I b L i s d e V o r I q I s s a


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/135
Sana02.01.2022
Hajmi0.83 Mb.
#199034
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135
Bog'liq
iblis devori qissa

I
B L I S   D E V O R I  
(
Q I S S A
)  
Tohir Malik 
 
30 
library.ziyonet.uz/ 
 
 
Kuyni uygʻotgan tuygʻu - bobosi va buvisi sogʻinchi. 
 
She’riy satrlarni uygʻotgan-chi? 
 
Bunday satrlar mehr-oqibat koʻtarilgan joydagina yozilishi mumkin. Mehrsizlikdan zada 
boʻlgan koʻngildagina tugʻiladi bu satrlar. 
 
Robiya buni angladi. Anglagani uchun koʻz yoshlarini darrov toʻxtata olmadi. She’r 
Toʻlqinga ham ta’sir qildi, biroq “buni oʻgʻlim yozgan”, degan fikrdan uzoq boʻlgani 
uchun mohiyatiga kirib bora olmadi. 
* * * 
Koreyadan xushxabar kelganini qarshidagi uydagilar ham eshitishdi. Ichkari xonada 
kiyinayotgan qizlar qiya ochiq eshikdan televizorga qarashdi. Obodxon esa ensasi qotib 
eridan: 
 
-Voy savil, shu tayoqni puflasa ham mukofot ekanda,a? Qancha berarkan? - deb soʻradi. 
 
-Men qayoqdan bilaman, besh-oʻn ming berar. 
 
-Dollarmi? 
 
-Dollarmi, boshqami, senga nima? 
 
-Menga nimaligini aytaymi? Agar tuzukroq pul olib kelsa, akangizga ayting, pullarni 
chirt-pirt qilib sovurmasdan bitta hovli-joy olib chiqib ketsin. Siz kenjasiz.Uy hamma 
joyda ham kenjaga qoladi. Lalaymasdan haqingizni talab qiling. 
 
-Men talab qilaymi? - dedi Sattor jahl bilan. 
 
Shu onda iblis ustalik qildi: Obodxonning qoʻli bilan uning yarasiga tuz sepdi. Iblisning 
rejasi boʻyicha jahl olovida qovriligan Sattor: “Men aytayinmi unga? Oʻzi aqlini ishlatsa 
boʻlmaydimi? Agar odamda insof bilan akl boʻlmasa shunaqa bez boʻlib yashab 
yuraveradi. Unga gapirginu qochgin: darrov haqiqatdan safsata sotadi. U bilan milisa 
maktabida birga oʻqiganlardan bittasi hozir polkovnik. Qurgan uyini koʻrsang ogʻzing 
ochilib qoladi. “Akang ahmoq, u oʻziga “haqiqat” degan somon uy qurib olgan”, deydi. 
Toʻgʻri aytadi. Bu qaynogʻang odam boʻlmaydi”, - deb baqirib berishi kerak edi. Uning 
bu gaplarini narigi ayvondagilar ham eshitishi shart edi. Keyin voqea shunga qarab iblis 
yoʻrigʻida davom etaverardi. Lekin iblis sal yanglishdi, ukada oz boʻlsa-da, andisha 
borligini hisobga olmadi. Bu soʻzlar Sattorning yuragidan otilib chiqqan boʻlsa-da, tilga 
koʻchishiga ana shu andisha yoʻl bermadi. 
 
Bu orada maktab liboslarini kiyib olgan toʻngʻich qizlari Oftobxon chiqib ularga tanbeh 
bergan boʻldi: 
 
-Shunaqa paytda biram gapinglar koʻpayib ketadi-ki, eshitgani ham qoʻymaysizlar, - dedi 
u. 
 



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling