I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili
Download 289.5 Kb.
|
I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili
Ishtiqoqning turlari: Ulardan birinchisi so’z yasash "الاشتقاق الصغير" deb nomlanadi. Bu tur ishtiqoqning iste’molda eng ko’p tarqalgan va sodda so’z yasash turidir. Vafiy o’z asarlarida uni "الاشتقاق العام" deb nomlagan.18
U bir so’zning ikkinchi bir so’zdan so’zlarning shakl va ma'nolari o’rtasidagi aloqalarini, tub undosh xarflarning o’xshashligi va ularning joylashish tartibini saqlab qolgan holda o’zgartirish sifatida tushunilgan.19 Ishtiqoqning bu turida bir o’zakdan yangi so’zlar hosil qilinganda, tartibi va ma’nosi saqlangan holda, shakli o’zgaradi. Misol uchun, عَلِمَ (bilmoq) o’zagidan quyidagi hosila so’zlar paydo bo’lgan. عَلّمَ – o’rgatmoq, أعْلَمَ – xabar qilmoq, تَعَلّمَ – o’rganmoq, تَعالَمَ - o’zini bilganga solmoq, استَعْلَمَ – nishonlamoq, عالِم – olim(biluvchi), مَعْلُوم - ma’lum (bilingan narsa), تَعْلِيم - bilim va hokazo. Ishtiqoqning asliy o’zak so’zi qanday bo’lishi haqida olimlar turli fikrlar bildirganlar. Ba’zilari mushtaqqotlar fe’ldan yasaladi desalar, ba’zilari ismdan ishtiqoq qilinadi deganlar va o’z so’zlariga dalillar keltirganlar. Mushtaqqotlar – bir o’zakdan hosil bo’lgan yangi so’zlar deganidir. Biz yuqorida ularni “hosila so’zlar” nomi bilan atagan edik. Aksar olimlar ishtiqoqning asli masdar deyishadi va bunga dalil tarqasida o’tgan zamon fe’li muayyan vaqtga ishora qiladi. Masdar esa, zamoni mutlaqda turadi , shu sababli ishtuqoqda asliy so’z masdar deb hisoblaydilar. 20 Ism ikki qismga bo’linadi: 1. Ismi jomid. 2. Ismi masdar. Ismi jomiddan hech narsa ishtiqoq qilinmaydi. Masalan: رجل –kishi فرس - ot kabi. Ismi masdardan esa bir necha narsa ishtiqoq qilinadi. Masdarning o’zbek tilidagi ma’nosiga ( -moq, -ish ) qo’shimchasi qo’shiladi. Muhammad al- Hazimiy o’zining “ الاشتقاق تعرفه و انواعه “ kitobida bu turda masdardan yasalgan hosila so’zlarni o’n turga bo’lgan . Sunnatulloh Bekpo’lat esa, o’zining "Mabdaus sarf” kitobida o’n ikki turga bo’lgan: Fe’li moziy-o’tgan zamon fe’li; Fe’li muzoriy- hozirgi va kelasi zamon fe’li; Ismi foil- ish bajaruvchisi; Ismi maf’ul- qilingan ish nomi yoki qilinmish ish; Fe’li jahd- o’tgan zamon inkor fe’li; Fe’li nafiy- faqat kelasi zamon inkor fe’li; Fe’li amr hozir –buyruq fe’li; Fe’li amr g’oib –lomlik buyruq fe’li; Fe’li nahiy – buyruq fe’lining inkori; Ismi zamon va makon – ish bajariladigan vaqt va joy; Ismi olat – ish bajaruvchi qurol va uskuna; Ismi tafzil –ortiqroq ish bajaruvchi.21 Arab tiliga o’zlashgan so’zlardan ham yangi so’zlar hosil qilinadi. Misol uchun, درهم -dirham so’zidan, دَرْهَم - fe’li, فهرس – mundarija so’zidan, فَهْرَسَ fe’li hosil qilingan. Bu turda turli xil so’z yasash usullari bor bo’lib, ularni quyidagi misollar orqali ko’rib chiqamiz. 1. Vaqtga nisbatan o’sha vaqtda sodir bo’lgan ish-harakat fe’li yasalishi mumkin. صيف - yoz, أصَافَ- yoz kirdi, خريف – kuz, أخْرَفَ - kuz kirdi va hokazo. 2. Sanoq sonlardan yangi so’zlar yasalishi yasalishi mumkin: ثلاثة – uch, ثَلِثَ -uchinchi bo’lmoq, ثَلّث - uch hissa oshimoq, ثُلْث - uchdan bir va hokazo. 3. Taqlid so’zlardan yangi so’zlar hosil qilinishi mumkin: agar tuyasini ja-ja deb chaqirsa, جَأْجأ -deyiladi, agar cho’pon qo’ylarini fa- fa deb haydasa, فأفأ - deyiladi. Huddi o’zbek tilida it vovulladi, qo’y ma’radi, kabutar g’ug’uladi degani kabi. الاشتقاق الصغير turida yangi so’z hosil qilinganda ma’no va harflarning tartibi saqlangan holda, harakat va mad harflar o’zgarishi, orttirilishi yoki tushib qolishi mumkin. Muhammad al- Hazamiy “ Al- ishtiqoq ta’rifuhu va anva’uhu” kitobida bunday o’zgarishlarning adadini o’n beshtaga yetkazgan. Quyidagi misollar orqali ularni ko’rib chiqamiz:22 Harakatlarning o’zgarishi: عَلِمَ - عِلْم kabi, Cho’ziq harfning orttirilishi: طَلَبَ - طالِب kabi, Ham harakat o’zgarishi, ham cho’ziq harfning orttirilishi: ضَرَبَ - ضارِب Harakatning tushib qolishi: فَرْس - فَرَس kabi, Cho’ziq harfning tushib qolishi : ثبت - ثِبات kabi, Ham harakat, ham cho’ziq harfning tushib qolishi: نزوان – نزا kabi, Harakatning tushib qolishi,cho’ziq harfning orttirilishi:غضب- غضبى kabi, Cho’ziq harfning tushib qolishi, harakatning orttirilishi:حرمان - حرم kabi, Ham harakat , ham cho’ziq harfning tushib qolishi va orttirilishi: ناقة– استنوق kabi, Ikkita harakatning o’zgarishi:بَطِرَ - بَطَراً kabi, Harakatning tushib qolishi va harakatning tushib qolishi: إضْرِب - الضَرْبُ Cho’ziq harfning tushib qolishi va boshqa harfning orttirilishi: راضِع – الرَضَعَة kabi, Cho’ziq harfning tushib qolishi , harakat va boshqa harfning orttirilishi: خاف - خَوْف kabi, Harakat va harfning tushib qolishi va harakatning orttirilishi:وَعْد- عِد kabi, Harakat va harfning tushib qolishi boshqa harfning orttirilishi: فاخَرَ – فِخار kabi. Download 289.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling