I. Bemor haqida ma’lumot
Download 89.5 Kb.
|
касаллик тарих схемасиI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. So`roq ma’lumotlari
I . Bemor haqida ma’lumot 1. Familiyasi, ismi, otasining ismi- 2. Yoshi- 3. Millati - 4.Ma’lumoti- 5. Kasbi- 6. Ish joyi- 7. Vazifasi- 8. Uy adresi- 9. Kasalhonaga kelgan kuni (og`ir ahvolda bo`lsa soat va minuti ko’rsatilishi shart) II. So`roq ma’lumotlari I. Shikoyatlari 1. “Shikoyatlar “ bo`limida faqat xozirgi vaqtdagi shikoyatlarni to`liq yoritish lozim, yani bemorning kasali boshlangan kuni qayd qilinmagan shikoyatlar ro`yhatga olinmaydi. 2. Agar bemorning bir necha kasali bo`lsa, u xolda avval asosiy kasalik tarihi, undan so`ng esa xuddi shu yo`sinda qolgan (hamrox) kasalikga oyid shikoyatlar so`raladi va yoritiladi. Asosiy shikoyatlari A’zolar tizimi bo’yicha shikoyatlari A.Nafas tizimi faoliyatiga oyd shikoyatlari 1. Yo`tal: a) Quruq yoki balg`am ko’chuvchi yo’tal; b) Yo`talning paydo bo`lish vaqti: ertalab, kechqurun, kechasi. v) Uning davomiyligi: to`xtovsiz yoki davriy; g) Yotalning xarakteri va intensivligi; baland, kuchli, sekin, ovosiz, xurillagan va x . k . ; d) Yo`talning paydo bo`lish sharoyitlari; tananing aloxida vaziyatda bo`lishligi (aynan qaysi) , ovqatlanishdan so`ng va x.k .) 2. Balg`am: a) Sutkaning turli vaqitdagi miqdori; b) Qanday bartaraf bo`ladi: osongina, qiyinchilik bilan, qanday sharoyitda oson bartaraf bo`ladi; v) Balg`amning xidi; g) Balg`amning quyuq-suyuqligi: shilimshiq, suyuq va x . k . d) Qatlamning miqdori va uning tarifi; 3 . Qon tuflash: a) intensivligi- qon laxtalari yoki toza qon ( uning miqdori ) ; b) Qoning rangi- och yoki to`q ; v) Davriyligi. 4 . Ko`krak qafasidagi og`riq : a) Og`riqni xarakteri: lo`qillovchi, similovchi, sanchuvchi va x . k . b) Og`riq joyi; v) Og`riq ni nafas olish, jismoniy zo`riqish yoki yo`tal bilan bog`liqligi va x . k . g) Og`riqning tarqalishi; d) Og`riqni nima yengilashtirishi; e) Gavdani turli tomonlarga og`ganda, ko`krak qafasiga bosilsa, og`riq kuchayishi. 5. Nafas qisishi: a) Doimiy, tinch xolatda,yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda; b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash; v) Bo’g’ilib qolishga aylanadigan nafas qisishning vaqti va uning yuzaga chiqish xolati, jismoniy zo`riqish, turli xidlar bilan bog`liqligi, davomiyligi, nima bilan xamroxligi ,yo’talni mavjudligi va qanday xarakterli yo’talligi (quruq yoki balg`amli ) shu balg`amning xarakteri; bo’g’iluvchan yokiy qattiq xushtaksimon xurullash bilan), shu vaqtda bemorning ruxiyati va o`zini tutishi, qo`laniladigan davoning effektivligi ( aynan qaysi davoning effektivligi ). B.Yurak qon aylanishi tizimi faoliyatiga oyd shikoyatlari. 1. Nafas siqishi (oldingi punktdagi ma’lumotlar so’raladi: a) Doimiy, tinch xolatda,yoki zo`riqishda, yurganda, tananing turli holatida, gapirganda; b) Nafas qisishni xarakteri-inspiratorli, ekispiratorli, aralash; v) Bo’g’ilib qolishga aylanadigan nafas qisishning vaqti va uning yuzaga chiqish xolati, jismoniy zo`riqish, turli xidlar bilan bog`liqligi, davomiyligi, nima bilan hamroxligi ,yo’talni mavjudligi va qanday xarakterli yo’talligi (quruq yoki balg`amli ) shu balg`amning xarakteri; bo’g’iluvchan yokiy qattiq xushtaksimon xurullash bilan), shu vaqtda bemorning ruxiyati va o`zini tutishi, qo`laniladigan davoning effektivligi ( aynan qaysi davoning effektivligi ). 2. Yurak atrofidagi og`riq: a) doimiy yoki xurujli; b) muayan sharoitda kasallikni bartarav qilish (ko`krakda, yurak atrofi soxasida va x. k.) v) tarqalish ( irradiatsiya ); g) xarakteri : simillovchi, sanchuvchi, siquvchi, lo`qillovchi, bosuvchi ; d) Vaxima va qo`rquv bilan, quvvatsizlik bilan, muzdek ter bosish bilan, bosh aylanish bilan bog`liqligi; e) intensevligi; j) davomiyligi; z) vaqt birligida og`riq xurujini chastotasi; i) og`riq paydo bo`lishini sababi va xolati; k) og`riq xuruji vaqtida bemor o`zini tutishi va xolati; l) tibbiy yordam effektivligi qandayligi ,qancha vaqtga yordam berishi va uning ta’sir qilish tezligi; 3.Yurak urishi; a) yurak urishi tezlashishining xarakteri; davriyligi, doimiyligi, xurujliligi, intensivligi, davomiyligi, takrorlanish xossasi ; b) paydo bo`lish sharoitlari: jismoniy zo`riqishdan, tinch xolatda, tana xolatining o`zgarishda, xayojonlanganda va x. k . ) . v) qanday kechishi ( nafas siqishi, yurak og`rig`i va x . k . bilan.) 4. yurak urushini xis qilish. 5. chetki ( periferik ) qon tomirlarining qisilishining belgilari; tananing qaysi qisimlarida, nima tufayli, qanday chora ko’rilsa o`tib ketadi. 6. Oyoq va boshqa joylarda shishni paydo bo`lish vaqti ( kechqurun, ertalab .) 7. Bosh og`rig`ishi (Og`riqning xarakteri: Obi-xavoning o`zgarishiga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish natijasida, xayojonlanishda, tinch vaqitda xam og`riqni sezish , kunni qaysi vaqtida kuchayadi (tunda yoki kunduzi). V. Hazm tizimi faoliyatiga oyd shikoyatlari . 1. Ishtaxa: yaxshi, ishtaxasizlik, ishtaxa oshgan, o’zgargan, ishtaxaning butunlay yo`qligi (xamma taomlarga yoki ayrim taomlarga ) 2. Ozgina taomga to`yib qolish: odatlangan, tez ochqash yoki doimiy ochlikni sezish. 3. Ko’p chanqash, sutkada istemol qilinadigan suyuqlik miqdori. Og`izni ko’p qurishi. 4. Og`izdagi ta’m: nordon, achchiq, metal ta’mi, shirinroq ta’m, ta’m sezish kamayishi yoki yo`qolishi. 5. O`g`izdan xid kelishi: chirish xidi, ammiakli, achimtir, chiriyotgan olma xidi va x . k . 6. Yutinish va ovqatning yutilishi : og`riq bilan yutinish, qiynalib yutinish, ovqat yutilishi qiyinligi(qanday konsistenssiyalik ovqat yutilishi qiyinligi) 7. So`lakning ajralishi ( ko’p, kam) 8. Kekirish mavjudligi (nima sababli va qay vaqtda boshlanishi, qay darajada) 9. Jig`ildon qaynashi: ovqat istemol qilish va ovqatning turiga bog`liqligi. Jig`ildon qaynashini engilashtiruvchi vositalar qo’llash, ularning turlari. 10. Ko`ngil aynashi: ovqat iste’mol qilishga va uni turiga bog`liqligi. 11. Qusish mavjudligi: a) ochlikda, ovqat iste’mol qilgandan so`ng ( o`sha zaxoti yoki ma’lum vaqt o`tgach ), qusish qanday bezovtaliklar bilan o`tadi; qusgach bemorning axvolini o’zgarishi ; b) qusuq moddasining xususiyatlari : yeyilgan ovqat, zardob, to`q jigarrang, toza qon laxtalari mavjudligi va x . k. ; Qusuq moddasining xidi (chirigan, nordon va x . k .), xidsiz . 12. Qorin og`rig`i xususiyatlari a) yoyilganligi yoki muayan joyda mavludligi; b) qachon va qanday sharoitlarda boshlanishi; ovqatlanishdan oldin, so`ng, ( qancha vaqt o`tgach ), tungi o`g`riqlar mavjudligi. Ovqatlanishning qorin og`rig`ini darxol to`xtatishi mavjudligi. Og`riqni yengilatishning boshqa usullaridan foydalanish ( qusish; dori qabul qilish, isiq qo’yish va x . k . ) . v) iste’mol qilinadigan taom turi bilan bog`liqligi ( quyuq taom, hazm bo`lishi qiyin bo`lgan taom, yog`liq, achiq va x. k . taomlar ) yokiy uning miqdoriga bog’liqligi. g) og`riqning xarakteri: kuchli, similovchi, lo`qilovchi, xurujli, doimiy, kuchayib boruvchi. d) davomiyligi: g) qanday be’zovtalik yoki symptom bilan hamrox xolda. j) siydikni rangning to`qligi, xurujdan so`ng ichning rangini ocharishi kuzatilishi. 13. To’sh osti va boshqa soxalarda og`irlik va og`riq sezilishi. 14. Qorining shishganligi. Qorining damlanishi va gazlarning chiqishi. Qorin bo`shlig`ining xaddan ziyod quldirashi. 15. Ich kelishi: a) xar kuni bir maromda,bir kunda bir necha bor turli vaqtlarda. Ich kelishi mustaqil, yoki qandaydir usul qo`lanilgandan keyin ( klizma, ich yurg’izuvchi dorilar qo’llash). b) ich qotishi: necha kungacha ich kelmasligi. v) ich ketishi: nimadan keyin boshlanishi, sutka davomida ichni ketishi soni. g) tenezmalar mavjudligi; d) ahlat massasining xarakteri ( suyuq, suvdek, quyuq, dona-dona va x. k .), ahlatning rangi va xidi; aralashmalar xususiyati: shilimshiq, qon va yiring, hazm bo`lmagan ovqat qoldiqlari , gijja va gijja tuxumlari mavjudligi. e) qon ajralishi ( ich kelishdan oldin, axlat aralash ,yoki keyin ) . 16. Anus soxasini og’rishi, qizishi, qichish. 17. Ichakning oxirgi qismini tashqariga chiqishi mavjudligi. G. Siydik ajralish tizimi faoliyatiga oyid shikoyatlari. 1. Bel soxasidagi og`riqlar mavjudligi: uning xususiyatlari (lo`qullovchi, kuchli, xurujli), kuchayishining davomiyligi, nima tufayli boshlanishi yoki kuchayishi, nima bilan qo`zg’atilishi, nima tufayli yengilashishi. 2. Siydik chiqishi: oson, qiyinchilik bilan, odatdagi miqdorda, ingichka tizimchasimon, titilgan tizimchasimon, siydik tizimini yon tomonga yoki pastga og’shi ( faqat erkaklardan so’raladi ) . 3. Siydik chiqarishda og`riq mavjudligi, siydik yo’lini achishishi, qizish ( siydik chiqarishdan oldin, keyin, siydik chiqarilayotganda. ) 4. Siyish qanday muddatda takrorlanishi, ayniqsa tunda. 5. Sutka davomidagi siydik miqdori. 6. Siydikni rangi: rangsiz, to`q, qonsimon, go’sht yuvindisiga o`xshash va x. k. 7. Siydik chiqarilayotganda siydik rangini o’zgarishi: boshlanishida, siyish jarayoni davomiyda, oxirida. 8. Siydikni tutib tura olmaslik. Doyimiy yoki tungi siydikni tutib tura olmaslik. D. Endokrin tizimi faoliyatiga oyd shikoyatlari. 1. Asabiylik, ruxiyat buzulishlari (xis- hayajon, vaxima yoki beg’amlik,uyquchanlik) . 2. Bo`y va tana tuzilishi mutanosibligi buzilishi. 3. Tana vaznini o’zgarishi (semirish, ozish). 4. Teri xosilalari faoliyati o`zgarishi ( xaddan tashqari terlash yoki teri quruqligi, uni dag’allashuvi , teri osti chandiqlari (striyalar) paydo bo`lishi; 5. Birlamchi va ikkilamchi jinsiy belgilarning o’zgarishi, ayollarda hayiz tsikli va homiladorlik jarayonlarini o’zgarishi, erkaklarda mijos sustligi yoki to’satdan o’zgarishi (uning xususiyatlari), jinsiy faoliyatning xolati. 6. Soch o`sishining va tanadagi tuklarnig joylashishi va o’sishini o`zgarishi (xaddan ortiq rivojlanishi, xos emas joyda o`sishi, sochning xaddan ziyod to`kilishi ). 7. Meyyo’rdan ortiq chanqash. E. Tayanch xarakat tizimi faoliyatiga oyid shikoyatlari. 1. Suyak va bo`g`imlardagi o`g’riq (qanday muayyan sharoyitda tarqalishi); 2. Og`riqning xarakteri: Obi-xavo o`zgarishiga bog’liqligi, jismoniy zo`riqish natijasida, xayojonlanishda, tanani tinch xolatida xam og`riqni sezish, tungi og’riqlar. 3. Bo`g`imlarning shishganligi, ularning qizishi (aynan qaysi bo’g’imlar). 4. Xarakatning qiyinlashuvi, bo’gim karaxtligi (aynan qaysi bo`g`imlarda) ertalabki bo’g’im karaxtligi va unung davomiyligi vaqti. 5. Xarakatlanganda umurtqa pog`onasidagi og`riq va xarakatning qiyinlashuvi. Qo’shimcha shikoyatlar O`zini yomon xis qilish, xolsizlik, tez charchash ish qobilyatining pasayishi, ozish. Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling