I. B. Shukurov Buxoro tibbiyot instituti bionoorganik, bioorganik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti
I.QISM. Dorivor o’simliklar to’g’risida umumiy ma’lumot
Download 1.61 Mb. Pdf ko'rish
|
os markali chigitni tuksizlantirish mashinasining konstruktsiyasini takomillashtirish.
I.QISM. Dorivor o’simliklar to’g’risida umumiy ma’lumot
4
foydalanish Rozmarin (Rosmarinus officinalis) labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub, ko'p yillik dorivor o'simlik bo'lib, bo'yi 1,5–2 m gacha yetadigan doim yashil buta. Poyasi tik o'sib, yosh novdalari to'rt qirrali, oqish qalin, quyuq tuklar bilan qoplangan. 3-4 yillik shoxlari yog'ochlashgan. Urug'i silliq, mayda, och jigarrang yoki to'q jigarrangda, yaltiroq, cho'zinchoq yong'oqcha. Erta bahorda fevral oyidan may oyigacha gullab turadi. Geografik tarqalishi.Vatani O'rtayer dengizi mamlakatlari bo'lib, G'arbiy Yevropa janubida Madeyra orollaridan Kichik Osiyogacha, Afrikada esa Jazoir va Tunisdan tortib markaziy rayonlargacha keng tarqalgan. Sharqda Kichik Osiyoning Turkiya va Livan hududlarida uchraydi. Kimyoviy tarkibi. Rosmarinus officinalis L. tarkibida efir moylarini ko'p saqlashi bilan qimmatlidir. Efir moyininig katta miqdorini gullash davriga o'tish vaqtida hamda meva hosil qilish davrida to'playdi. Efir moylarini gidrodistillyatsiya (bug’lantirib toza, sof suv, suyuqliq hosil qilish) usulida ajratib olinadi. Bir yillik novdalardan olingan efir moylari och yashil rangli, havoni tozalovchi xushbo'y hidli suyuqlik bo'lib, pinin (30 %), kamfora (7 %), kariofilen va bornilatsetatdan tarkib topgan. Shuningdek, barglarida alkaloidlar, kislotalar, oshlovchi moddalar, smolalar, achchiq moddalarni uchratish mumkin. Ishlatilishi. Hozirgi kunda Rosmarinus officinalis L. o'zining shifobaxsh xususiyati bilan tibbiyotda o'z o'rnini topgan. Rozmarindan dorivor kukun tayyorlash uchun uning yer ustki organlari tarkibidagi efir moyidan foydalaniladi. Ayniqsa, rozmarin organlaridan ajratib olib tayyorlangan rozmarin moyi juda qimmatli hisoblanadi. Bronxial astmada o'simlik qaynatmasidan har kuni iste'mol qilish tavsiya etiladi. Qon bosimi tushganda, yurak faoliyati o'zgarishida, hayz ko'rish jarayonini tezlatishda rozmarin bargidan tayyorlangan qaynatmadan davolovchi vosita sifatida foydalanilgan. Xalq tabobatida bir yillik novdalaridan iste'mol qilinganda jinsiy zaiflikda quvvatni oshiruvchi, ayollarda klimaks (jinsiy bezlar faoliyatining, hayz ko'rishning to'xtay borish davri) davrida nerv faoliyatining buzilishini tartibga soluvchi, yurak sohasi og'riganda va oshqozon sanchiganda og'riq qoldiruvchi, oshqozon - ichak kasalliklarida oshqozon shirasi ajralishini kuchaytiruvchi va hazm qilishni yaxshilovchi vosita sifatida ta'sir ko'rsatadi. Nevralgiya (asab
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling