I bob. Anonim xatlarda noadabiy grammatik unsurlarning shaxs yosh xususiyatiga ko‘ra xoslanishi
Download 144.21 Kb.
|
ANONIMIK EKSPERTIZASI
I BOB. ANONIM XATLARDA NOADABIY GRAMMATIK UNSURLARNING SHAXS YOSH XUSUSIYATIGA KO‘RA XOSLANISHI 1.1. ANONIM XATLARDA NOADABIY GRAMMATIK UNSURLARNING VOQELANISH XUSUSIYATLARI VA OMILLARI 1.2 ANONIM XATLARDA NOADABIY LUG‘AVIY SHAKLLARNING SHAXS YOSH XUSUSIYATIGA KO‘RA XOSLANISHI II BOB. ANONIM XATLARDA NOADABIY LEKSIK UNSURLARNING SHAXS YOSH XUSUSIYATIGA KO‘RA XOSLANISHI 2.1. ANONIM XATLARDA NOADABIY LEKSIK UNSURLARNING VOQELANISH OMILLARI 2.2. ANONIM XATLARDA NOADABIY LEKSIK UNSURLARNING VOQELANISH XUSUSIYATLARI VA TURLARI XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
manzili, vakolat berilish sanasi va hujjat raqami, namunalar (agar mavjud bo‘lsa, ilova qilinadi) ekspertiza o‘tkazuvchi shaxsning ism-familiyasi, ish staji, ish joyi singari ma’lumotlar aks ettirilishi lozim. Taqdim etilgan matnlar norasmiy uslubda yozilgan. Xatning uzunligi muallif identifikatsiyasi haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradi. Anonim xat A4 formatidagi qog‘ozga, oddiy ruchkada, aralash bosim (kuchli va o‘rta). Harakat liniyasi qisman o‘ngga yo‘nalgan. Matn muallifning leksik-frazeologik, sintaktik, uslubiy, imlo va punktuatsiya mahoratining o‘rta darajada rivojlanganligini aks ettiradi. Namunalarni solishtirish jarayonida aynan leksik, grammatik, fonografik xususiyatlarni taqqoslashning imkoniyati kamligi aniqlandi. Sababi 3 ta namuna mavzu va mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi. Shu boisdan tekshirish 3 bosqichda tashkil etildi: 1-bosqich: yozuvning texnik xususiyatlari, shakliy belgilarini taqqoslash; 2-bosqich: orfografik, punktuatsion va uslubiy xatoliklarni taqqoslash; 3-bosqich: anonim xatning leksik, grammatik, fonografik xususiyatlarini tahlil qilish. Yozuvning texnik xususiyatlari: kirill yozuvida, qog‘ozga yuqori bosim bilan o‘zgaruvchan harakat dinamikasida yozilgan. Anonim xatda to‘liq bitta ruchkadan foydalanilgan. Muallif haqida yaqqol xabar beruvchi daliliy ma’lumot yo‘q (imzo, ism-familiyaning qisqartma shakli va h.k.). Harflarning bajarilish ketma-ketligi barqaror emas. Punktuatsion jihatlari: tinish belgilari qoldirilgan (qasddan yoki savodxonlik darajasining pastligi, ayrim hollarda nutqni tezda yakunlashga intilish, shoshilinch holatlarda tinish belgilari qo‘yilmaydi (kuzatishlarga muvofiq. Undov belgisidan faol foydalanilgan – emotsiyalarni ifodalash, gapning mazmunini yanada bo‘rttirish maqsadida. Vergul, nuqta belgilari tushirib qoldirilgan, deyarli qo‘llanilmagan. Tinish belgilarining qo‘sh holatda qo‘llanilishi uchramaydi. Jinsi: qo‘pol so‘zlarning ishlatilishi, nutqning qisqaligi va aniqlikka yo‘nalganligi erkaklar nutq uslubiga xos. Ayollar, asosan, uzunroq jumlalardan foydalanishadi, haqorat semasiga ega so‘zlar ayollar nutqida o‘rta darajada va ketma-ketlikda qo‘llaniladi: “…san it, mol, eshak, xaromdan hazar qilmaydigan…” tarzda. Erkak kishining nutq uslubiga yaqin. Ta’lim: savodxonlikning past darajada rivojlanganligi. Matn yozuvchining yoshi: yosh xususiyatini aniqlashtirishda sifat va miqdoriy tahlil, komponent tahlil qilish, konseptual va kontekstual tahlil metodlariga tayanildi. Dastlab, matn quyidagicha komponentlarga ajratib chiqildi: 1-leksik-frazeologik jihatdan “signal” so‘zlar: ketdi, j…., anu, et, IT, xaromtovoq, gayka, laycha, terpila, is osin, kazyol, video, zapis. S…; 2-grammatik jihatdan “signal” so‘zlar: ketdi -ni qo‘shimchasining -di tarzida yozilishi, bilib qo‘ylaring buyruq-istak maylining -lar affiksi orqali tahdid, hurmatsizlik ma’nolarida qo‘llanishi, terpet qilishni adabiy me’yorga nomuvofiq valentlikning yuzaga kelishi, xatboshilarning mutlaqo yo‘qligi; 3-ifodalanish jihatdan asosiy belgilar: n harfining d tarzda ifodalanishi; q tovushi tushishi o‘rindiq; a, r tovushi tushishi -la; g tovushi tushishi gaykanga, tovushi tushishi – osin; e ning a tarzda ishlatilishi: sen-san; o‘ ning u tarzda ifodalanishi: o‘rganasan-urganasan. 4-shaqkliy jihatdan asosiy xarakterli belgilar: yozuv tempining yuqoriligi, harakat yo‘nalishining barqaror emasligi, harflarning to‘liq bog‘lanmaganligi, harflardagi elementlarning kamaytirilganligi, shakliy jihatdan qirrali yozuv. (aylanali, o‘ramli, gajakdor bo‘lishi mumkin). Nishablik qisman o‘ngga, qisman, yuqoriga. Titroqlar mavjud: r, s harflarining yozilishida. Download 144.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling