I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
33 
library.ziyonet.uz/ 
 
-Ha, xoʻjayin, - dedi piching bilan, - Mensiz qiz unashtiradigan boʻlib qolibsizmi? 
 
-Xah,piching qilmay qoʻya qoling, shu gapga ishondingizmi? Bir popugini pasaytirib 
qoʻygim keldi-da. Shunaqa deb turmasam, bu qiz oʻlmagurning koʻzi mirshab 
jiyaningizdan uzilmaydigan boʻlibqolgan. 
 
-Endi shu yetmay turgan edi. 
 
-Ha-da! Maktabni bitirishi bilan uzatib yuborish kerak. Yana uni oʻqisin, deb yurmang. 
 
-Men uni oʻqiydi, debmanmi? 
 
Ularning suhbati shu yerga kelganda televizordagi reklama tugab, yana Bahriddin 
koʻrindi. Suhbatdosh qiz Bahriddinning qoʻlidagi nayni olib avval u yoq bu yogʻini 
qaradi, keyin puflab chalmoqchi boʻldi. Oʻzining noshudligidan uyalganday nayni 
egasiga qaytarib bera turib: 
 
-Ajab va ming marta ajab, - dedi hayajon bilan. - Oddiy daraxt shoxidan ishlangan bu 
cholgʻudan shunchalar sehr taralsa. Bahriddin, siz bilan bizga ajratilgan yana bir necha 
daqiqa vaqt bor. Shundan foydalanib yana bir-ikki savol bermoqchiman. Ayting-chi
sizning san’atga kirib kelishingizga kim sababchi? Balki ota-onangiz san’atkor 
boʻlishgandir? 
 
Bu savolga Bahriddin qisqagina “yoʻq”, deb qoʻydi-yu, lekin Obodxon bunga qoniqmay 
televizordagi suhbatdosh qizga qarab javray ketdi: 
 
-Ha, ota-onasi naq san’atkorning oʻzi! Otasi surnaychi-yu, onasi karnaychi!-Shunday deb 
eriga oʻgirildi:-Shuni oʻchirib qoʻysam bir narsa boʻladimi? Shuyam yoniq tursa pul 
ketadi. 
 
Obodxon erining roziligi yoki e’tirozini kutmasdan oʻz istagini oʻzi bajarib qoʻya qoldi. 
 
-Oʻlguday injiq boʻlib ketyapsan-da. Shu zaharliging uchun aslida siqilib, ozib, choʻp 
boʻlib ketishing kerak edi, - Sattor shunday dedi-yu, ammo xotinining vazifasi siqilish 
emas, boshqalarni siqish ekanini oʻylab koʻrmadi. Zotan, boshqalarni siqib sil qilish 
uchun yaratilgan xotinlardan birontasining shu paytgacha ozganini tarix koʻrmagan. 
Shunday boʻlsa-da, Obodxonga erining gapi sal ogʻir botdi: 
 
-Shunaqa deb turing-chi, niyatingizga yetib qolarsiz, - dedi mingʻirlab. Keyin birdan 
qat’iy ohangga oʻtdi:- Qani, choyingizni ichib boʻldingizmi? Turaqoling. 
 
-Ha, yana nima boʻldi. Kechasi jin-pin chalganmi seni? Nima deyaverasan? 
 
-Akangizning oldiga chiqing. Gaplashing. Mehribon yangachangiz kechasi 
soʻramabdilar. Erchalari charchab kelganmishlar. Kechasi yaxshilab koʻngillarini olgan 
boʻlsalar, charchoqlari chiqqandir. Men u oʻrgumchak oʻlgurga ishonmayman. Oʻzingiz 
gaplashing. Ammamning buzogʻiday lalaymay, dangal-dangal gapiring. Agar ishimizni 
toʻgʻirlab bermasa, biz ham boshqacha gaplashamiz. Shuncha chidaganimiz yetar. Uyni 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling