I. B. Shukurov Buxoro tibbiyot instituti bionoorganik, bioorganik va biologik kimyo kafedrasi dotsenti


Download 1.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/59
Sana10.12.2021
Hajmi1.61 Mb.
#179692
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
os markali chigitni tuksizlantirish mashinasining konstruktsiyasini takomillashtirish.

11-rasm. Datura stramonium -     

    bangidevona

 



 

15 


Asosiy alkaloidi skopolamin. Mevasi tarkibida 0,38-0,55% va urug‘ida 0,31-

0,77%  skopolamin  bo‘ladi.  Mevadan  skopolamindan  tashqari  giossiamin, 

norgiossiamin va boshqa alkaloidlar ajratib olingan. 

Dorivor  preparati.  Skopalamin  gidrobromid.  Skopalamin  alkaloidining 

kamfora bilan hosil qilgan birikmasi aeron preparati tarkibiga kiradi. 



 

Pushti 

katarantus 

(pushti 


bo‘rigul) 

(Catharanthus  roseus)  kendirdoshlar  Apacynaceae 

oilasiga  kiradi.  Tik  o‘suvchi  yoki  yoyilib  o‘suvchi, 

balandligi  (uzunsimon)  30-60  sm  li  poyali,  doim 

yashil buta. Mevasi - qo‘shbargcha. 

Geografik  tarqalishi.  Yovvoyi  holda  nam 

tropik 


yerlarda 

Indoneziyada 

(Yava 

orolida), 



Vetnam,  Malayziya,  Hindiston  va  va  boshqa 

davlatlarda  o‘sadi.  Ajariya  respublikasining  Qora 

dengiz  bo‘yida  joylashgan  „Kobuletskiy“  sovxozida 

o‘stiriladi. 



Mahsulot  tayyorlash.  O‘simlik  barglari  u  qiyg‘os  gullab,  meva  tuga 

boshlagan davrida yig‘iladi. Buning uchun ikkinchi darajali novdalarni yerdan 10-

15  sm  balandlikda  qirqib,  40-50°C  da  quritgichlarda  quritiladi.  So‘ngra  qurigan 

mahsulotni maydalab, yirik poyalardan ajratiladi. 



Kimyoviy  tarkibi.  Mahsulot  tarkibidagi  indol  unumi  bo‘lgan  ikki  guruhga 

kiruvchi  80  tagacha  alkaloidlar  bor:  monomerlar  (aymalin,  serpentin,  loxnerin  va 

boshqalar)  hamda  dimerlar  (vinblastin,  vinkristin  va  boshqalar).  Monomer 

alkaloidlari  rauvolfiya  alkaloidlari  singari  organizmga  ta’sir  ko‘rsatadi.  Dimer 

alkaloidlari  alohida  diqqatga  sazovordir.  Ulardan  6  tasi  yomon  shishlarni  -  rak 

kasalligini  davolash  ta’siriga  ega  bo‘lib,  shulardan  ikkitasi  -  vinblastin  va 

vinkristin  tibbiyotda  qo‘llanilmoqda.  Alkaloidlardan  tashqari,  mahsulotda  yana 

oksikarbon kislotalar, flavonoidlar, glikozidlar va boshqa moddalar bor. 



Dorivor  preparat.  Rozevin  sulfat  (vinblastin  sulfat)  (ampulada  va  shisha 

idishda  quritilgan  holda  chiqariladi),  vinkristin  sulfat  (shisha  idishda  quritilgan 

holda ampuladagi erituvchi bilan birgalikda chiqariladi). 

 

 



 

 

 



 

 


Download 1.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling