I b L i s d e V o r I q I s s a
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
iblis devori qissa
I
B L I S D E V O R I ( Q I S S A ) Tohir Malik 35 library.ziyonet.uz/ -Adashyapsan, - dedi Toʻlqin ukasining ayvoni tomon qarab qoʻyib, - ular ertalabdan televizor qoʻyishmaydi. Bugun ham koʻyishmagandi. Robiya “Voy...” deb e’tiroz bildirmoqchi edi, eri gapirishga qoʻymadi: -Har narsadan gumonsiraverma. Koʻnglingni sal kengroq qil. Biz keng boʻlsak, ular ham keng boʻlishadi. Robiya gapni koʻpaytirmay, koʻkragini ushlab “Xoʻp, mayli”, deb qoʻydi. Bundan foydalangan Toʻlqin mavzuni boshqa tomonga burdi: -Robiya, koʻrding-a, endi oʻgʻlimiz ijod qiladigan odamlar qatoriga qoʻshilib qoldi. Ijodkorlarga alohida sharoit yaratib berish kerak. Bahriddinga alohida xona qilib bermasak boʻlmas. -Alohida xona, deysizmi? Adam bilan oyimning uylarini moʻljallayapsizmi? Boʻlmaydi. -Nega? -Keliningiz omborxonasini osongina bermas. Qoʻying, gapni koʻpaytirmang. -Unda qoʻyxonani buzib, shinamgina uycha qilib beramiz. Amal-taqal qilib boʻlsayam pionino olish kerak. Bitta nay bilan ish bitmaydi. Er-xotin bu masalada bir toʻxtamga kelishga ulgurmay ostonada Sattor koʻrindi. Toʻlqin “hoynaxoy yangilikni eshitib tabriklagani kelgandir”, degan xayrli umidda ukasini shodon kutib oldi. Xotiniga “koʻrdingmi, hozirgina yomon gumon qiluvding, ukam unaqalardan emas”, degan ma’noda qarab qoʻyishni ham unutmadi. Ukasi oʻtirgach, undan tabrik soʻzini kutdi. Xotini bergan topshiriqni bajarish xayoli bilan band Sattorda tabriklash niyati yoʻq ekanligini u qayerdan bilsin? Robiya choy quyib qaynisiga uzatdi. Toʻlqin somsa toʻla laganchani u tomon surib qoʻydi. Sattordan sado chiqavermagach, Robiya erining boyagi tanbehli nigohiga “Qalaysiz endi, men haq ekanmanmi?” degan ma’noda qarab qoʻydi. Toʻlqin ukasining nima maqsadda chiqqanini fahmlasa ham bilmaganday oʻtirdi. Sukut uzoq choʻzilishi mumkin emasdi. Shu bois soʻzni oʻzi boshladi: -Xursandchilikning ustidan chiqding, jiyaning xalqaro tanlovda birinchi oʻrinni olibdi. -Qaysi biri? - deb soʻradi Sattor bu yangilikni endi eshitayotganday. -Bahriddin-da, - dedi Toʻlqin ukasiga tikilib. U tergov qilayotgan gumondor shaxsning yoki guvohning gapi toʻgʻri yoki notoʻgʻriligini bilish maqsadida koʻzlariga qattiq tikilardi. Hozir ukasiga shunday qaradi. Sattor bu nigohga dosh berolmay, koʻzlarini olib qochdi. Toʻlqin esa uning holatini sezmaganday gapi ohangini oʻzgartirmadi. - Koreyaga ketganini eshitmaganmiding? -Eshituvdim-u... - Sattor nima deyishni bilmay chaynaldi. “Kirganimda darrov tabriklab koʻya qolsam boʻlarkan”, deb oʻziga oʻzi tanbeh berdi. Ogʻir vaziyatdan qutulish uchun |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling