I. B. Shukurov Buxoro tibbiyot instituti bionoorganik, bioorganik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti


 Tarkibida efir moylari bo‘lgan dorivor o‘simliklar


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/59
Sana10.12.2021
Hajmi1.61 Mb.
#179692
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
os markali chigitni tuksizlantirish mashinasining konstruktsiyasini takomillashtirish.

1.5. Tarkibida efir moylari bo‘lgan dorivor o‘simliklar 

Dorivor  limono‘t  (Melissa  Officinalis)  yasnotkadoshlar  Lamiaceae 

(labguldoshlar  -  Labiatae)  oilasiga  kiradi.  Ko‘p  yillik,  sertukli,  30-60  sm 

balandlikdagi  o‘t  o‘simlik.  Poyasi  bitta  yoki  ko‘p,  qarama-qarshi  shoxlangan. 

Barglari  tuxumsimon,  bir  oz  o‘tkir  uchli,  sertuk  (ustki  tomonidan),  arrasimon 

qirrali  bo‘lib,  qisqa  bandi  bilan  poya  va  shoxlarida  qarama-qarshi  o‘rnashgan. 

Mevasi  -  4  ta  yong‘oqcha.  Iyun  -  avgustda  gullaydi,  mevasi  iyul  -  avgustda 

yetiladi. 

Geografik  tarqalishi.  O‘rta  Osiyo,  Qrim,  Kavkaz,  Rossiyaning  Yevropa 

qismining  janubida  va  boshqa  davlatlarda  daraxt  soyalarida,  tog‘li  tumanlarda 

toshlar  soyasida  va  boshqa  soya  yerlarda  o‘sadi.  O‘zbekistonning  Toshkent  va 

Surxondaryo viloyatlarida uchraydi. 



Kimyoviy  tarkibi.  Yer  ustki  qismi  tarkibida  0,01-0,33%  efir  moyi,  C 

vitamini,  karotin,  fenilkarbon  kislotalar  (kofe,  xlorogen,  rozmarin,  ferul, 

protokatex  va  boshqalar),  triterpenlar,  flavonoidlar  (lyuteolin-7-glikozid  va 

boshqalar), 5-10% oshlovchi va boshqa moddalar, urug‘ida 20-27% yog‘ bor. 

Limono‘tning  efir  moyi  geraniol,  linalool,  nerol,  farnezol  va  ularning  sirka 

kislotasi bilan birikmasi, limonen, pulegon, geraniol, nerol va boshqa terpenlardan 

tashkil topgan. 

Dorivor preparatlari. Damlama. 


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling