I. Bemor haqida ma’lumot


IV Jismoniy tekshiruv (status praezens ob’ektivus)


Download 89.5 Kb.
bet3/7
Sana05.10.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1692427
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
касаллик тарих схемасиI

IV Jismoniy tekshiruv (status praezens ob’ektivus).
A. Umumiy ko’zdan kechirish
1.Umumiy axvoli: qoniqarli, o`rta o`g`irlikda, og`ir, o’ta og`ir.
2.Bemorning xolati: aktiv, pasiv, majburiy. (majburiyni qaysi kasallikga xos turi)
3. Es-xushi, fikrlashi :aniq, buzilgan ( stupor, spoor, koma )
4. Qadi qomati va yurishi.
5. Boshi va bo`yni ( ularning xususiyati )
6. Yuz ifodasi: qaysi kasallikga xos ,xotirjam-tinch yoki bezovta, vaximaga tushgan va x . k .
7. Yuz, burun, quloq, xususiyatlari.
8. Gavda tuzilishi: to`g`ri, noto`g`ri,deformatsiyalar.
9. Tana konsitutsiyasi ( normastenik, astenik, giperstenik- belgilari aloxida keltiriladi. )
10. Bo`yining o`lchamli santimetrda, og`irligi kilogrammda, ko`krak qafasining aylanasi o’lchami, uchta indekslar- formulasi bilan natijasi va taxlili.

B. Teri qoplamasini ko’zdan kechirish


1. Teri rangi: tana rangida, och pushti, qoracha, qizil, oqargan, kesak rang, to`q jigarrang yoki bro`nza rangida (shu rang terini qaysi qismida joylashganini ko`rsatish lozim ).
2. Teri dog`lari (leykoderma ) , uni muayan sharoitda yo’qolishi.
3. Teri toshmalari (isiqlik ) va uning xususiyatlari: eriterma, dog`, rozeola, papula, teri puffakchasi. Qichima, teri yarasi po’stlog’i, erroziyalar, teri yorilishidan xosil bo’lgan yaralar, boshqa sababli yara-chaqalar, tomir yulduschalari teleangioektaziylar( paydo bo`lgan joyini ko`rsatish ).
4. Teri osti gemorragik holatlar: yoyilganligi, o’zgaruvchanlik xususiyatlari, ivodalanganligi, o`lchamlari, soni.
5. Teri chandiqlari,joylashgan joyi, uning xususiyatlari va xarakatchanligi, o`lchami.
6. Terining elastikligi (mee’rida, pasaygan )
7. Terining namlik darajasi: mee’rida, yuqori. Terining quruqligi, po`st tashlaganligi.
8. Terining xosilalari (ateromalar, angiomalr, va x . k .) ularning xususiyatlari, formasi, kattaligi, (santimetrda), yuzasi (silliq-g’adir-budur), konsistentsiyasi(yumshoq-qattiq), qo`zg`aluvchanligi, og`rishi, ular ustidagi terning holati .
9. Barmoqlar: shakli (“soat oynasi “ ), rangi, bo’ylama chiziqlar borligi, sinuvchanligi, barmoqlarning yemirilganligi.
10. Sochlar xususiyati (qalin-siyrak, nozikligi), to`kilganligi (ko’proq qaysi soxadaligini ko`rsatish), qoshini xususiyatlari, notaabiy kallikni va oqarishni boshlanishi. Sertuklik (joyini ko`rsatish), ayyolarda girsutizmning borligi.

V. Ko`rinma shilliq pardalarni ko’zdan kechirish.


1. Ko`rinma shilliq pardalar rangi: och-pushti, oqargan, sarg`aygan, tsianozliy.
2. Enantema-shilliqsimon qoplanish mavjudligi, xususiyati va joyi.
G. Teri osti to`qimani ko’zdan kechirish.
1. Teri osti kavati: yog`simon qatlam, meyo’rida, sust rivojlangan, rivojlanmagan,o`rtacha rivojlangan, haddan tashqari rivojlangan ( qalinligini santimetrda ko`rsatish ).
2. Teri osti tomirlari: ifodalangan, kam seziladigan, kattalashgan, venani varikozli kengayishi (kam-ko’pligi, ifodalanishi , uning rangi o’zgarganligi, varikoz tugunchalari yallig’langanligi ).
3. Qon bosim ko’tarigan vaqtida teri osti tomirchalarining ifodalanishi, kepchib shishganligini aniqlash, bosib ko’rilganda g’ichirlashi ( teri osti qavati emfizemasi vaqtida ).
4. Shishlar: joylashuvi, ularning konsistentsiyasi, ifodalanishi va taqsimlanishi, tananing ayrim qismlarida , qo’l, oyoq, yuz, qorin ,bel, , umumiy shish, pastoz holat (kepchish).
5. Semizlikni mavjudligi, yog` to’qimasini ortiqcha yig’ilgan joylar, o’lchamii -santimetrda.

D. limfatik tugunlarni ko’zdan kechirish va ularni palpatsiyasi.


1. Barcha gurux limfatik tugunlarni tartibi bilan joylashgan soxani qo`l bilan aniqlab qayd etish zarur.
2. Limfatik tugunlarni kattaligi –santimetrda qayd etiladi.
3. Limfatik tugunlarni shakli: oval, dumaloq, noto`g`ri shaklda.
4. Limfatik tugunlarni yuzasi: tekis, egri-bugri.
5. Limfatik tugunlarni konsistentsiyasi: qattiq, yumshoq, elastik.
6. Limfatik tugunlarni palpatsiyada og`rishi.
7. Limfatik tugunlar ustidagi terning xolati.
E. Muskullarni ko’zdan kechirish va ularni palpatsiyasi..
1. Muskullarning rivojlanishi darajasi: tana qismiga mutanosib rivojlangan, atrofiyalanganligi yoki gipertrofiyalanganligi.
2. Muskullar tonusi: ikki tomondagi bir xil mushaklarda meyo’rida, (yoki farq qiladi), muskullar tonusi oshgan, muskullar tonusi kamaygan.
3. Muskul kuchi- ballarda aniqlanadi.
4. Muskullarni palpatsiyada og`rishi, muskul to’qimasini zichlanishini borligi.

J. Suyak-bo`g`im tizimsinini ko’zdan kechirish va ularni palpatsiya xamda perkussiysi natijalari.


1. Sklet qismlarning proportsional nisbati. Suyaklar deformatsiyasi mavjudligi. Bosh suyakning shakli, o’lshami, ayrim qismlarining mutanosibligi.
2. Qo`l va oyoq barmolarning distal falangasining yo`g`onlanishi-“Baraban tayyoqchalari”.
3. Paypaslashda suyak usti pardasining yo`g`onlanishi va g`adir-budurlarni aniqlanishi.
4. Suyaklarni yumshashini aniqlash.
5. Paypaslash va urib ko`ringanda suyaklarni ( qovurg`a, umurtqa, to`sh suyakning) og`rishi.
6. Suyaklar deformatsiyalari.
Sh. Bo`g`imlarni ko’zdan kechirish va ularni funkssional holati, palpatsiyasi.
1. Ko’zdan kechirganda: bo`g`imlarni konfiguratsiyasi, shishganligi, bo`g`imlar ustidagi, teri giperemeyasi.
2. Bo`g`imlarni palpatsiyasida: maxalliy temperaturaning o`zgarganligi, og`rishi, bo`g`imlar ustidagi terini o’zgarganligi, bo`g`imlarda va suyaklarda deformatsiya mavjudligi.
3. Bo`g`imlarni xarakati vaqtida shovqinlar ( qisirlash, shiqillash va x. k . )
4. Bo`g`imlardagi aktiv va passiv xarakat xajmi .
5. Umurtqa pog’onasining shakli, uning xarakatchanlik darajasi, deformatsiyalar mavjudligi.
6.Bemor yurishining biror kasalga xosligi.

Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling