kutib turaylikmi yo oʻzimiz boraylikmi? 
 
-Menga judayam ishonma. Istasang oʻzingcha harakat qilib koʻr. 
 
-Kennoyi, eshityapsizmi? Boʻsh paytingizda xoʻjayiningizga mehr-oqibatdan ozgina 
oʻqib qoʻying. 
 
Dunyo ajabtovurda! Orada bahsli muammo yuzaga kelsa, kimda nima boʻlmasa oʻshani 
boshqalardan talab qilishni boshlaydi. Fohisha boshqalardan insofni, poraxoʻr adolatni, 
gʻiybatchi vijdonni... talab qilaveradi. Hozir ham ayni holat yuz berdi. Robiya “Mehr-
oqibatni avval sizga oʻqitish kerak”, degisi keldi-yu, oʻz ta’biri bilan aytgan bombalardan 
birining portlab ketishidan choʻchib, oʻzini oʻzi yaxshi gapirishga majburladi: 
 
-Sattorjon, akangiz sizlarga yaxshilik qilmasalar kimga qiladilar? Sizlardan boshqa yana 
kimlari bor? 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling