I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
29 
library.ziyonet.uz/ 
 
quloqlariga ham kirmadi. Tasvirga mahliyo boʻlib oʻtiraverishdi. Quvonch vulqoni sal 
bosilganday boʻlgach, soʻzlar ham e’tiborlarini tortdi. 
 
-Men xalqaro tanlovda oʻzim ijod qilgan “Sogʻinch” degan kuy bilan ishtirok 
etmoqchiman, - dedi Bahriddin. 
 
-Kuyning nomini nima uchun “Sogʻinch” deb atadingiz? - deb soʻradi suhbatdosh qiz, - 
Sizning yoshingizda aytaylik, “Muhabbat navolari” yoki “Ishqim sadolari” deyish 
toʻgʻriroq boʻlmasmikin? “Sogʻinch...” Agar sir boʻlmasa ayting-chi, qaysi qizni sogʻinib 
yozgansiz? Balki oʻsha qiz hozir sizga qarab oʻtirgandir? 
 
Bahriddin darrov javob bermadi. Koʻlidagi nayga tikilib turdi. Keyin ota-onasining tikilib 
turganini bilganday xasta ovozda javob qaytardi: 
 
-Kuy qizga atalmagan... Bu kuy... bobom bilan buvimga boʻlgan sogʻinchim... 
 
Bahriddin yana nayiga tikilib turdi-da, soʻng labiga yaqinlashtirib chala boshladi. Kuy 
avvaliga uzoqlardan eshitilganday boʻldi. Tasvirda kuyga mos ravishda poyonsiz bogʻlar 
koʻrindi. Bahriddin nayni goʻyo nafas olmasdan chalayotganday edi. Kuy uzilmasdan 
davom etardi. 
 
Gullagan bogʻlar umrini yashab boʻldi, hazonrezgi boshlandi... 
 
Tasvir ortida kimdir xazin ohangda she’r oʻqiy boshladi: 
 
She’rning soʻzlarini eshitib Robiya sergak tortdi. Bu soʻzlar unga tanish edi. Qayerda 
oʻqigani yoki eshitganini darrov eslay olmadi. 
 
Ha, esladi: yozuv stoli ustidagi bir varaq qogʻozga yozilgan she’r edi u. Robiya uni oʻqib 
gʻoyat ta’sirlangan edi. Oʻgʻlidan “Buni oʻzing yozdingmi?” deb soʻraganida Bahriddin 
“ha” ham, “yoʻq”, ham demay jilmayib qoʻygan edi. Robiya oʻsha onni yodlab
koʻzlariga yana yosh oldi. 
 
Kuy xayolni oʻgʻirlaydigan sehri bilan suzib yurardi. Uning goʻyo qanotlari bor edi. 
Tinglovchilarni shu qanotlariga oʻtqazib oʻtmishning xotira dunyosiga uchirib borardi... 
 
Soʻz tindi... 
 
Kuy ham tindi... 
 
Horij atirsovunlarining afzalliklarini maqtovchi reklama boshlandi. 
 
Reklamani eshitishmadi. 
 
Kuy va she’r sehri eltib koʻygan xotira dunyosidan ular qaytganlaricha yoʻq. Bu 
dunyoning koʻngilga yupanch beruvchi nafasi bilan birgalikda dilni tilim-tilim qiluvchi 
oshpichoqlari ham bor. Ayni damda oʻsha oshpichoq ishga tushgan, hozirgina shodlikdan 
joʻshayotgan koʻngillarni qiynoqqa ola boshlagan edi. 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling