1.9. Yer ustki qismlari xom-ashyo sifatida ishlatiladigan
dorivor o‘simliklar
Yer ustki qismlari dorivor mahsulot beradigan o‘simliklarga misol qilib
na’matak (Rosa L.), sebarga (Trifolium pratense L.) va kiyiko‘tni (Ziziphora
pedicellata Pazij.) ko‘rsatish mumkin. Bu o‘simliklarning barchasi O‘rta Osiioda
uchraydi.
Sebarga (Trifolium) Dukkakdoshlar - Fabaceae oilasiga mansub, bo‘yi 25-
50 sm gacha yetadigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik. Xalq tabobatida sebarganing yer
ustki qismlari va guli ishlatiladi. O‘simlik gullagan vaqtda uning yer ustki qismlari
yoki ayrim gullari yig‘iladi va soya yerda quritiladi. O‘tloq sebargasining yer ustki
qismlari tarkibida C va B guruhidagi vitaminlar,
karotinoidlar,
kumarinlar,
2,7%
flavonoidlar
(trifolin,
izotrifolin,
kversetin,
izokversetin,
kempferol, izoramnetin), 4,5% qandlar, 0,36%
antotsianlar, salitsilat va boshqa organik kislotalar,
oshlovchi va boshqa moddalar bor. Uning guli va yer
ustki
qismlaridan
tayyorlangan
qaynatma
va
damlamasi xalq tabobatida astma, ko‘kyo‘tal,
ko‘krak qisishi, kamqonlik, gipertoniya, bezgak,
me’da yarasi, kuygan yerlarni, xavfli shishlarni va
shamollashni davolash uchun hamda balg‘am
ko‘chiruvchi, siydik haydovchi va antiseptik dori
sifatida qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |