I bob. Aholini ijtimoiy muhofaza qilishning tashkiliy-huquqiy asoslari va moliyaviy manbalari
Download 269.52 Kb.
|
AHOLINI IJTIMOIY QO’LLAB-QUVVATLASHGA BERILAYOTGAN E’TIBORNI KUCHAYTIRISH MASALALARI.
XULOSA VA TAKLIFLAR“Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida aholini ijtimoiy muhofaza qilishning moliyaviy manbalari” mavzusini o‘rganish davomida biz tomonimizdan aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimining tarkibi, tuzilishi, moliyaviy asoslari tadqiq qilindi. Ijtimoiy himoya xarajatlarini davlat byudjetidan mablag‘ bilan ta’minlash, Pensiya jamg‘armasidan aholining zaif qatlamlarini ijtimoiy muhofaza qilish mexanizmlari o‘rganildi. Tadqiqotlarimiz va tahlillarimiz asosida shakllangan xulosalarimiz quyidagilardan iborat bo‘ldi: aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashda yashash joyidan qat’iy nazar, barcha aholi qatlamlari uchun ijtimoiy xizmatlardan foydalanishda teng shart- sharoitlarni yaratish; ijtimoiy sohalar xodimlari mehnatini har tomonlama rag‘batlantirish; aholini ijtimoiy muhofaza qilishning manzilli bo‘lishini ta’minlash; ijtimoiy himoyaning qonuniy-huquqiy asoslarini mustahkamlash; aholiga munosib yashash va ishlash sharoitlarini yaratishni ta’minlash uchun iqtisodiyotning barqaror o‘sishini rag‘batlantirish zarur; ilg‘or xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur bo‘lgan daromadlarni aniqlash bo‘yicha “iste’mol savatchasi”ga oid munosabatlarni huquqiy tartibga solish maqsadga muvofiq; davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul taqdim etiladigan protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari turlarini ko‘paytirish hamda ularning tegishli standartlarini joriy qilish zarur; “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O’zbekiston Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish vaqti keldi, deb hisoblaymiz; og‘ir maishiy sharoitlarda yashayotgan, boquvchisini yo‘qotgan, nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yaxshilash zarur; 61 O‘zbekiston Respublikasi uchun ijtimoiy himoya masalalariga mamlakat- ning demografik xususiyatlarini hisobga olgan holda keyingi yillar davomida ham alohida ahamiyat berish kerak bo‘ladi. Olib borilgan izlanishlar asosida hamda xulosalarimizdan kelib chiqib, quyidagi mazmundagi takliflar shakllantirildi: Bundan keyin asosiy e’tiborni davlat tomonidan aktiv ijtimoiy siyosatni olib borishga qaratish lozim. Mehnatga layoqatli aholi ko‘p bo‘lgan hududlarda sanoat korxonalarini rivojlantirish va yangi ish o‘rinlari tashkil etishni qo‘llab- quvvatlashga ixtisoslashgan maxsus mintaqaviy jamg‘armalarni tuzishni rag‘batlantirish, zarar ko‘rib ishlayotgan korxonalarni tijorat banklarining investitsiyalari hisobiga modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan yangilash hamda barqaror ish o‘rinlariga ega bo‘lgan yangi korxonalar tashkil etish va keyinchalik ularni asosan mazkur korxonalar xodimlariga sotish amaliyotini yanada rivojlantirish maqsadga muvofiq. Kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining o‘zlari mustaqil ravishda ish o‘rniga ega bo‘lishlarini ta’minlash, yakka tartibdagi mehnat va tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun ularga imtiyozli mikrokreditlar berish, ular tashkil etayotgan tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishda mavjud to‘lovlardan ozod etish yo‘li bilan ularning bandligini ta’minlash zarur. Aholining nochor toifalariga avvalgi ko‘psonli, jiddiy ahamiyatga ega bo‘lmagan nafaqalar to‘lash o‘rniga aniq manzilli yo‘nalishga ega bo‘lgan yagona nafaqalarni joriy qilish lozim. Shuningdek, davlat byudjeti daromadlarining barqarorlashuvi bilan kam ta’minlangan oilalarga va bolali onalarga beriladigan nafaqa miqdorini ham oshirib borish lozim, bu ayniqsa, “iste’mol savatchasi”ning qonuniy asoslari shakllanganidan keyin dolzarb bo‘lib qoladi. 14 yoshgacha farzandlari bo‘lgan oilalarga yordam puli va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berish ko‘rinishida kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun byudjet mablag‘larini ko‘paytirish, yordam pullari oluvchi kontingentni mos ravishda 1,5-2 barobar kengaytirish lozim. Download 269.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling