1.4. Tarkibida lipidlar bo‘lgan dorivor o‘simliklar
Oddiy kanakunjut (Ricinus communis) sutlamadoshlar - Euphoreiaceae
oilasiga kiradi. Bir yillik o‘t o‘simlik bo‘lib, bo‘yi 2 m ga yetadi. Poyasi
shoxlangan. Bargi yirik, tuksiz, 5-11 barmoqsimon bo‘lakli bo‘lib, barg
plastinkasining markaziga o‘rnashgan uzun bandi bilan poyada ketma-ket
joylashgan. Mevasi uch urug‘li, uch chanoqli, tikan bilan qoplangan ko‘sak.
Ko‘sak pishganda yoriladi va urug‘lari sochilib ketadi. Iyun-sentabr oylarida
gullaydi, mevasi iyul-oktabrda yetiladi.
Geografik tarqalishi. Vatani tropik Afrika.
Tropik zonada o‘sadigan kanakunjut ko‘p yillik
bo‘lib, poyasi yog‘ochlangan, bo‘yi 10 m ga yetadi.
Kanakunjut bir yillik o‘t o‘simlik sifatida O‘rta
Osiyo, Shimoliy Kavkaz, Ukrainaning janubiy
qismida va Volga bo‘yida ekiladi.
Urug‘ning tashqi ko‘rinishi. Urug‘ tuxumsimon
bo‘lib, yaltiroq, qattiq, mo‘rt, guldor po‘st bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |