I. Bemor haqida ma’lumot
IV Jismoniy tekshiruv (status praezens ob’ektivus)
Download 89.5 Kb.
|
касаллик тарих схемасиI
IV Jismoniy tekshiruv (status praezens ob’ektivus).
A. Umumiy ko’zdan kechirish 1.Umumiy axvoli: qoniqarli, o`rta o`g`irlikda, og`ir, o’ta og`ir. 2.Bemorning xolati: aktiv, pasiv, majburiy. (majburiyni qaysi kasallikga xos turi) 3. Es-xushi, fikrlashi :aniq, buzilgan ( stupor, spoor, koma ) 4. Qadi qomati va yurishi. 5. Boshi va bo`yni ( ularning xususiyati ) 6. Yuz ifodasi: qaysi kasallikga xos ,xotirjam-tinch yoki bezovta, vaximaga tushgan va x . k . 7. Yuz, burun, quloq, xususiyatlari. 8. Gavda tuzilishi: to`g`ri, noto`g`ri,deformatsiyalar. 9. Tana konsitutsiyasi ( normastenik, astenik, giperstenik- belgilari aloxida keltiriladi. ) 10. Bo`yining o`lchamli santimetrda, og`irligi kilogrammda, ko`krak qafasining aylanasi o’lchami, uchta indekslar- formulasi bilan natijasi va taxlili. B. Teri qoplamasini ko’zdan kechirish 1. Teri rangi: tana rangida, och pushti, qoracha, qizil, oqargan, kesak rang, to`q jigarrang yoki bro`nza rangida (shu rang terini qaysi qismida joylashganini ko`rsatish lozim ). 2. Teri dog`lari (leykoderma ) , uni muayan sharoitda yo’qolishi. 3. Teri toshmalari (isiqlik ) va uning xususiyatlari: eriterma, dog`, rozeola, papula, teri puffakchasi. Qichima, teri yarasi po’stlog’i, erroziyalar, teri yorilishidan xosil bo’lgan yaralar, boshqa sababli yara-chaqalar, tomir yulduschalari teleangioektaziylar( paydo bo`lgan joyini ko`rsatish ). 4. Teri osti gemorragik holatlar: yoyilganligi, o’zgaruvchanlik xususiyatlari, ivodalanganligi, o`lchamlari, soni. 5. Teri chandiqlari,joylashgan joyi, uning xususiyatlari va xarakatchanligi, o`lchami. 6. Terining elastikligi (mee’rida, pasaygan ) 7. Terining namlik darajasi: mee’rida, yuqori. Terining quruqligi, po`st tashlaganligi. 8. Terining xosilalari (ateromalar, angiomalr, va x . k .) ularning xususiyatlari, formasi, kattaligi, (santimetrda), yuzasi (silliq-g’adir-budur), konsistentsiyasi(yumshoq-qattiq), qo`zg`aluvchanligi, og`rishi, ular ustidagi terning holati . 9. Barmoqlar: shakli (“soat oynasi “ ), rangi, bo’ylama chiziqlar borligi, sinuvchanligi, barmoqlarning yemirilganligi. 10. Sochlar xususiyati (qalin-siyrak, nozikligi), to`kilganligi (ko’proq qaysi soxadaligini ko`rsatish), qoshini xususiyatlari, notaabiy kallikni va oqarishni boshlanishi. Sertuklik (joyini ko`rsatish), ayyolarda girsutizmning borligi. V. Ko`rinma shilliq pardalarni ko’zdan kechirish. 1. Ko`rinma shilliq pardalar rangi: och-pushti, oqargan, sarg`aygan, tsianozliy. 2. Enantema-shilliqsimon qoplanish mavjudligi, xususiyati va joyi. G. Teri osti to`qimani ko’zdan kechirish. 1. Teri osti kavati: yog`simon qatlam, meyo’rida, sust rivojlangan, rivojlanmagan,o`rtacha rivojlangan, haddan tashqari rivojlangan ( qalinligini santimetrda ko`rsatish ). 2. Teri osti tomirlari: ifodalangan, kam seziladigan, kattalashgan, venani varikozli kengayishi (kam-ko’pligi, ifodalanishi , uning rangi o’zgarganligi, varikoz tugunchalari yallig’langanligi ). 3. Qon bosim ko’tarigan vaqtida teri osti tomirchalarining ifodalanishi, kepchib shishganligini aniqlash, bosib ko’rilganda g’ichirlashi ( teri osti qavati emfizemasi vaqtida ). 4. Shishlar: joylashuvi, ularning konsistentsiyasi, ifodalanishi va taqsimlanishi, tananing ayrim qismlarida , qo’l, oyoq, yuz, qorin ,bel, , umumiy shish, pastoz holat (kepchish). 5. Semizlikni mavjudligi, yog` to’qimasini ortiqcha yig’ilgan joylar, o’lchamii -santimetrda. D. limfatik tugunlarni ko’zdan kechirish va ularni palpatsiyasi. 1. Barcha gurux limfatik tugunlarni tartibi bilan joylashgan soxani qo`l bilan aniqlab qayd etish zarur. 2. Limfatik tugunlarni kattaligi –santimetrda qayd etiladi. 3. Limfatik tugunlarni shakli: oval, dumaloq, noto`g`ri shaklda. 4. Limfatik tugunlarni yuzasi: tekis, egri-bugri. 5. Limfatik tugunlarni konsistentsiyasi: qattiq, yumshoq, elastik. 6. Limfatik tugunlarni palpatsiyada og`rishi. 7. Limfatik tugunlar ustidagi terning xolati. E. Muskullarni ko’zdan kechirish va ularni palpatsiyasi.. 1. Muskullarning rivojlanishi darajasi: tana qismiga mutanosib rivojlangan, atrofiyalanganligi yoki gipertrofiyalanganligi. 2. Muskullar tonusi: ikki tomondagi bir xil mushaklarda meyo’rida, (yoki farq qiladi), muskullar tonusi oshgan, muskullar tonusi kamaygan. 3. Muskul kuchi- ballarda aniqlanadi. 4. Muskullarni palpatsiyada og`rishi, muskul to’qimasini zichlanishini borligi. J. Suyak-bo`g`im tizimsinini ko’zdan kechirish va ularni palpatsiya xamda perkussiysi natijalari. 1. Sklet qismlarning proportsional nisbati. Suyaklar deformatsiyasi mavjudligi. Bosh suyakning shakli, o’lshami, ayrim qismlarining mutanosibligi. 2. Qo`l va oyoq barmolarning distal falangasining yo`g`onlanishi-“Baraban tayyoqchalari”. 3. Paypaslashda suyak usti pardasining yo`g`onlanishi va g`adir-budurlarni aniqlanishi. 4. Suyaklarni yumshashini aniqlash. 5. Paypaslash va urib ko`ringanda suyaklarni ( qovurg`a, umurtqa, to`sh suyakning) og`rishi. 6. Suyaklar deformatsiyalari. Sh. Bo`g`imlarni ko’zdan kechirish va ularni funkssional holati, palpatsiyasi. 1. Ko’zdan kechirganda: bo`g`imlarni konfiguratsiyasi, shishganligi, bo`g`imlar ustidagi, teri giperemeyasi. 2. Bo`g`imlarni palpatsiyasida: maxalliy temperaturaning o`zgarganligi, og`rishi, bo`g`imlar ustidagi terini o’zgarganligi, bo`g`imlarda va suyaklarda deformatsiya mavjudligi. 3. Bo`g`imlarni xarakati vaqtida shovqinlar ( qisirlash, shiqillash va x. k . ) 4. Bo`g`imlardagi aktiv va passiv xarakat xajmi . 5. Umurtqa pog’onasining shakli, uning xarakatchanlik darajasi, deformatsiyalar mavjudligi. 6.Bemor yurishining biror kasalga xosligi. Download 89.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling