I bob. Alohida olingan so'z turkumlari


Download 85.57 Kb.
bet3/13
Sana20.06.2023
Hajmi85.57 Kb.
#1632482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
asd

Mustaqil so’z turkumlari -atash va umumiy Grammatik ma`noga ega bo’lib, biror so’roqqa javob bo’ladigan, gap ichida ma`lum sintaktik vazifa bajaradigan so’zlardir. Bu guruhga ot, sifat, son, olmosh, fe`l, va ravish kiradi. Masalan: Gul-nima?, Chol-kim?, Chiroyli- qanday?, Yuztacha-nechta? Keldi-nima qildi?.
Yordamchi so’z turkumlari - atash ma`noga ega bo’lmaydigan, faqat Grammatik ma`nolarni ifodalashga xizmat qiladigan, so’roq berib, bo’lmaydigan so’zlardir. Ular mustaqil so’zlar va ayrim gaplar orasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so’zga va gapning mazmuniga turli qo’shimcha grammatik ma`nolar qo’shadi. Yordamchi so’zlarga ko’makchi, yuklama, bog’lovchi kiradi.
Oraliqdagi so’zlar (alohida olingan so’zlar) lug’aviy ma’no bildirmaydigan, lekin ba`zan gap bo’lagi vazifasini bajaradigan so’zlardir. Ular mustaqil va yordamchi so’zlarning har ikkalasiga xos belgilarni o’zida aks ettiradi. Bularga modal so’zlar, taqlid so’zlar va undov so’zlar kiradi.
Ot so’z turkumi
Ot- shaxs, narsa ma`nolarini, shuningdek, joy nomlarini bildirib, kim?, nima?, qayer? So’roqlariga javob bo’ladigan so’zlar. Kim? So’rog’I shaxsni bildiruvchi so’zlarga, nima? So’rog’I narsa-buyumni, faoliyat-jarayonni bildiruvchi so’zlarga, qayer? So’rog’i joy nomini bildiruvchi so’zlarga beriladi. Shunga ko’ra otlar shaxs otlari, narsa-buyum otlari, o’rin-joy otlari, faoliyat-jarayon otlariga bo’linadi.
Otlar egalik, kelishik kabi so’z o’zgartirish, turli ma`no va vazifa uchun qo’lanuvchi vazifadosh shakllarga hamda o’ziga xos so’z yasalish tizimiga egaligi bilan ajralib turadi. Otlarning muhim belgilaridan biri ularning sifat, son, olmosh, ravish va fe`l distributsiyasida kelishi, ya`ni ular bilan birika olishidir: katta bino, ikkinchi kurs, barcha inson, kitob o’qimoq, ko’p odam.
Ot gapning barcha gap bo’lagi vazifasida keladi. Otning bu kabi sintaktik vazifasi uning qanday Grammatik shakldaligibilan bog’liq bo’ladi. Otning quyidagi turlari mavjud:






Turdosh otlar- bir turdagi shaxs, narsa, o’rin-joy, faoliyat-jarayon kabilarning umumiy nomlarini bildiruvchi otlar turdosh otlar sanaladi. Masalan: ota, aka, o’rtoq, kishi, ketmon, paxtazor, choyxona.
Atoqli otlar- bir turdagi shaxs, narsa, o’rin-joy, faoliyat-jarayon kabilarning umumiy nomidan ajratib olingan nomini bildiruvchi otlar atoqli otlardir. Masalan: Alisher Navoiy, Orol dengizi, Mustaqillik bayrami, OLapar, Baroq.
Shaxs otlari shaxslarni quyidagicha nomlab keladi:

  • Yoshiga ko’ra : chol, yigit,kampir, qiz

  • Yashash joyiga ko’ra: shaharlik, qishliqilik, toshkentlik

  • Kasb-koriga ko’ra: suvchi, zarga, ijodkor,kaptarvoz

  • Qarindoshlik darajasiga ko’ra: xola, amma, dada, pochcha amaki

  • Mansab-unvoniga ko’ra: rais, director, kapitan, o’quvchi

  • Ijtimoiy-holatiga ko’ra: shaoh,gado, shahzoda, malika

  • Nasl nasabiga ko’ra: xo’ja, eshon, sayid


Download 85.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling