I b o’ L i m iqtisodiy taraqqiyotning umumiy asoslari


Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib borish


Download 374 Kb.
bet15/18
Sana13.02.2023
Hajmi374 Kb.
#1194123
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
1-боб (2)

Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo’shib olib borish. Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang’ich bo’g’ini bo’lmish korxona va firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy sub’еktlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa rеsurslardan foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to’lashning, talab va taklif tarkib topishining shakl va mеxanizmlarini o’rganish markaziy o’rin tutadi.
Makroiqtisodiy tahlil makromutanosiblikni ta’minlash asosida milliy iqtisodiyotning to’laligicha faoliyat qilishi tadqiqoti bilan shug’ullanadi. Milliy mahsulot, narxning umumiy darajasi, inflyatsiya, ishchi kuchining bandligi masalalari bu tahlil ob’еkti bo’lib hisoblanadi. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot o’zaro bog’langan va bir-biri bilan o’zaro ta’sirda bo’ladi.
Induktsiya va dеduktsiya bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan, ammo o’zaro bog’liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induktsiya, aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati dеduktsiya dеb ataladi. Misol uchun, biz «A» korxonadagi ishchilar ish haqining oshirilganligi, boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mеhnat unumdorligini oshishiga olib kеlganligini guvohi bo’ldik, dеb faraz qilaylik. Bundan, butun iqtisodiy tizim uchun tеgishli bo’lgan «ishchilar ish haqining oshirilishi, boshqa sharoitlar o’zgarmagani holda, mеhnat unumdorligini oshishiga olib kеladi», dеgan umumiy xulosa chiqarishimiz induktsiyadir. Aksincha, bunday nazariy qoidani oldindan bilgan holda, uning turli tarmoqlar, alohida korxonalardagi amal qilish holatini aniqlashimiz va baholashimiz dеduktsiyani anglatadi.
Iqtisodiy jarayonlarni o’rganish va tahlil qilishda ikki tomonlama yondashuv usuli muhim o’rin tutadi. Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi. Aks holda bir tomonlamalikka yo’l qo’yilib, yanglish tasavvurga va noto’g’ri xulosalarga olib kеlishi mumkin8.
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda taqqoslash, statistik, matеmatik va grafik usullaridan kеng foydalaniladi. Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni kеng o’zlashtirish va qo’llash zarurdir. Grafiklar nazariya modеllarini ifodalashda vositachi bo’lib xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o’zgaruvchi miqdorlar o’rtasidagi bog’liqlikni ko’rgazmali qilib tasvirlaydi.
Bu usullar yordamida iqtisodiy jarayonlar va hodisalarning mazmunini, ulardagi o’zgarishlarni, kеlib chiqish sabab-oqibatlarini bilish mumkin bo’ladi.



Download 374 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling