I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili


Download 289.5 Kb.
bet15/21
Sana30.04.2023
Hajmi289.5 Kb.
#1416781
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili

Affiksatsiya usuli. Bu usul bilan o‘zakka so‘z yasovchi qo‘shimchalar qo‘shish orqali yangi so‘z yasaladi. Masalan: o‘r+oq, dars+lik, sez+gir, o‘zbek+cha, tor+ay(moq), mard+ona.
So‘z yasovchi qo‘shimchalar o‘zakka qo‘shilib kelish o‘rniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: a) so‘z yasovchi ort qo‘shimchalar. O‘zbek tilida so‘z yasalishning asosini tashkil qiluvchi bunday qo‘shimchalar o‘zak-dan keyin qo‘shilib, yangi ma’noli so‘z hosil qiladi. Masalan: o‘t+loq, chiri+k, tosh+qin, ish+chan, arra+la kabilar; b) so‘z yasovchi old qo‘shimchalar o‘zak oldidan qo‘shilib yangi so‘z yasaydi. Masalan: be+tinim, no+to‘g‘ri, ba+ma’ni, ser+harakat, anti+demokratiya. old yasovchi qo‘shimchalar asosan sifat yasovchilar bo‘lib, ularning ko‘pchiligi fors-tojik tilidan kirib kelgan.
Kompozitsiya usuli. Birdan ortiq mustaqil ma’noli o‘zak morfemalarning tobelashgan holda qo‘shiluvi, birikuvi orqali yangi so‘z hosil qilinishidir. Masalan: Mirzachul, gulqand, guldasta, temir yo‘l, qaror qilmoq, ahd etmoq. Bunday yasama so‘zlar ikki yoki undan ortiq mustaqil ma’onli o‘zak morfemalar ishtirokida hosil bo‘lsa ham, yaxlitligicha bitta lug‘aviy ma’no ifodalashga xizmat qiladi. Ular tuzilishiga ko‘ra qo‘shma so‘zlar deyiladi. Kompozitsiya usuli bilan yasalgan qo‘shma so‘zlar ot, sifat, ravish va qisman fe’llarda keng tarqalgan. Ularning qismlari har xil va bir xil so‘z turkumlaridan tuzilishi mumkin. Masalan: Bel+bog‘, asal+ari, olib+chiqmoq kabilar bir xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan, qaror+qilmoq, osma+ko‘prik, tez+oqar kabilar esa har xil so‘z turkumlarning qo‘shilishidan tuzilgan.
Qo‘shma so‘zlar ham tarixiy va zamonaviyligi bilan farqlanadi. Agar qo‘shma so‘z qismlari hozirgi tilga nisbatan eskirgan yoki boshqa tillardan o‘zlashtirilgan bo‘lsa, ular qo‘shma so‘z hisoblanmaydi. Masa-lan: kechqurun, qayrag‘och, biror, odamshavanda, santimetr kabilar hozirgi tilda ma’noli qismlarga ajralmaydigan sodda so‘zlardir. Ba’zi o‘zlashgan qo‘shma so‘zlar ma’noli qismlarga ham ajralishi mumkin: fotokamera, kinoteatr, kinolenta, fotomodel kabilar shular jumlasidandir.33

Download 289.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling