Tog' jambili (Thymus vulgaris) labguldoshlar (Labiatae) oilasiga mansub,
ko'p yillik xushbo'y o'simlik bo'lib, bo'yi 40–60 sm ga yetadigan yarimbuta. Asosiy
ildizi pastga qarab burama hosil qilib o'rnashgan. Poyasi
tik o'suvchi, yuqori qismidan shoxlanadigan, pastki qismi
yog'ochlangan shoxlari sertuk va to'rt qirrali. Gullari
shingilsimon to'pgulda to'planadi. Avgust-sentabr oylarida
meva hosil qilib, urug' beradi.
Geografik tarqalishi.Tog' jambilning vatani O'rtayer
dengizining shimoli - g'arbiy qismi hisoblanadi. Krasnodar
o'lkasi, Qrimda, Ukrainaning janubiy tumanlarida,
Moldaviyada tog' jambilini efir moyi olish uchun
yetishtiriladi.
Kimyoviy tarkibi. Tog'jamibilning tarkibidan efir moyi va timol moddasini
olish uchun maxsus ekib o'stiriladi. Bundan tashqari uning tarkibida simol,
borneol, pinin, karvakrol, oz miqdorda oshlovchi moddalar va flavanoidlar ham
borligi aniqlangan. Bundan tashqari tog'jambilda azotli moddalar, qand, kletchatka,
mineral moddalar bor.
Ishlatilishi. Tog'jambildan tabobatda dezinfeksiyalovchi, og'riq qoldiruvchi,
balg'am ko'chiruvchi, gijjaga qarshi vosita sifatida ishlatiladi. Quyuq
ekstraktlaridan esa tomoq va bronxlar, oshqozon - ichak kasalliklarida, uyqusizlik,
bo'g'im kasalliklari, asab va teri kasalliklarida, hamda stomatologik muammolarda
ishlatiladi. Bu o'simlik spirtli ichimliklarga moyillikni kamaytirib, alkogolizmni
davolashda qo'llaniladi. Radikulit, revmatizm va moddalar almashinuvining
buzilishi bilan bog'liq kasalliklarda tog'jambil o'simligidan vanna qilish yo'li bilan
davolanish tavsiya etiladi. Bolalar tajribasida esa uyqusizlik, toshma toshishi, teri
kasalliklari, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi kabi kasalliklarda ham
foydalaniladi. Teri kasalliklarida jambildan tayyorlangan suyuklikka dokani
namlab terining xastalangan qismiga bog'lanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |