I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili


II-bob. Arab va o’zbek tilida so’z yasalishi usullari


Download 289.5 Kb.
bet10/21
Sana30.04.2023
Hajmi289.5 Kb.
#1416781
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Bog'liq
I-bob. Arab va o’zbek tilida so’z o’zagining qiyosiy tahlili

II-bob. Arab va o’zbek tilida so’z yasalishi usullari


    1. Arab tilida so’z yasalish usullari.

Ishtiqoq – arab tilining eng muhim va asosiy ilmlardan biridir. Ibn Jinniy o’zining “Al-xosois” kitobida ishtiqoq haqida shunday deydi: “ Ma’nosi va tarkibi bir- biriga bog’liq holda, bir so’zdan boshqasini hosil qilishdir. Faqat shaklan o’zgaradi.14
Ishtiqoq – ikki shaklning bir ma’noda davom etishidir. Bir so’zni boshqasidan ma’no jihatdan bo’g’liq, shakl jihatdan o’zgargan holda hosil qilishdir. Bunda so’zning asliy ma’nosiga boshqa ma’nolar qo’shimcha qilinadi.15
So’z yasash deganda tilda mavjud bo’lgan leksik va grammatik elementlarni bir-biriga qo’shish, moslashtirish orqali yangi so’zlarni xosil qilish tushuniladi. Boshqa so’zlardan ularning negizlari tuzilishiga bog’liq bo’lmagan holda hosil qilingan so’zlar “hosila so’zlar” deb ataladi. Uch harfli o’zakli bo’lgan arabcha yangi hosila so’zlarning ko’pchilik qismi kengaytirilgan asosga, to’rt harfli o’zak-
lilari esa sodda asosga ega. So’z yasalish munosabatlari - bu grammatik emas, balki leksik xodisadir. Arab tilida so’z yasash “ishtiqoq” deb ataladi. Arab tili bu borada eng sermahsul va jahon tillari ichida ishtiqoq qonuniyatlari boyligi nuqtai nazaridan barchasidan ajralib turishi ajab emas.16
“Ishtiqoq “ so’zi lug’atda ishlab chiqarmoq ma’nosini anglatadi. Istilohda esa, bir o’zakdan boshqa so’zlarni hosil qilish tushuniladi.
“Al-ishtiqoq” atamasi ikki xil turli ma’noga ega bo’lgan. Birinchi holda so’zning ma’nosini talqin qilish, uning kelib chiqishini aniqlash, uning so’z o’rni bilan yagona o’zak orqali birlashtirilgan, genetik aloqalarni aniqlash maqsadlarida so’zning o’zak asosini aniqlash nazarda tutilgan. Mazkur terminning keyinchalik boshqa ma’noda qo’llanilishi esa to’g’ridan-to’g’ri yangi leksik ma’noli yangi so’zlarni hosil qilish bilan bog’liq bo’lib, "so’zning ikkinchi bir so’zdan so’z yasovchi va hosilaning o’rtasidagi shakl va ma’no jihatdan aloqalarini saqlab qolgan yasalishini anglatgan ”.
Zujajiy o’zining “Al-ishtiqoqu asmaillahi Ta’ala“ kitobida ishtiqoqning bir-biriga bog’liq bo’lgan to’rtta aloqasini bayon qilib, sanab o’tgan: 17

  1. Vazn. 2. Shakl. 3. Asli . 4.Ma’nosi.

Birinchi marta Ibn Jinniy asarida berilgan ushbu keng ta’rif so’z yasalishining to’rt turini belgilash uchun nazariy asos sifatida xizmat qiladi.

Download 289.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling