I. Bemor haqida ma’lumot
A’zolar tizimi bo’yicha tekshiruv
Download 89.5 Kb.
|
касаллик тарих схемасиI
A’zolar tizimi bo’yicha tekshiruv
I Nafas a’zolari tizimi Nafas olish tizimi faoliyatiga oyid shikoyatlar Nafas olish tizimini ko’zdan kechirish ma’lumotlari- yuqori nafas olish yo`larining xolati: 1. Burun: nafas olish vaqtida burun qanotlarining ishtiroki, nafasning ravonligi. 2. Paypaslashda va urib ko`rilganda burun qafaslarda soxasida og`riq borligi. 3. Tovushning xirillashi, manqalik. Ko`krak qafasini ko’zdan kechirish va tekshirish. 1. Ko`krak qavasi shakli: gavdasi konstitutsiyasiga mutanosib shaklda, patalogik shaklda (bochkasimon, paralitik, rahitik, voronkasimon , “tovuq ko’kragi”, “kosib ko’kragi”, emfizematoz) , epigastral burchak xaraktiristikasi. Ko`krak qavasi deformatsiyalari. 2. Ko’krak qafasining xarakat assimetriyasi: turli qismlarining bo`rtib chiqganligi va bir qismini xarakatda orqada qolishi. 3. Qo`vurg`alar oralig`ining kengligi. Qo`vurg`alarning yo’nalishi (odatiy, vertical yoki gorizantalga moyil. ) 4. Kuraklarni xilati: oralig`ining zichligi, ularning orqada qolishi (qanotsimon kuraklar), simmetriyalikligi. 5. Nafasning turi: ko`krak, qorin, aralash. 6. Nafas olishning tezligi va chuqurligi: yuzaki, chuqur, ritmik, ritmik emas (Cheyn-stoks, Kussmaul, Biotta) 7. Minutiga nafas soni: nafas olish va chiqarishning nisbati. 8. Nafas olishda ko`krak qafasining xarakati: bir tekisda, u yoki ko`krak qafasning ikki tomonini bir-biridan kech qolishi. Ko`krak qafasini paypaslash (palpatsiyasi) 9. Paypaslashda ko`krak qafasining og`riqli nuqtalari mavjudligi; a) O`griq bir joyda, tarqalgan. b) Trapetsiyasimon muskular soxasida; v) Qovurg`alar va ko`krak muskullari og’rishi; g) Qovurg`alar oralig`i nervlar chiqish nuqtasida; 10. Ko`krak qafasining rezistentligi: meyorida,ortgan. 11.Ovoz titirashini aniqlash: ko`krak qafasini barcha soxalarida bir xil-ozgarmagan, ayrim joylarda kuchaygan yoki susaygan. 12. Palpatsiyada plevraning ishqalanishi sezilishi (joyi). O`pka perkussiyasi. 1. Taqqoslama perkussiyasining natijalari: o’pka sirtidagi perkutor tovush, perkutor tovushning ko`krak qafasining xar hil nuqtalardagi xususiyati. 2. Topografik perkussiyaning natijalari (avval ko`krak qafasining o`ng, so’ngra chap qismining xamma nuqtalarda amalga oshiriladi) : O`pkaning quyi chegaralari
a) O`pka cho`qisining o’ng va chap tomondan, oldi va orqa tomondan balandligi; b) O`pkaning quyi chetlarining xarakati (chiziqlar bo’yicha o’ng va chap tomondan):
v) Krening maydoni o’lchamlari (o’ng va chap tomondan). O`pkani eshitish ( Auskultatsiya) 1. O`pkaning xamma yuzasi ustidagi (topografik chiziqlar bo’yicha o’ng va chap tomondan) nafas olish shovqinlarining xarakteri. 2. Qo’shimcha nafas olish shovqinlari: ularning joylashishi va xususiyatlari, xirillashlar mavjud bo’lsa ularning to’liq tavsifi, balg`amli yo`talishning xirillashlarni auskultativ xususiyatlarini o’zgartirishi. 3. Bronxofoniya ma’lumotlari (topografik chiziqlar bo’yicha o’ng va chap tomondan) Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling