I bob. Anonim xatlarda noadabiy grammatik unsurlarning shaxs yosh xususiyatiga ko‘ra xoslanishi


Download 144.21 Kb.
bet8/8
Sana16.06.2023
Hajmi144.21 Kb.
#1495069
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
ANONIMIK EKSPERTIZASI

nevrologik, psixologik va ijtimoiy-madaniy jarayonlarning yakuniy mahsulotlari deb tushunish mumkin35.
Ingliz tilshunosi Timoy Jay noadabiy birliklarning nutqda qo‘llanilish modelini ishlab chiqadi. Unga ko‘ra inson nutqida noadabiy birliklar nevrologik,



35Jay T.B. Why We Curse. – Philadelphia: John Benjamins, 2000. – 270 p.
psixologik va ijtimoiy-madaniy omillar bilan bog‘liq. Timoty Jay modeli NPS (Neurological, psychological, social-culutural) deb nomlanib, u o‘z tadqiqotida insonlar tomonidan turli noadabiy birliklarning qo‘llanilish kontekstlarini tahlil qiladi. Olimning yondashuviga ko‘ra, har qanday qo‘pol mazmundagi noadabiy birliklar (asosan qarg‘ish, haqorat, so‘kish) yakuniy shakli ma’ruzachi psixologik rivojlanishi va u faoliyat yuritadigan ijtimoiy kontekstga bog‘liq. NPS nazariyasi nima uchun odam bir kontekstda noadabiy birlikni ishlatishi mumkin, ammo boshqasida emasligini izohlaydi. NPS nazariyasiga ko‘ra, so‘kish, qarg‘ish va la’nat bilan bog‘liq so‘zlar hech qachon tartibsiz, tushunarsiz yoki tasodifiy xatti- harakatlar emas - maqsadli va qoidalar bilan boshqariladi36.
Aslini olganda, Timoty Jay ta’kidlagan NPS nazariyasi keng mohiyatga ega. Biroq olim ta’kidlaganidek, qo‘pol mazmunga ega noadabiy birliklarning maqsadli va qoidalar bilan boshqarilishi jihati biroz munozarali. NPS nazariyasiga muvofiq, noadabiy birliklarning qo‘llanilishiga psixologik omillar ham ta’sir ko‘rsatar ekan, demak psixologik buzilishlar ham shular jumlasiga kiradi. Odatda kuchli psixologik inqirozlar, nevrologik kasalliklarni boshidan kechirgan insonlarda nutq har doim ham maqsadli tarzda amalga oshavermaydi. Shuningdek, bunday kishilar nutqi nutqiy vaziyatga muvofiq pragmatik dasturga ega bo‘lmaydi. G‘ayriixtiyoriy tarzda psixologik o‘zgarishlar va xurujlar hosilasi sifatida o‘z-o‘zidan qo‘llaniluvchi qo‘pol noadabiy birliklarni Timoty Jay ta’kidlaganidek “maqsadli va qoidalarga muvofiq” deb bo‘lmaydi.
Darhaqiqat, noadabiy unsurlarning qo‘llanilishida nevrologik xususiyat ham yetakchi o‘rinda turadi. Nevrologik omillar noadabiy unsurlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq emotsional holatlarga aloqador nevrobiologiyani o‘z ichiga oladi37. E.Kensingerva, S.Corkin fikriga ko‘ra, noadabiy unsurlardan vulgarizmlarning qo‘llanilishi chap miya yarim sharidagi tilning ishlash jarayoni, shuningdek, o‘ng



36 Jay T.B. Why We Curse. – Philadelphia: John Benjamins, 2000. – P. 14.
37Kensinger E., Corkin S. Two routes to emotional memory: Distinct neural process for valence and arousal. Proceedings of the National Academy of Sciences 101: 33103315. 2004. – P. 354-365.
miya yarimsharining emotsional holati bilan aloqador38. Noadabiy unsurlarning qo‘llanish chastotasi miyaning kognitiv nazorat qilish maydonida ijtimoiy nomuvofiqlikning nutqiy xoslanishi bilan yuzaga keladi39. Albatta, ushbu mulohazalarda noadabiy unsurlarning qo‘llanishi nevrologik omillarga muvofiq deb ko‘rsatiladi. Miyada bo‘layotgan o‘zgarishlar hosilasi nutqda o‘z aksini topadi. Nevrologik omillar ham nutqda noadabiy birlikning qo‘llanishiga aloqador. Darhaqiqat, ushbu jarayon ham muayyan noadabiy unsurning qo‘llanilishidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlashga asos bo‘la oladi. Qo‘lyozmalarda nevrologik omillarning namoyon bo‘lishi yaqqol ko‘rinadi. Bosma ko‘rinishdagi matnlarda esa buni aniqlash biroz murakkab.
Noadabiy unsurlar qo‘llanishining psixologik xususiyatlari insonning ruhiy holati bilan aloqador hamda ko‘p jihatdan shaxs ulg‘ayishi jarayonidagi tajribasi bilan bog‘liqdir. Noadabiy unsurlar qo‘llanishining psixologik xususiyati g‘azab, e’tiqod shakli, gender xoslik, og‘zaki tajovuzkorlik, o‘smirlik davri bilan aloqador40. Noadabiy unsurlarning qo‘llanilishiga suhbat mavzusi, adresat va adresant munosabatlari, yoshi, gender va hududiy xosligi, kasbi singari sotsiopragmatik omillar ta’sir ko‘rsatadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI



1.Nazariy tilshunoslik masalalari. O`quv-uslubiy qo`llanma. – Samarqand, 2021.
2.Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2017.
3.Usmonov S. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent: O`qituvchi, 1972.
4. Jamolxonov N. Hozirgi o`zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin, 2005.
5. Rahmatullayev Sh. Hozirgi adabiy o`zbek tili. –Toshkent: Universitet, 2006.
6. Nurmonov A. Struktur tilshunoslik: ildizlari va yo`nalishlari. – Toshkent: Ta`lim, 2009.
8. Tolipova J., G`ofurov A. Biologiya o`qitish metodikasi. – Toshkent, 2004.
9. Jalolov J. Chet tili o`qitish metodikasi. – Toshkent: O`qituvchi, 2012.
10.Qosimova.K,Matchonov.S.- Ona tili o`qitish metodikasi.- Toshkent : Nosir ,2009.
11.Ne`matov.H, B.Mengliyev, Hamroyeva .SH. Tilshunoslikning metodologik masalalari ,-Monografiya. Toshkent-2020.
Download 144.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling