I-bob Adabiyotlar sharhi
Dorivor bexi o`simligini yetishtirish texnologiyasi
Download 220.94 Kb.
|
behi diplom (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bob Dorivor behi o`simligining shifobaxshlik xususiyatlari
2.2. Dorivor bexi o`simligini yetishtirish texnologiyasi.
Behi asosan, payvand yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Urug‘idan ekib parvarishlangan behi daraxti mevalari mayda, taxir, sifatsiz, iste’molga yaroqsiz bo‘ladi va 8-10 yilga borib hosil beradi. Lekin, urug‘ ko‘chati hamda bachkilari behi uchun yaxshi payvandtak hisoblanadi. Behi urug‘ ko‘chat-lari nok uchun past bo‘yli payvandtak hisoblanadi. Fermer xo‘jalik lari sharoitida qimmatli meva ekini behi maydon-larini kengaytirish, yangi bog‘larni barpo qilish dolzarb vazifa hisoblanadi. Behi qurg‘oqchilikka, issiqqa, kasallik va zararkunandalarga boshqa mevalarga qaraganda chidamli bo‘lib, tez hosilga kiradi, har yili, muttasil yaxshi hosil beradi. Meva bog‘ining hosildorligi, uzoq yashashi va serdaro-mad bo‘lishi uning qanchalik to‘g‘ri barpo qilinganligiga bog‘liq. SHuning uchun bog‘ barpo qilishda yo‘l qo‘yilgan xato u hosilga kirgandagina payqab qolinadi va uni tuzatish qiyin yoki butunlay tuzatib bo‘lmaydi. Bog‘ barpo qilinadigan joy noto‘g‘ri tanlanganda bog‘ erta qariydi, ularning hosil be-rish davri qisqaradi, hosili kamayadi va meva sifati pasaya-di. Bog‘ barpo qilinadigan maydonning tuprog‘iga, iqlim sharoitiga, erni ekishga tayyorlashga, ko‘chat o‘tqazish texnikasiga va yosh bog‘larni parvarish qilishga e’tibor berish kerak.O‘zbekistonda uchraydigan tuproqlarning ko‘pchiligi bog‘ barpo qilish uchun yaroqli hisoblanadi. Faqat, botqoq va sho‘rxok tuproqlarni meliorotiv holatini yaxshilab, ya’ni ko‘p harajatlar qilib, bog‘ barpo qilish mumkin. Erni ko‘chat o‘tqazishga tayyorlash - behi ekinlari haydalma qavati o‘rtacha va engil qumoq tuproq bo‘lgan madaniylashgan bo‘z tuproqlarda yaxshi hosil beradi. Sizot suvlari er sathidan kamida 1,5-2,0 m, sho‘r tuproqlarda 2,5-3,0 m chuqurda joylashgan maydonlar ajratiladi.Bog‘ uchun maydon ajratilgandan keyin ularning maydoni rasmiylashtiriladi: bog‘ chegarasi belgilanadi, maydon kvartallarga bo‘linadi, daraxtlarni joylashtirish kartasi tuziladi, magistral yo‘llar, kanallar, ihota daraxtzorlari to‘g‘rilanadi. Behi ko‘chatlarini o‘tqazish sxemasi sug‘oriladigan bo‘z tuproqlarda 6x4 m, shag‘alli-qumoq tuproqlarda 5x4 m. Behi daraxtini joylashtirishda o‘sishi va hosil berishiga zarar etkazmagan holda o‘simliklarning oziqlanish maydo-nidan imkoni boricha to‘laroq foydalanish ko‘zda tutiladi. Erni ko‘chat o‘tqazishga tayyorlash bog‘ga o‘tqazilgan ko‘-chatlarning tutishi, yosh daraxtlarni o‘sishi, hosilga kirish vaqti, hosildorligi, uzoq yashashi muhit sharoitiga bog‘liq bo‘ladi. Bog‘ barpo qilishdan oldin er ko‘chat o‘tqazishga sifatli tayorlangandagina o‘simliklar sog‘lom va baquvvat rivojlanishi mumkin. Erni ekishga tayyorlash uni tekislash,haydash, o‘g‘itlash va boshqalardan iborat. Behi ko‘chatlari kuzda yoki erta bahorda kurtaklar uyg‘on-guncha ekiladi. Lekin shimoliy viloyatlarda bahorda ekkan ma’qulroq. Kuzda ko‘chat ekish uchun tanlab olingan maydon plantaj plugi bilan 50-60 sm chuqurlikda xaydalgan bo‘li-shi kerak. Agar maydon haydalmagan bo‘lsa, bahorda 35-40 chuqurlikda er haydalib, tekislanib, ko‘chat ekish uchun reja tortiladi. Behi ko‘chatlari kuchli payvantakka (behi urug‘ ko‘chatlariga) ulangan bo‘lsa 6x4 m pakana (“A”-tipdagi va VA-29) payvantakda 5x3,5 - 4 m sxemasida ekiladi. Ko‘chat ekiladigan chuqurlarni chuqurligi va kengligi 60x60 sm bo‘lib, qo‘l bilan chuqur qazishda tuproq ustining 20-25 sm qismi chuqurning bir tomoniga olib, qolgan qismi ikkinchi tomonga olib qo‘yiladi.Ko‘chat ekiladigan tuproq unumdorligi past erlarga,chuqurga ekishdan oldin 350-400 g fosforli, 30-40 g, kaliy o‘g‘iti hamda 8-10 kg chirigan go‘ngni tuproq bilan aralashtirib solib, keyin ko‘chat ekiladi. Ko‘chatni ekishdan oldin alohida tayyorlangan shatmoqqa (go‘ngni tuproq bilan 1:1 atalab tayyorlanadi) botirib olib ekiladi. Ko‘chat chuqurga qo‘yilib, oldin olingan tuproq chuqur tagiga solinib, payvand qilingan joy tuproqdan 4-5 sm yuqorida ekilgan bo‘lishi kerak. Ko‘chat ekilgandan so‘ng har bir chuqurga to‘la suv quyi-ladi yoki ko‘chatlardan 40-50 sm uzoqlikda ikki tomonidan 20-25 sm chuqurlikda egat olib yaxshilab sug‘oriladi. Bunda tuproq zichlanib, ko‘chat yaxshi ko‘karadi. Tuproq cho‘kkandanso‘ng ko‘chat atrofiga tuproq solib to‘ldiriladi. Birinchi yili vegetatsiya davomida 12-16 marta suv qo‘yiladi. Yosh behi bog‘larni parvarishlash. Behi daraxtlari dast-labki yillari ajratilgan oziqlanish maydonining hamma-sidan foydalanmaydi, shu tufayli yosh bog‘lar qator orala-rida 2-3 yil davomida, daraxt shoxlari tutashguncha, turli qishloq xo‘jalik ekinlari etishtirish mumkin. Sabzavot, poliz va boshqa shudgorlab ekiladigan ertaki va o‘rtaki ekin-lar etishtirish tavsiya qilinadi. Behi daraxtlarini parvarishlashda ko‘chat tanasi atro-fidagi tuproq har yili erta bahorda 12-15 sm chuqurlikda yumshatilishi kerak. Yoz bo‘yi nihollarning ikki tomonidan 20-25 sm chuqurlikda olingan egatlar orqali 10-12 marotaba sug‘oriladi. Bog‘da daraxt qatorlari orasi oktyabr oyining oxiri noyabr oyining boshlarida 25-27 sm chuqurlikda shudgor qilib ishlov beriladi. Erta bahorda er 15-17 sm chuqurlikda yumshatiladi. Bu ish traktorga osiladigan MPV-1, KSL-5 agregatlar yordamida ba-jariladi. Daraxt tanasiga yaqin erlarni yumshatish va bego-na o‘tlarning paydo bo‘lishiga qarab FA-76 frezasi bilan yumshatiladi. Meva daraxtlari to‘liq hosilga kirguncha gektariga kuzda 40-50 kg hajmda fosfor, 30-40 kg hajmda kaliy, bahorda 60-70 kg azot o‘g‘itlari solinadi. Bog‘ning qator oralariga daraxtlar 3-4 yoshga to‘lguncha oraliq ertaki va o‘rtaki ekinlar (kartoshka, qand lavlagi, qizilcha, sarimsoq piyoz, rediska, turp, mayda oshqovoq, po-midor, karam, loviya, no‘xat, poliz ekinlari) ekish mumkin. Ular parvarish qilinayotgan ekinning agrotexnika talabla-ri asosida o‘g‘itlanadi va sug‘oriladi. Bog‘ning qator oralariga oraliq ekinlar ekkanda dast-labki 1-2 yillarda daraxt tanasi yonidan 1 m kenglikda ora-liq qoldirish kerak. Keyingi yillarda oraliq bo‘sh joy 0,5 m dan kengaytirib boriladi. Bog‘ to‘la hosil bera boshla-gach, oraliq ekinlar ekilmaydi. Ko‘chat ekilgan yilning kuzida, yozda nobud bo‘lgan ko‘chat-lar o‘rniga shu nav ko‘chatidan o‘tqaziladi.Hosilli behi bog‘larini parvarishlash,Bog‘larda tuproqning unumdorligi doimo yaxshilab bori-lishi kerak. Daraxtlarga to‘g‘ri shakl berish va qirqish bilan birga tuproqqa etarli darajada organik va mineral o‘g‘itlar solib turish, erga o‘z vaqtida va yuqori sifatli ishlov be-rish, o‘simlik va mevalarni zararkunandalar hamda kasal-liklardan saqlash, yilning hamma faslida tuproqni etarli namlikda bo‘lishini ta’minlash ishlariga alohida e’tibor berish lozim. Hosil berayotgan bog‘larda tuproq holatini yaxshi saqlashning asosiy tartibi – bu erni bahorda (hech nar-sa ekmay) yaxshi o‘g‘itlab, shudgorlab qo‘yishdir. SHu bilan birga organik o‘g‘itlarni ko‘pi bilan har 3 yilda bir marotaba chirindi sifatida gektariga 20-40 ton-nadan solish kerak. Bunday o‘g‘itlar etishmasa 2-3 yilda bir ma-rotaba qator oralariga siderat ekinlar ekiladi. Ularni sen-tyabr oyi oxirida ekib, gullash paytida – may oyining boshlarida erga haydab yuboriladi. Ko‘k poyaning tuproq ostiga yaxshi tushishi uchun ekin er haydalishi oldidan KIR-1,5 rota-sion o‘rish mashinasi bilan maydalab chiqiladi. Kuzda shudgorlangan bog‘ qator orasi Har yili kuzgi shudgor o‘rniga noyabr oyida 15-17 sm chuqurlikda kultivatsiya qilinishi mumkin. Faqat erga or-ganik o‘g‘it solinsagina, u plug bilan 20-22 sm chuqurlikda haydaladi. Erta bahorda qator oralari qayta yumshatiladi, hamda bu ish yoz bo‘yi har bir sug‘orishdan keyin takrorlana-di. Bunda ishlov beruvchi MPV-1 mashinasi KZU-03 kultiva-tori bilan amalga oshiriladi. Daraxt tanasiga yaqin joy-larga (10-12 sm.dan chuqur bo‘lmagan) ishlov berish uchun FA-76 mexanik frezadan foydalaniladi. Daraxtlar sust o‘sayot-gan bo‘lsa (novda uzunli-gi 30-40 sm dan kam) o‘g‘it-ni 40-60 g hisobida be-vosita ularning tanasi atrofiga solish kerak. Daraxtlar kattalashgan sayin ularning tanasi atrofining doirasi kengaytirib boriladi va o‘g‘it miqdori oshadi. Behi daraxtlarini kesish va ularga shakl berish Behi kuchli payvandtakda o‘sadigan va o‘rta holda o‘sadi-gan payvandtakka ulab o‘stirilganda, ularga shakl berish-ning asosiy tartibi – bu yarusli (qavatli) qilib shakllan-tirishdir. To‘la shakl berilgan meva daraxtlari birinchi qavatda 3-4 dona asosiy shoxga ega bo‘lishi kerak. Ularni shakllantirish bilan bir qatorda ikkinchi va uchinchi qa-vat shoxlari ham qoldiriladi. Ikkinchi qavatning birinchi shoxi asosiy shoxlaridan 30-40 sm, ikkinchi shox birinchi shoxdan 25-30 sm masofada qoldiriladi. 3-4 yil shakl berilgan yosh daraxtlarni ko‘p butash tav-siya etilmaydi. CHunki bu ularning o‘sishini kuchaytirib, ho-sil berishini kechiktirib yuboradi. Daraxtning ko‘p yillik shoxlarini shakllantirishda ularning bir-biriga moyil-lashtirib butash kerak, o‘tkir burchakli bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Daraxt to‘la hosilga kirgach, novdalarning o‘sishi keskin kamayadi va meva berish kalta shoxlariga o‘tadi. Bu davrda hosilli shoxlarning haddan tashqari ko‘payib ketishining oldini olish uchun pastroqda joylashgan hosilli shoxga taqab shox qisqartirib kesiladi. O‘sish sustlashgan chog‘da (oxirgi navdalar 25-30 sm dan qisqa bo‘lsa) 3-4 yilda bir marotaba 2-3 yillik shoxlariga taqab shox-shabbalarini yashartirib kallaklanadi. Siyraklashtirilgan yarus shaklda shakl berish Daraxt kesiklari 3 sm dan katta bo‘lsa, kesik albatta bog‘ malhami (kanifol, asalari mumi, yog‘) yoki bo‘yoq bilan bo‘yaladi. Bu tadbir daraxtga qorason kasalligi tushishidan saqlaydi. O‘G‘ITLASH Hosilli behi bog‘lariga har 2-3 yilda bir marotaba chirigan go‘ng (gektariga 20-30 t) solinadi. Mineral o‘g‘itlar esa yiliga gektariga 120 kg azot, 90 kg fosfor, 45 kg kaliy sof holda solinadi. CHirigan go‘ng bo‘lmasa o‘g‘itlar miqdori 30-40% ko‘paytiriladi. Fosfor, kaliy o‘g‘itlari va go‘ng kuz-gi shudgor oldidan solinadi, azot o‘g‘iti daraxt gullashidan 2-3 hafta oldin va iyul oyida gektariga 120 kg (sof holda) teng miqdorida 20-25 sm chuqurlikka solinadi. SHag‘alli tuproq erlarga ekilgan behi bog‘larida o‘g‘itlar miqdori 50% ko‘paytiriladi, azot uch marotaba-bahorda, iyun va iyul oylarida solinadi. O‘g‘itlar erga ROU-5, MPV-1, KSL-5, PT-4 mashinalari yor-damida solinadi. Behi daraxtlari ekilgan qumloq, bo‘z erlarga solina-digan mineral o‘g‘itlarning normasi quyidagilardir: azot gektariga 120 kg, fosfor gektariga 90 kg, kaliy gektariga 45 kg.Behi ekilgan bog‘larda azot o‘g‘iti 30-40% kuzda ( ammoniy sulfat holida) qolgan 60-70% ikki marotaba aprel va iyul oylarida teng miqdorda, fosfor va kaliy kuzda va iyul oyi-da 50% dan solinadi. Bu yozning ikkinchi yarmida hosil kurtaklarining shakllanishiga hamda daraxtning qishga yaxshi tayyorgarlik ko‘rishiga yordam beradi. Er haydalgan bo‘lsa, o‘g‘it markazdan qochiradigan NRU-0,5 sochuvchi osma mexanizm bilan sepiladi. Fosfor va kaliy o‘g‘itlarini erga chuqurroq 20-22 sm qilib solish uchun MPV-1 mashinasidan foydalaniladi.Behi ekilgan bog‘ go‘ng shaltog‘i, parranda go‘ngi bilan oziqlantirilsa yaxshi samara beradi. Bu o‘g‘itlarga 5-6 hissa suv qo‘shib bir tekisda suyultirib solinadi yoki suv ular so-lib qo‘yilgan chuqur orqali oqiziladi. CHuqurdagi parranda go‘ngi aralashtirilib turiladi. Mineraljo‘g‘itlar Organik o‘g‘itlar berib turiladi. SUG‘ORISH Bog‘larni sug‘orishda asosan 4 ta usuldan foydalaniladi: 1. Pol olib sug‘orish (sho‘rlangan erlarda 6-12 soatdavomida tekis joylarda daraxtdan 1-3 metr uzoqlikda, 30 sm chuqurlikda erni haydab suv qo‘yiladi). 2. Hovuzcha shaklida sug‘orish (bu usul suv bir me’yorda kelib turmaydigan, nisbatan baland joylarda qo‘llaniladi, lekin qo‘l mehnati ko‘p talab qilinadi). 3. Bostirib sug‘orish (yaxob suvi, tekis relefli erlarda bostirib sug‘orish qo‘llaniladi, bu usulda er bir tekis namlanadi, qish va bahorda qo‘yiladi). 4. Egat olib sug‘orish (og‘ir tuproqlarda 100-120 sm qator orasi, o‘rta qumoq tuproqda 80-100 sm qator orasi, engil qumoq tuproqda 60-70 sm orasi birinchi egat yosh bog‘larda daraxt tanasidan 0,5 m va katta yoshdagi bog‘larda 0,75-1 m oraliqda o‘tkaziladi, hammasi bo‘lib 6 ta egat olinadi). Hozirgi vaqtda texnika va texnologiyalar rivojlanishi jadal sur’atlarda ortib bormoqda, bu o‘z navbatida sug‘o-rishda yangi turdagi suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash-ni taqozo etmoqda. Ulardan quyidagi turlari qishloq xo‘ja-ligining barcha sohalarida keng ko‘lamda ishlatilmoqda: 1. Egatga plyonka to‘shab sug‘orish. 2. O‘qariqlar o‘rniga egiluvchan plyonkali quvurlardan foydalanish. 3. Tuproq ostidan sug‘orish texnologiyasini qo‘llash, bunda dalaga suv berish miqdori 25-30% gacha kamayadi, egat olishga hojat qolmaydi. 4. Yomg‘irlatib sug‘orish. 5. Tomchilatib sug‘orish. Ushbu suv tejovchi texnologiyalar orasida tomchilatib sug‘orish alohida ahamiyatga ega. Ushbu texnologiyaning boshqa sug‘orish usullaridan farqli jihatlari: yuqori samaradorligi, ya’ni suv resurslari tanqisligi sharoitida kam suv sarflab barqaror yuqori hosil olish imkonini beruvchi; tuproqning namligi va uni yaratish uchun berilayotgan suvni boshqarish mumkinligi. YA’ni, suvni har bir ekinning ma’lum davrida ehtiyojiga mos ravishda dala bo‘ylab bir tekis taqsimlanishi ekin ildizi rivojlanadigan tuproq qatlamida o‘sim-lik uchun maqbul bo‘lgan suv-fizik muhit yaratilishi. Tomchilatib sug‘orish tizimini qurish uchun suv nasosi, filtr, hovuz tindirgich, o‘g‘itlovchi moslama, magistral va tarqatuvchi quvurlar, sug‘orish shlanglari, tomizgichlar, yordamchi va ulovchi qismlar kerak bo‘ladi. Bundan tashqari qurilish ishlari va loyihani tuzish xarajatlari kiritiladi. Tomchilatib sug‘orishda ekinga suv va oziq moddalar uning ehtiyojiga mos ravishda kichik miqdorlarda tez-tez be-riladi. O‘simlik ildiz qatlamida maqbul namlik yaratiladi. O‘simlik o‘ziga zarur bo‘lgan vaqtda suv va oziq moddalarini oladi. Turli stress holatlarga tushmagan o‘simlik o‘z ener-giyasini faqat rivojlanish va hosil to‘plashga sarflaydi. Buning natijasida bog‘ va tokzorlarda hosildorlik 20-40% gacha ortadi. Tomchilatib sug‘orish natijasida boshqa sug‘orish usullariga nisbatan 20% dan 60% gacha suv tejaladi. Bundan tashqari mehnat va moddiy resurslar, jumla-dan mineral o‘g‘itlarni xarid qilish xarajatlari kamayadi. Buning sababi ozuqaviy moddalarning bevosita ekinning ildiz tizimiga etkazib berilishiga bog‘liqligida. Mine-ral o‘g‘itlarning tejalishi 30-40 % ga oshadi. Elektr ener-giyaga sarflanadigan xarajatlar jiddiy ravishda kamayadi. Taklif qilinayotgan usul boshqa usullarga nisbatan elek-troenergiyani 50-70 %ga kam talab etadi.Ekinlarni oziqlan-tirishga ortiqcha xarajatlar kerak bo‘lmaydi. Tomchilatib sug‘orish suv yo‘nalishi bilan birga o‘simliklar qatoridan oqib boradi. SHu tarzda, qator oralig‘idagi er quruq qoladi,yovvoyi o‘tlarning o‘sishi uchun qulay muhit yaratilmaydi. Bundan tashqari ekinlarning shox-shabbasi quruq qoladi, bu esa kasalliklar rivojlanishining oldini oladi. Behi bog‘larini sug‘orishda egat olib sug‘orish usuli qo‘l-laniladi. Hosil beruvchi behi bog‘larida qishki yaxob (qa-vus) suvlari noyabr oyidan fevral oyi oxirigacha 2-3 ma-rotaba gektariga 1500-2000 kubometr hisobida beriladi. Qator oralarini sug‘orish uchun 70-80 sm uzoqlikda 22-24 sm chuqurlikda ariq ochiladi. YOzda sug‘orish miqdori behi daraxtlarining yoshiga, er osti suvining sathiga, qa-tor oralarida etishtirilayotgan ekinlarga bog‘liq bo‘ladi. Bog‘ sug‘oriladigan bo‘z erlarga o‘simlikning o‘sish davrida 4-6 marotaba, shag‘alli erlarda 10-12 marotaba sug‘orila-di. Sug‘orish miqdori qator oralarining holatiga qarab 800-1000 m3, shag‘alli erlarda gektariga 300-500 m3 dan iborat bo‘ladi.Vegetatsiya davrida tuproq qatlami chuqur bo‘lgan qumoq bo‘z erlarda bog‘ yoz paytida gektariga 800-850 m3 normasida 4-5 marotaba, kuz (sentyabr) gektariga 450-500 m3 normasi-da 1 marotaba sug‘oriladi. Qishki nam to‘plash suvi esa gek-tariga 1700-2000 m3 normasida bir marotaba noyabr oyi-da beriladi. Bog‘ mana shunday tartibda sug‘orilsa, o‘rtacha gektariga bir yilda 6000-6500 m3 suv sarf bo‘ladi. Sug‘orish Tomchilatib sug‘orish uchun ariqlar qator oralarida daraxtlar qatoridan 80-90 sm masofada olinadi. Er osti shag‘al bo‘lgan shuningdek, engil qumoq va qumoq tuproqli erlarda vegetatsiya suvlari behi bog‘larida gekta-riga 400-450 m3 miqdordagi suv 8-10 marotabaga etkaziladi. SHuningdek, gektariga 500-600 m3 2-3 marotaba qishki yaxob suvi beriladi. Er osti shag‘al bo‘lgan erlarda mineral o‘g‘it-lar oz-oz miqdorda tez-tez solinishi kerak. CHunki sug‘orish paytida mineral o‘g‘itlar yuvilib, erning chuqur qatlamiga tushib ketadi. Bu erlarda organik o‘g‘itlar ayniqsa, yaxshi sa-mara beradi. Ular erning nam saqlash va hosildorlik xusu-siyatini oshiradi. KASALLIK VA ZARARKUNANDALARI Meva bog‘larining mahsuldorligini oshirishda aso-siy omillardan biri kasallik va zararkunandalardan o‘z vaqtida va sifatli himoya tadbirlarini bajarishdir. Oxirgi yillarda zararkunanda va kasalliklar bog‘larga katta zarar etkazmoqda. Behi daraxtlariga asosan olma qurti va monilioz kasalligi ko‘p zarar keltiradi. Bog‘ qator oralarida sug‘orish uchun egat olish Olma qurti – Carpocapsa pomonella L. Bu zararkunan-da hammaxo‘r bo‘lib, 30 turdan ortiq mevali daraxtlarning mevasi bilan oziqlanadi. Ko‘proq olma, nok, behi, yong‘oq va olxo‘rining asosiy zararkunandalaridan biri hisoblana-di. Olma qurti 1 yilda 3 marta nasl beradi. U g‘umbak ichida katta yoshli qurt shaklida daraxt po‘stloqlari orasida, da-raxt ostidagi xas shoxlar va boshqa himoyalangan joylar-da g‘umbakka aylanib qishlaydi. Erta ko‘klamda bu qishlab chiqqan qurtlar, olma gullashi boshlanganda g‘umbakdan ka-palaklar uchib chiqib, barglar va meva tugunchalariga tu-xumlarini qo‘yadi. Tuxumdan chiqqan qurtlar barg va meva eti bilan keyinchalik uning urug‘i bilan oziqlanadi. Har bir qurt 2-3 tadan mevani zararlaydi. Qurt etilgandan so‘ng me-vadan chiqib, daraxt ustida yoki yaqinida himoyalangan holda g‘umbakka aylanadi. Mevali daraxtlarga tutqich belbog‘lar bog‘lash, olma qurtining sonini kamaytirishda foyda beradi. Bundan tashqari ularning uchish muddatlari va sonini bilish uchun feramon tutqichlarini mart oyi oxiri aprel oyida qo‘yish kerak (olma qurti) feramon tutqichiga davomli tushi-shini belgilagandan keyin foydali havo haroratini hi-soblashni boshlash kerak. Olma qurti uchun foydali harorat 10-310S orasida hisoblanishi kerak, birinchi kimyoviy ishlovni 250-3000S samarali harorat olgandan keyin o‘tkazish ke-rak. Olma qurti urug‘li meva daraxtlarining, ayniqsa, olma,qisman nok va behi zararkunandasi hisoblanadi. Olma qurti olma va nok hosilini 50 foizgacha kamaytiradi. Har yili olma qurtining zararlashi natijasida mevalar tugunchalari va g‘o‘r mevalarining ancha qismi to‘kilib ketadi. Olma qurti tushgan mevalar ko‘pincha, chirib ketadi va ularni saqlab bo‘lmaydi. Olma qurti O‘zbekistonning deyarli barcha olma o‘sadi-gan joylarida uchraydi. Urg‘ochisi havo harorati 160S dan kam bo‘lmagan vaqtda olma, behi va nok shox- shabbasiningodatda, yuqori qismidagi barg va tugunchalariga tuxum qo‘yadi.Olimlarning kuzatishiga ko‘ra daraxtlarning zararlanishi yuqori qismida 48%, o‘rtacha qismida 32,8% va pastki qismi-da 20% ga to‘g‘ri keladi. Har bir qurt 2-3 ta g‘o‘r mevaga zarar etkazadi, kechroq zararkunanda olmaga tushganda, aksariyat, qurtlar faqat bittadan mevaga zarar etkazadi. Zararlan-gan g‘o‘r mevalar to‘kilib ketadi: olma qurtining rivojla-nishi olma to‘kilgandan keyin tugaydi. O‘sgan qurt mevadan chiqib, g‘umbakka aylanishi uchun pastki shoxlarning asosida yoki daraxt tanasiga o‘rmalab boradi. Olmaning qurt chiqqan Hosilni yig‘ib-terib olganda meva ichida qolgan qurt-larning ko‘pchiligi meva saqlanadigan joyda g‘umbakka ayla-nish uchun meva ichidan chiqadi. Olma qurti yoz bo‘yi uch avlod beradi. Ikkinchi avlod iyunda, uchinchi avlod iyul-avgustda paydo bo‘ladi. Mevalardagi qurtlar 18-40 kun (o‘rtacha hisob bilan 24 kun) yashaydi. Qurt mevaning urug‘ kamerasida tul-lamay meva etida tullasa maxsus kamera ochadi. Mevadan chiqqan qurt 2-8 kundan keyin g‘umbakka aylanadi; g‘umbaklik stadiyasi ko‘klamda va yoz boshlarida o‘rta hisob bilan 10 kun, iyul-avgustda esa 8 kun davom etadi. Kurash choralari. Qishlayotgan olma qurtining yo‘q qilish uchun erta ko‘klamda daraxtlarning tanasi nobud bo‘lgan po‘st-loq tangachalaridan tozalanadi va darhol yoqib yuboriladi. Meva saqlanadigan binolarga kapaklar kirmasligi uchun derazalarga va ventilyasiya teshiklariga doka yoki ko‘zi 2,5 mm dan oshmaydigan sim to‘r tutish tavsiya etiladi. May o‘rtalarida birinchi avlod qurtlari mevadan chiqib, pilla o‘rash uchun daraxtlarning tanasiga va pasti yo‘g‘on shoxlar-ning asosiga tusha boshlaganda daraxt tanalariga tutqich belbog‘lari bog‘lanadi, ular meva terib olguncha daraxtlar-da qoldiriladi va har 7-10 kunda bir marta ko‘zdan kechiri-lib, belbog‘dagi qurtlar ezib tashlanadi yoki belbog‘lar qay-noq suvga solingan idishga botirib olinadi va sovugandankeyin yana avvalgi joyiga bog‘lanadi. Belbog‘larni vaqtida ko‘rib turilmasa, bunday holatlarda unga kirib olgan qurt-larni bir qismi kapalakka aylanib oladi. Bog‘larda qurtlarning asosiy qismini tutqich belbog‘lar bilan tutib olib yo‘q qilish mumkin. Pishmay to‘kilayotgan olma, behi va nokni har 1-3 kunda terib olib, kesib, quri-tiladi yoki molga berish kerak. To‘kilgan mevani o‘z vaqtida yig‘ib olish, bog‘dagi olma qurtlarini 25 % ga kamaytiradi. Olma qurtini yo‘q qilish uchun uning har bir avlodiga qarshi daraxtlarga bir martadan dori purkash tavsiya eti-ladi. Olma daraxti gullagandan keyin birinchi marta do-rilanadi: bu vaqtda kurtaklarning ko‘pchiligi meva kosachasiga kirib oladi, shuning uchun insektitsid (dori)ning gul kosachasiga kiritilishiga erishmoq kerak. Olma gullagandan keyin gul kosachasi o‘n kungacha ochiq turadi, shu kunlar ichida daraxtlarga dori purkaladi. Undan keyin ikkinchi va uchin-chi nasl kapalaklari ommaviy uchadigan va tuxum qo‘yadigan davrda purkaladi. Behi daraxtiga olma qurtining birin-chi nasli deyarli zarar etkazmaydi. SHuning uchun behidagi olma qurtlarining 2 va 3-nasliga qarshi kurash tadbirlari o‘tkazish lozim. Behi daraxtlarini birinchi purkash olma daraxtlarigullagandan 45-47 kun o‘tgach, iyunning o‘rtalarida o‘tkaziladi. 12-15 kundan keyin takror dorilanadi. Uchinchi dorilash esa iyulning oxiri yoki avgustning boshlarida purkaladi. Olma qurti mevagacha gul kosasidan emas, uning boshqa qism-laridan ham kira oladi. Modomiki shunday ekan, mevaning hamma eriga insektitsid (dori) bir xilda tekis tegishi ke-rak Ayni vaqtda shox-shabbaning pastki va o‘rta qismlariga emas, yuqori qismlariga ham yaxshilab dorilashi shart. Behi olma qurtining birinchi naslidan deyarli zararlanmaydi. Ko‘rsatilgan muddatlarda quyidagi preparatlardan biri qo‘llaniladi: Karbofos yoki zolon (benzofosfat) yoki BI-58 (100 l suvga 200-300 g., 1 gektarga 0,4-0,8 l.) yoki Doni-tol, Fufanon (100 l. suv 100 g., 1 gektarga 1,5-3,0 l.), Detsis, Sumi-alfa, Talstar preparatlari ham samaralidir. Monilioz kasalligi –Monilia laxa, Monilia fructicola. Ka-sallikni Monilif avlodiga kiruvchi zamburug‘lar keltirib chiqargani uchun u monilioz, deb ataldi. Kasallik bahorda mevali daraxtlarning gullari va kurtaklarini nobud qiladi. Urug‘li va danakli meva daraxt-larida meva chirishi juda keng tarqalgandir. Mevaning chirishi qo‘ng‘ir rangli kichkina dog‘dan boshlanadi va tez rivojlanib, butun mevani qoplaydi. Natijada, meva eti yumshab, qo‘ng‘ir tusga kiradi va mevaning ta’mi o‘zgaradi. Meva sirtidagi dog‘lar ustida zamburug‘li sporalarni ho-sil qiluvchi yostiqchalar hosil bo‘ladi. Keyinchalik zarar-langan mevalar mumlanib qolib (5-6 rasmlar), zamburug‘ shu holatda qishlaydi. Agar meva uni yig‘ish yoki tashish davrida zararlansa, bunday mevalarda yostiqchalar hosil bo‘lmay qo-rayib yoki ko‘kish rangga kirib mumlanib qoladi. Mumlan-gan asosiy mevalar erga to‘kilib, daraxt tagida qishlaydi. Daraxtlarda ham ko‘pincha, mumlangan mevalar tushmasdan qolishi ham mumkin. Bahorda ilk nam havoda mumlangan mevalar sirtida ko‘p sonli yostiqchalar shaklida zamburug‘ paydo bo‘ladi. Bu zamburug‘lar kasallikni birinchi yuqtirib tarqatish vazifasini bajaradi. Zamburug‘ mevaga faqat jarohatlangan joyidan kiradi, ayniqsa, bunday jaroxat-lar zamburug‘ ko‘tir (parsha) ta’sirida yorilgan joydan ham kiradi. Zamburug‘ sporalarining mevada tez rivojlanishi uchun optimal harorat 24-28 darajadir. Keyinchalik zarar-langan mevalar mumlanib qolib, zamburug‘ shu mumlangan joylarda qishlab chiqadi. Behining meva tugunchalari va barglari tukli bo‘lgani uchun yog‘ingarchilikdan va shudring tushishdan keyingi nam ko‘proq saqlanadi va zamburug‘ning avj olib rivojlanishi-ga qulay sharoit tug‘diradi. Natijada, gul va meva tuguncha-lari kuchli shikastlanadi va qurib qoladi. Kurash choralar: Bu kasallikning oldini olish uchun qish-lovchi infeksiya bo‘lgan mumlangan mevalarini yo‘qotish lo-zim. Erta bahorda kurtaklar bo‘rtishi arafasida 1% li yoki kuzda daraxtlarni 3-4% li bordo suyuqligi bilan jiqqa ho‘llab yuvish zarur. 5 gradusli ohak-oltingugurt qaynatmasi (ISO) yoki 3% li temir kuporosini qo‘llasa ham bo‘ladi. Daraxtlar gullash arafasida va guldan chiqqan 1% li bordo suyuqligi bilan takror yoki qo‘l apparatida 1-2 marta dorilanadi. Topsin-M preparatini 0,1% li qilib sepish ham samaralidir. Behi guldan chiqib, zararlangan mevalari va novdalari aniq bo‘lgach (gullagandan so‘ng 15-20 kun o‘tgach) barcha shikast-langan mevali novda va shoxlar kesib olinib kuydirib tashlanadi. Zararlanib to‘kilgan barglar va meva tugunchala-ri daraxt atrofini 20-30 sm chuqurlikda ag‘darib chopish yo‘li bilan yo‘q qilinadi. III- Bob Dorivor behi o`simligining shifobaxshlik xususiyatlari. Download 220.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling