I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
36 
library.ziyonet.uz/ 
 
nimadir deyishi kerak edi. Kallasiga kelgan gapni oʻylab ham oʻtirmay tiliga chiqara 
qoldi:-nima, u yerdagilar ham nay chalisharkanmi? 
 
-Xuddi biznikiday boʻlmasa ham shunga oʻxshagan cholgʻulari borda, - dedi Toʻlqin. 
 
-Buni bilmabman. Oʻzi telefon qildimi? 
 
Uning bu oʻyini Robiyaga yoqmay, gapga aralashdi: 
 
-Bolam birinchi mukofotni emas, undan ham zoʻrini - “Gran-pri”ni olibdi. Hozir 
televizorda aytishdi. Butun olam eshitdi-, faxr va gʻurur bilan aytilgan soʻzdan keyin 
kinoya ham unutilmadi:- Sizning televizoringiz yaxshi ishlamaydi, shekilli, a? 
Obodxonga ayting, usta chaqirsinlar. 
 
Sattor kinoyaga tushunmaganday kulimsirab, akasiga: 
 
-Yuvarkanmiz-da? - debqoʻydi. 
 
-Yuvish sendan aylansin, ukajon, - dedi Toʻlqin. - Chiqqaning yaxshi boʻldi. Sen bilan 
maslahatlashadigan gap bor. Mana eshitding, jiyaningning parvozi yaxshi boshlanyapti. 
Xudo xohlasa, u avlodimiz dovrugʻini butun dunyoga taratadi.. Oynisangning ham ovozi 
yaxshi. Uniyam shu oʻqishga bersang... 
 
-Be, nima deyapsiz! Mening qizim artist boʻlmaydi! 
 
Bu gap er-xotinga ogʻir botib bir-birlariga qarab olishdi, ammo sir boy berishmadi. 
 
-Oʻzing bilasan, - dedi Toʻlqin choy hoʻplab olib. - Hullas, Bahriddinning yaxshi oʻqib, 
yaxshi ijod qilishi uchun sharoitini yaxshilab bersam, devdim. Sen xoʻp, desang, 
qoʻyxonaning oʻrnini buzib, bitta uychaqursam. 
 
Akasining bu gapi Sattor uchun kutilmagan edi: otasining xati, uyning kenjaga qolishi... 
bu masala qayda-yu, qoʻyxonaning buzilishi qayda! U akasiga ajablanib qaradi. Keyin 
uning yuzida zaharli kulgu paydo boʻldi. Soʻng tilga kirdi: 
 
-Iy-e, aka, bu gap qiziq boʻldi-ku? Nay chalishga ham alohida xona shartmi? Qayerda 
boʻlsa puflab yuraveradi-da. 
 
-Sen shunaqa deysan-ku, lekin ijod qiladiganlarga alohida... 
 
Akaning gapi chala qoldi. Iblis Obodxonga betgachoparlik darsini oʻtayotganida 
Sattorning qulogʻiga ham u-bu kirib qolganmi, har nechuk ba’zan xotinidan 
qolishmaslika urinib qoʻyadi. Alhol shunday vaziyat vujudga keldi: 
 
-Alohida joy kerak boʻlsa, ana, uchta xonangiz bor, bittasini bering-koʻying. 
 
-Baribirqoʻy boqmayapsan-ku? 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling