I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 38 library.ziyonet.uz/ -Shuni bilarmikinlar? Bu gapdan keyin Toʻlqinning qovoqlari uchdi. Xotiniga qaragan edi, uning mehrli nigohida “bitta gapdan qoling” degan ma’noni uqib, unga itoat qildi. Bitta, hatto ikki- uchta gapdan qolishga qurbi yetardi. Lekin behisob gapdan qolish shu paytgacha hech kimga nasib etmagan. Toʻlqin ukasi bilan bahslashishni bas qilish maqsadida bilagidagi soatiga qarab oldi-da, oʻrnidan turdi. -Ishga ketadigan vaqtim boʻldi, - deb gapni qisqa qildi. Akasining bu harakatini Sattor “Bor, uyingga joʻna”, degan ma’noda qabul qilib, ogʻringanicha oʻrnidan turdi. Toʻlqin kiyimini almashtirish uchun ichkari xonaga kirdi. Sattor akasining harakatidan ranjib, Robiyaga qarab qoʻydi-da, tashqariga yoʻl oldi. Ikki oʻt orasida qolgan Robiyaning nazarida bu holat bombalarning portlashidan aniq nishona edi. Oftobxonning Salohiddinga koʻngli borligi haqidagi gumon u chiqib ketganidan keyin unutildi. Chunki bu xonadonga doir undanda muhimroq muammolar bor edi. Sattor qizi bilan jiyani orasida muhabbat tugʻilishi mumkinligiga uncha ishonmasdi. Obodxon ham ishonmas edi, biroq oʻrtancha qizining maktabdan topib kelayotgan gaplari uni ba’zan oʻyga toldirib koʻyardi. U ovsini bilan quda boʻlishini tasavvuriga sigʻdira olmasdi. Obodxonni boshini qotirgan eng muhim narsa - erining jiyani kuyov boʻlsa uning uyga ega chiqish xususindagi koʻp yillik orzularini tiriklayin qabrga koʻmib tashlardi. Kelishgan, koʻrkam yigit - Salohiddin bu oilaga kuyov boʻlishga arzisa-da, uning bu martabaga erishuviga yoʻl qoʻyish mutlaqo mumkin emasdi. Ba’zi yigitlar ota-onalarining ihtiyorlariga qarshi chiqmay amakilari yoki xolalarining qizlariga uylanaveradilar. Ayrim yigitlar esa yaqin qarindoshlarining qizlarini oʻzlariga tugʻishgan singilday deb bilib, ular bilan turmush qurishni istamaydilar. Qiz qanchalik goʻzal boʻlmasin, xushlarini oʻgʻirlamasin, aka-singillik tuygʻusi ishqiy tuygʻudan balandroq keladi. Salohiddin shu toifadan edi. Ota-onasi Oftobxonga munosabat masalasida unga biron bir soʻz aytmaganlar, Obodxon singari gumonda ham boʻlmaganlar. Salohiddin onasi, ayniqsa otasi tomonidan shunday taklif boʻlib qolishidan choʻchirdi. Chunki bunday taklifni keskin rad etishga qurbi yetmay qolishi mumkin edi. Ayniqsa keyingi paytlarda ikki oila orasidagi munosabatlarning keskinlashib boruvi uni tashvishga solardi. Qadimda ikki podsholik urushning oldini olish maqsadida quda boʻlisharkan. Salohiddin ota- onasining shu usulni ma’qul topishidan xavotirlanardi. Shu yoshga qadar singlim, deb mehr qoʻyib kelayotganining xotini boʻlishini tasavvur qilishga qiynalardi. Uning uchun eng ogʻir masala - qaynonasining kim ekani! Agar Obodxonning fe’li-tabiati bunchalar boʻlmasa, aka-singillik tuygʻusidan voz kechishga ehtimolki koʻnardi. Robiya aytmoqchi, xonadonga bombalar koʻmib tashlanganini Salohiddin ham sezardi. Bombalarning portlay boshlashini onasi kabi u ham havotir bilan kutardi. Bombalarni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling