I bob. Anonim xatlarda noadabiy grammatik unsurlarning shaxs yosh xususiyatiga ko‘ra xoslanishi
Anonim xatlarda noadabiy leksik unsurlarning voqelanish xususiyatlari va turlari
Download 144.21 Kb.
|
ANONIMIK EKSPERTIZASI
2.2. Anonim xatlarda noadabiy leksik unsurlarning voqelanish xususiyatlari va turlariShaxsiy xatlar tipida turli qo‘lyozma xatlar, sms-xabarnomalar, ijtimoiy tarmoq (Telegram, Whats up, Viber-messenger) xabarlari o‘rin oladi. Bundan tashqari, turli sharh (komment)lar ham lingvistik ekspertizada tahlil obyekti bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsiy xatning har qanday turida shaxsning muayyan xususiyatlarini ifodalovchi belgilar mavjud bo‘ladi. Bu belgilar shaxs nutqida, ayniqsa, leksik unsurlarning qo‘llanilishida yaqqol o‘z aksini topadi. Noadabiy leksik unsurlarning shaxsiy xatlarda qo‘llanilish omillari, xususiyatlari ham lingvistik ekspertizada matn avtorizatsiyasi masalasiga oydinlik kiritishga xizmat qiladi. Ingliz tadqiqotchilaridan biri T.B.Jay noadabiy leksik unsurlar har bir so‘zlovchi nutqida qo‘llanilishi mumkinligi va u pragmatik jihatdan bir-biridan farqlanishini ta’kidlaydi. T.B.Jay tadqiqotlarida noadabiy unsurlar quyidagi turlarga ajratib ko‘rsatiladi: la’nat so‘zlar (Cursing); ateistik xarakterdagi kufr so‘zlar (Blasphemy); haqorat so‘zlar (Profanity); tabular; vulgarizmlar; imo-ishora vositalari (expletives)29. Noadabiy leksik unsurlarning barcha turlari (haqorat, vulgarizm, la’nat, argo so‘zlar va boshqalar) har qanday tillarning bir qismidir30. Tadqiqotchilar P.Brown va S.Levinsonlarning fikriga ko‘ra, axloqiy me’yorlarga zid bo‘lgan leksik unsurlarning nutqda qo‘llanilishi madaniy va shaxsiy xususiyatlarga bog‘liq31. E.Goffmanning fikricha, shaxslararo muloqot noadabiy leksik unsurlarning 28Деркач С.В. Фонетические свойства гласных в спонтанной речи. – Благовещенск: АмГУ, 2014. – C. 20. 29Jay T.B. Cursing in America. – Philadelphia: John Benjamins, 1992. – P.175-180. 30Foote R. & Woodward J. A preliminary investigation of obscene language // Journal of Psychology, 83, 1973. – P. 263-275. 31Brown Penelope and Stephen Levinson. Politeness: Some Universals in Language Usage. – Cambridge: Cambridge University Press, 1978. – P. 156-167 qo‘llanilishiga motiv bo‘lgan asosiy vosita sanaladi. Ushbu vaziyatda nutq egasi ijtimoiy kelib chiqishiga muvofiq bunday so‘zlarni qo‘llaydi va aksariyat hollarda so‘kish, qarg‘ish, haqorat so‘zlarni tahdiddan himoyalanish vositasi sifatida ishlatadi32. Beebe Leslie kishilar nutqida noadabiy leksik unsurlar qasddan qo‘llanmasligini aytadi. Unga ko‘ra, bunday unsurlarning qo‘llanilishi salbiy his- tuyg‘ularning kuchayishi bilan bog‘liq holda amalga oshadi33. Locher va Vatt tomonidan esa noadabiy leksik unsurlarning qo‘llanilishi adresat va adresantning o‘zaro muloqotidagi ta’sir vositalariga bog‘liqligi asoslanadi34. Kasper muayyan noadabiy leksik unsurning shaxsga ta’sir qilish koeffitsientini baholab, aslida har qanday so‘z adresant tomonidan qanday qabul qilinishiga bog‘liq, degan fikrni ilgari suradi. O‘z fikrini asoslash maqsadida bolalar va o‘zga tilni tubdan yaxshi bilmaydigan kishilarni misol qilib keltiradi. Bolalar biror axloqsiz so‘zni salbiy ma’noda qabul qilmaydi. Ular o‘sha so‘zning mohiyatini anglash yoshiga yetganlaridagina bunday so‘zlarga nisbatan javob qaytarishi mumkin. O‘zga tilni o‘rganayotgan shaxs ham o‘ziga nisbatan ishlatilgan so‘zning tub mohiyatini tushunmaydi. Yuqorida keltirilgan tadqiqotlarda asosiy e’tibor noadabiy unsurlar sirasida haqorat, qarg‘ish, vulgarizmlarning qo‘llanilishidagi kommunikativ maqsadga qaratiladi. Albatta, noadabiy leksik unsurlarning qo‘llanilishida nutqiy vaziyat va kommunikativ maqsad ham yetakchi o‘rinda turadi. Biroq noadabiy leksik unsurlar faqat yuqoridagi birliklar bilangina chegaralanib qolmaydi. Bular sirasida argo va jargon birliklar, dialektizmlar ham o‘rin olgan. Noadabiy leksik unsurlarning qo‘llanilish xususiyati turlicha. Ushbu unsurlarning qo‘llanilishi kommunikantlar nutqining pragmatik vaziyati bilan bevosita bog‘liq. Tadqiqotchi L.Beebening fikricha, noadabiy unsurlar, xususan, vulgar unsurlarining qo‘llanilishi adresantning strategiyasiga bog‘liq. Ya’ni bunda so‘zlovchining mimikasi, ovoz 32Goffman Erving. Interaction Ritual. Pantheon. – New York, 1967. – P. 190-201. 33Beebe Leslie. Polite fictions: Instrumental rudeness as pragmatic competence. In Linguistics and the Education of Language Teachers: Ethnolinguistic, Psycholinguistic, and Sociolinguistic aspects. Georgetown University Round Table on Languages and Linguistics 1995, James Alatis, Carolyn Straehle, Maggie Ronkin, and Brent Gallenberger (eds.), 154168. Washington, DC: Georgetown University Press. tempi ham inobatga olinadi. Agarda shaxs ovozida tajovuzkorlik tempi sezilsa va mimikasi ham ayni shu holatni ifodalasa, demak, u adresantga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lganligini anglatadi. L.Beebe noadabiy unsurlarning qo‘llanilishini tashqi omillarga ko‘ra asoslaydi. Shuningdek, u pragmatik mazmunning haqorat bilan bog‘liqligiga urg‘u beradi. Biroq noadabiy leksik birliklarning qo‘llanilishini, aynan, haqorat bilan bog‘lab bo‘lmaydi. Bunday birliklar lingvistik ekspertizaning boshqa bir qator turlarida, ayniqsa, anonim matn muallifini hamda atributlarini aniqlashga qaratilgan vaziyatlar hamda ekstremistik mazmunli matnlarni baholashda muhim ahamiyat kasb etadi. Og‘zaki nutqda noadabiy unsurlarning qo‘llanilish xususiyatlarini kommunikant nutqining pragmatik mazmun yo‘nalishiga qarab aniqlash mumkin. Yozma nutqda esa bu birmuncha murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Sababi, yozma nutqda kommunikant mimikasi, ovoz tempi qanday holatda ekanligini aniqlab bo‘lmaydi. Shuningdek, shaxsiy xatlarda argo, jargon, varvarizm, vulgarizm, dialektizmlar aralash holda qo‘llaniladi. Ularning turli yosh toifasida qo‘llanilishi ham bir-biridan farq qiladi. Odatda og‘zaki nutqda qo‘llaniluvchi noadabiy unsurlar muayyan reja bilan tanlanmaydi. Ular so‘zlovchining emotsional holati bilan bog‘liq holda yuzaga chiqadi. Shaxsiy xatlar tarkibida noadabiy unsurlarning qo‘llanilishida ikki xil xususiyat kuzatiladi. Birinchidan, noadabiy unsurlar so‘zlovchi nutqida emotsional holatga muvofiq beixtiyor ravishda qo‘llaniladi. Ikkinchidan, rejali va nazoratga olingan holatda o‘z ifodasini topadi. Lingvistik ekspertizada har ikkalasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Ikkinchi holat, odatda, anonim xatlarda kommunikativ maqsadni niqoblash uchun qasddan amalga oshiriladi. Noadabiy unsurlarning qo‘llanilishini Download 144.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling