I. Bemor haqida ma’lumot


II Ayni kasalikning rivojlanishi bayoni (Anamnezis morbi)


Download 89.5 Kb.
bet2/7
Sana05.10.2023
Hajmi89.5 Kb.
#1692427
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
касаллик тарих схемасиI

II Ayni kasalikning rivojlanishi bayoni (Anamnezis morbi)

Kasallikning dastlabki boshlanish belgilari bilan bog`lanadi va keyingi kechish davri yoritiladi .


1. Kasallik qachon, qayerda va qanday sharoyitda boshlangan.(asta-sekin, tosatdan)
2. Bemor kasalikning boshlanishini nima bilan bog`laydi. Kasalikning boshlanishida ruxiy ta’sirlar, jismoniy yoki aqliy toliqish, uyqusizlik ( uyquga to`ymaslik ) infeksiyon zaharlanish, sovuq qotish va boshqa sabablar.
3. Kasalikning boshlanishi –to’satdan, yoki asta-sekin. Dastlabki belgilar. Kasalik boshlangandan qancha vaqt o`tgach, birinchi marotaba qachon tibbiy yordamga murojaat qildi. Qachon va qanday yordam ko`rsatildi, uning natijasi.
4.To`liq xronologik ketma-ketlikda, kasallik boshlanishining dastlabki belgilari bemorni ayni vaqtda tekshirilayotgandagi yangi belgilarni paydo bo`lishi va keyingi rivoji yoritiladi.
5.Bemorning xozirgi tibbiy ko`rikga qadar birinchi marotaba tibbiy yordamga murojatidan boshlab, hozirgi va undan keyingi diagnostik chora -tadbirlarining xarakteri va natijasi to`liq xronologik ketma-ketlikda yoritiladi.
Iloji boricha kasalik varaqasi va boshqa xujjatlardan foydalaniladi (o`zgarishni ko`rsatuvchi asosiy ma’lumotlar qisqacha yoritiladi ).
6. Ayni kasallik davridagi mehnat qobiliyati.
7. Xozirgi vaqtda tibbiy yordamga murojaat qilish davrida o`zini xis qilishi.
8. Bemor kasalligini turli bosqichlariga o’zining munosabati. Kasallikni ichki (sub’ektiv) moxiyati. Kasallik bilan bog`liq ruhiy hissiyotlar.(tashvishlanish,beparvolik,ortiqcha kuyinish,qo’rquv)
9. Kasallikni muolaja bilan bog`liq ruhiy xolat : kasalikni oyiladagi, xizmatdagi, atrofdagi bemorlar va tibbiy xizmatlar, ayniqsa tibbiy xamshira bilan munosabatiga ta’siri. Bemorni ko`rikdan o`tqazishga, muayan kasalikni bartarav qilishga va davolashga munosabati.


III.Bemor hayoti tarixi (anamnezis vitae)
1.Qachon, qayerda, qanday oyilada, nechanchi farzand bo’lib tug`ilgan.
2. Qanday sharoyitda o`sgan va ulg`aygan.
3. Necha yoshdan o`qishni boshlagan, ozlashtirishi, qancha vaqt o`qigan. O`smirlikdan kasb tanlashga yoki o`qishni davom etirishga munosabati.
4. Mehnat faoliyati analizi: kasb egallashi, ish faoliyatini necha yoshda boshlagan, ishning xarakteri va sharoyiti, kasbining zararli ta’siri. Keyingi ish faoliyatini o`zgarishlari tog’risida ma’lumot. hozirgi mehnat sharoiti. Kasbini to`la ta’rifi. (binoning ichi yokiy ochiq havoda ishlashi, ish joyi havo temperaturasi, uning o`zgaruvchanligi, yoritilishi va uni xarakteri, chang, zararli moddalar bilan aloqasi borligi). Ish vaqti davomiyligi va tanaffusning davomiyligi. Dam olish tartibi va davriy dam olishlardan qanday foydalanganligi. Ishda kelishmovchiliklarning mavjudligi.
5. Maiyshiy sharoiti: yashaydigan xona maydoni va unda yashaydigan kishilar soni; nechanchi qavat, xona issiqligi yoki sovuqligi, yoritilganligi, isitishning turi, zax sharoitning mavjudligi.
6. Oyilada ishlovchilarning soni va oyila umumiy byudjeti; oyilada kelishmovchiliklarning mavjudligi.
7. Ovqatlanishning xususiyatlari: ko’proq uyda tayyorlangan yoki davlat oshhonasida tayyorlangan ovqat iste’mol qilishi. Iste’mol qilinadigan ovqatning xususiyatlari, iste’mol qilishning davomiyligi va davriyligi; kunlik, xafta davomidagi odatdagi ovqatlanish menyusi.
8. Ochiq havoda bo’lish davomiyligi, sport va jismoniy mashg’ulotlar bilan shug’ullanishi.
9. Zararli odatlari:
a) Tamaki chekishi, necha yoshdan chekishi, kun davomidagi chekish miqdori;
b) Spirtli ichimliklar iste’mol qilishi.Qancha vaqtdan beri, qanday davomiylikda (tez-tez yoki ba’zan) va qancha miqdorda, qanday ta’sir qilishi;
v) Boshqa zararli odatlari to’g’risida ma’lumot.
10. Ayni kasallikdan boshqa kechirgan kasalliklari, jaroxatlari, operatsiyalar. Bemorning kechirgan xamma kasaliklari to`g`risida to`liq so`roq qilish, kasalxonaga kelguniga qadar, bemorning yoshini ko`rsatgan holda xaк bir kasalanishi yilini ko`rsatib, davomiyligi, uning og`irligi, kasallikning asari va olib borilgan davoni turi (statsionarda, ambulatoriya, uyda ) ko’rsatiladi.
yuqumli kasal va sil kasali bilan og`riganligi to`g`risida aloxida so`rash lozim. Avallari xam xozirgi kasaliga o`xshash kasallik bilan og`riganligi to’g’risida ma’lumot;
11. Oilaviy va jinsiy hayyotiga oyid ma’lumotlar:
a) Ayyollardan -qachondan xayz ko’rishi va uni kechishi xususiyatlari , xayz ko’rish davrining buzilishi, agar xayz ko`rishdan qolgan bo`lsa, u xolda klimaksning o`tishi xususiyatlari.
b) Ayyollardan necha yoshdan turmushga chiqganligi, erkaklardan necha yoshda uylanganligi.
v) Ayyollarda homiladorlikning soni va uning o`tishi, bola tushishi hollari, tug`ish soni, xozirgi farzandlar soni aniqlaniladi;
g) Jinsiy hayyoti xususiyatlari o’zgarishiga oyid ma’lumotlar aniqlaniladi .
12. Erkaklardan xarbiy xizmatda bo`lganligi (bo`lmagan bo`lsa nima sababdan ), xarbiy xarakatlardagi ishtirokii aniqlaniladi. Jiddiy yaralanish va kontuziyaning bo’lganligi aniqlaniladi.
13. Yaqin qarindoshlarining kasali (eri yoki hotini). Yaqin qarindoshlarining axvoli, sog`lig`ining holati yoki vafot etgan bo’lsa, o`limining sababi ( necha yoshda vafot etgan). Sil kasalligi, yurak-tomir tizimsi kasaligi, venerik kasallik, alkogolizm, ruhiy kasalliklar, modda almashunuvining buzilishi, qandli diabet kasalliklari mavjudligiga aloxida e’tibor qilinadi. Mumkin qadar oyilaviy kasalliklar to’g’risida ma’lumot yig’ilishi kerak.
14. Shu paytgacha qo’llanilgan davolanish choralarining ta’siri ( dori-darmonlar va x . k .)
15.Qon va qon o`rnini bosuvchilar quyilganligi va qanday ta’sir qilganligi.
16. Ayollarda muddatidan ilgari tug`ish va tug`ilgan bolalarning gepatit (sariq) bilan og`riganlik xollari bo`lgan xaqida so`rash zarur.
17. Bemorning xarakteri, kasallik va muolajaga bo’lgan munosabati. Kasallik tarixiga bog`liq b’olgan boshqa ma’lumotlar.
J.Epidemiologik anamnez
Bemordan o’tkazgan yuqumli kasalligi to’grisida so’raladi. Chet el safarida bo’lganligi aniqlaniladi. Oxirgi olti oy mobaynida tibbiy muolaja, mikrooperatsiyalar (tish oldirish, abort, quloqni zirak uchun teshish, tatuyirovka va b.) bo’lganligi, yuqumli kasallik aniqlangan bemorlar bilan muloqotda bo’lganligi, sababsiz ich ketganligi, sababsiz xarorati oshganligi aniqlanadi va xulosa yoziladi.
D.Allergologik anamnez
Bemorda dori moddalariga, oziq-ovqat maxsulotlariga, changa, xidga, mayshiy soxada ishlatiladigan kimyoviy vositalarga allergiya kuzatilgani aniqlanadi.Bu xolat qanday ko’rinishda kechganini yoritish juda muhim.Aniqlangan allergiya beruvchi vosita nomi kasallik bayoni muqovasiga qizil rangli siyox bilan yozib qo’yiladi.



Download 89.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling