I-bob Adabiyotlar sharhi
Behi o`simligining navlari
Download 220.94 Kb.
|
behi diplom (1)
1.2. Behi o`simligining navlari.
Nav tanlash qishloq xo‘jaligida ekilib parvarishlana-yotgan barcha meva, sabzavot, poliz va boshqa ekinlarda kata ahamiyat kasb etadi. Nav tanlashda o‘sha joyning tuproq-iq-lim sharoiti, tashqi omillarning ta’siri va boshqa vaziyatlar inobatga olingan holda navlar tanlanadi. Behi navlari respublikamizning barcha viloyatlarida o‘sib, yaxshi hosil beradi. Hozirda Davlat reestriga kiritilgan quyidagi: Aromatnaya; Izobilnaya; Sovxoznaya; Samarkandskaya krupnoplodnaya; Konservnaya, Otlichnaya kabibehi navlari ekilmoqda. Quyida ekilayotgan behi navlarining qisqacha tavsifi keltirilgan. Aromatnaya navi - kechpishar va konserva qilish uchun juda yaroqli hi-soblanadi. Respublikamiz bo‘yicha eki-lib, parvarish qilinib kelinmoqda.Daraxtning bo‘yi o‘rta bo‘yli 2,7 m dan 4,0 m gacha etadi. SHox-shabbalari kengligi 5 metrgacha boradi. Behi ko‘chatlari doimiy maydon-ga ekilgandan keyin 4-yili hosilga kiradi. O‘n yoshli behi daraxti 60-70 kg hosil beradi, hosildorlik 342,6 s/ga. Eng yuqori hosil-dorlik 398,4 sentnerga etishi mumkin. Mevasi yirik bo‘lib 235 gramm, shakli olmasimon, silliq, pishgan vaqtida sariq rangga kiradi, pishgan mevaning ta’m bahosi 4,5 ball.Mevalarni terish muddati oktyabr oyining ikkinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi. Saqlanish davri yanvar oyining oxirigacha. Tashilishga chidamli. Mevasidan yuqori sifatli murabbo va kompot, shuning-dek, yaxshi sifatli behi ichimligi tayyorlanadi. Bu nav uchun Izobilnaya va Konservnaya navlari eng yaxshi changlatuvchi hisoblanadi. Izobilnaya navi respublikamizning barcha viloyatlarida ekishga tavsiya qilingan. Hosildorligi yuqori, o‘rtapi-shar, konservabop nav hisoblanadi. Daraxtining bo‘yi o‘rtacha kattalikda bo‘lib, 2,9 m dan 5-6 m gacha etadi. SHox-shabbasi tarqoq, yassi duma-loq shaklga ega. Hosilga kirishi tez (2-3 yil). Oltinchi o‘ninchi yilga borib har bitta daraxt hosili 20 kg dan 55 kg gacha etadi. 20-25 yillik daraxtlardan hatto 100 kilogramgacha hosil olingan. Mevasi o‘rtacha kattalikda 250 g. Meva shakli bochkasi-mon, asos tomoni sal kengaygan, ayrim mevalari esa silindr shaklga ega. Meva usti qalin tuk bilan qoplangan bo‘lib, pishish davomida to‘kilib ketadi, meva po‘sti och-sariq, eti zich, mazasi nordon, o‘rtacha sershira, xushbo‘y ta’mga ega. Terish davri sentyabr oyining oxiri oktyabr oyining boshlariga to‘g‘ri keladi. Mevalaridan yuqori sifatli murabbo va kompot tayyorlanadi. Konservnaya navi eng yaxshi changlatuvchi hisoblanadi. Samarkandskaya krupnoplodnaya navi respublikamizning barcha vi-loyatlari uchun tavsiya qilingan. Daraxtning balandligi 3,5 - 4,6 m bo‘ladi, shox-shabbasi oval shaklga ega, nisba-tan qalinroq bo‘lib, kengligi 3,3 m gacha boradi. Boshqa navlarga nisba-tan kechroq, 5-yili hosilga kiradi. Meva berishi kamroq 8-12 yoshli daraxt 15-20 kilogramm hosil beradi, eng yuqori hosil 157,1 sentner-ni tashkil qiladi. Mevasi noksimon, yashilroq-sariq, o‘rtacha tuklangan, yirik. Mevaning o‘rtacha og‘irligi 273 gramm. Ba’zi mevalari 535 grammgacha etadi. Mevalarni terish davri oktyabr oyining birinchi yarmiga to‘g‘ri keladi, mevasidan yuqori sifatli murabbo va kompot tayyorlanadi .Yuqori agrotexnikani talab qiladi. Izobilnaya va Sovxoznaya navlari eng yaxshi changlatuvchi hisoblanadi. Konservnaya navi yirik mevali, kech pishuvchi nav, mevalari o‘rtachadan (300 g) to yirikgacha (600 g) bo‘ladi, shakli olma ko‘rinishida, shoxga mahkam yopishgan deyarli to‘kilib ketmaydi. Nav bahorgi sovuqlardan zarar ko‘rmaydi, sovuqqa chidamli. Mevaga kirishi 4-yildan boshlanadi, hosildorligi yuqori, 5-8 yilda 30-40 kg ayrim daraxtlari to 70 kggacha hosil beradi. Mevalari oktyabr oyining ikkinchi o‘n kunligida teriladi. Nav konservabop hisoblanadi, kompot - 4,5, murabbo 5,0 ball bilan b aholangan. Meva yorilib ketmaydi, yangi uzil-gan meva ta’m bahosi 3,5 ball. O‘zbekistonning janubi-g‘ar-biy viloyatlarida ekiladi. Otlichnitsa navi - Nikitin Davlat botanika bog‘ida yaratil-gan. Daraxtning bo‘yi o‘rtacha 2,5 m, shox-shabbasi qalin, hosilga kirishi nisbatan kechroq 5-yil. Hosildorligi yuqori 347,8 sentner, eng yuqori hosildorligi 385 s/ga. Mevasi yirik, o‘rtacha vazni – 261 g, meva rangi och sariq, sal tuklangan. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi 4,7 ball .Sovxoznaya navi -qishga chidamli, hosildor, universal nav. Res-publikamizni barcha viloyatlari-da ekiladi. Daraxtning bo‘yi 3,6 m, lekin 12 yoshli daraxtning balandligi 4,7 m gacha boradi. SHox-shabbasi qalin, eni 3,5 m gacha. Ko‘chatlari ekilgandan keyin 3-yili hosil bera boshlaydi, hosili tez oshib boradi, 8-12 yoshli daraxtlar 33-35 kg hosil beradi, ayrim hollarda 100 kg ni tashkil qiladi. Meva og‘irligi 350-400 g. Ayrimlari 540 grammgacha bo‘ladi. Qayta ishlashda kompot va murabbo tayyorlanadi. Eng yaxshi changlatuvchisi Izobilnaya navi hisoblanadi. Download 220.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling