I bob. Arxeologiya fani. Dalvarzintepa arxeologiyasi
II BOB. DALVARZINTEPA ARXEOLOGIK YODGORLIGINING ETNOGRAFIK MATERIALLARI
Download 1.6 Mb.
|
DALVARZINTEPA ARXEOLOGIK YODGORLIGINING ETNOGRAFIK MATERIALLARI
II BOB. DALVARZINTEPA ARXEOLOGIK YODGORLIGINING ETNOGRAFIK MATERIALLARI
2.1 Dalvarzintepa arxeologik yodgorliklari O‘zbekiston san'atshunoslik ilmiy tadqiqot in-tining san'atshunos-lik ekspeditsiyasi Dalvarzintepada 1962 y. dastlabki tekshiruv ishlarini va 1967 yildan buyon muntazam arxeologik qidiruv ishlarini olib boradi. Dushanba sh.da «Kushonlar davrida Markaziy Osiyo» mavzuida o‘tgan xalqaro simpoziumi (1968) da ekspeditsiya topilmalari (haykallar, kulolchilik buyumlari, shahar mudofaa inshootlarini o‘rganish natijalari va h.k.) asosida Kushon podsholigining dastlabki poytaxti Dalvarzintepa o‘rnida bo‘lgan, degan faraz oldinga surilgan edi. Mil.av. 2-a. oxiri-1-a.larda hoz. Dalvarzintepa o‘rnida kichik manzilgoh paydo bo‘lgan. Kushon podsholaridan Kanishka davrida Dalvarzintepa shahar sifatida shakllangan. Mil. av. 1-a. oxiri- mil. boshlarida Shim. Baqtriya hududida Dalvarzintepadan boshqa bunchalik yirik shahar manbalarda qayd etil-magan. Shahar hududida uni bir qancha mahallalarga ajratgan shohko‘chalar, shu-ningdek, torko‘chalar bo‘lgan. Kengligi 12 m.ga yaqin shoh ko‘chalardan biri badavlat fuqarolarning uylaridan ikkitasiga (dala belgisi: DT-5 va DT-6) borib takaladi. 1972 y. ekspeditsiya shu uylarning biridan vazni salkam 36 kg chamasi keladigan oltin bezaklardan va yombilardan iborat noyob xazinani va fil suyagidan ishlangan, dunyoda eng qad. bo‘lgan shax-mat donalarini topdi (q. Dalvarzintepa xazinasi). Badavlat fuqarolarning mahallasidan tashqari shaharda, arkka (qo‘rg‘onga) yaqin yerda hunarmandlar va kulollarning uylari joylashgan. Shu yerda ko‘p xonali uy, kulolchilik buyum-larini quritish may-donchasi va11 xum-don ochildi. Qad. sharobpazlar yashab, ishlagan uylar va musallasxonalar shaharning qarshi tomonida joylashgan. Dalvarzintepaning shim.-g‘arbiy qismidan Kushon ma'budalaridan biriga bag‘ishlangan ibodatxona topilgan. Shahar devori tashqarisida esa budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan daxma topildi. Asosiy shohko‘chalardan biri o‘tgan shahar markazida budda majmuasi- ulug‘vor haykallari bo‘lgan ibodatxona qad ko‘targan (dala belgisi: DT-25). Mil. 3-a. oxiri- 4-a. boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgandan keyin Dalvarzintepa vayron kilinib hayot faqat uning bir qismidagina (hoz. qal'a(hisor) shoh saroyi o‘rnida) saqlanib kelgan. Arablar istilosidan so‘ng shahar batamom vayron kilinib, hayot Dalvarzintepadan 10 km chamasi sharqtsa, Budrochtepa o‘rniga ko‘chgan. 1989 y. Dalvarzintepani o‘rganishda yangi bosqich bo‘ldi- O‘zbekistan san'atshu-noslik ekspeditsiyasi b-n Yaponiyaning Tokiodagi Soka un-ti va Kashixarada-gi Arxeologiya in-tining prof. Kyud-zo Kato rahbarligidagi ekspeditsiyasi qamkorlikda ish olib borishmoqda16. Markaziy Osiyo buddaviylik tarixini o‘rganish, buddaviylik personajlari iko-nografiyasi, shaqarsozlik jarayonining o‘ziga xos jihatlari va qonuniyatlari, davlatchilikning shakllanishi, Buyuk ipak yo‘li izlari, Kushonlar davrida-gi diniy e'tiqodlarning o‘zaro ta'siri va ular Baqtriya-Toxariston san'atida aks ettirilishi yapon va o‘zbek olimlari oldidagi eng dolzarb ilmiy muammolar qatorida turadi. Ilk temir davri tarixiy-madaniy jarayonlari. Etno-madaniy migrasiyalar. Eron, Kavkazorti va O’rta Osiyo hududlarida qadimgi davlatlarning shakllanishi. Shaharlar. O’rta Osiyoning temir davri tavsifi O’troq dehqonchilik markazlari va ularning xususiyatlari. qadimgi shahar shaklidagi manzilgohlar (Yozdepa, Afrosiyob, Ko’ktepa, Uzunqir, Yerqo’rg’on, Qiziltepa, Dalvarzintepa, Ko’zaliqir, Gyaurqal’a va boshqalar) Qurilish va me’morchilik. Mil. av. I ming yillikning birinchi yarmiga oid Skiflar madaniyati. Kamensk shahar xarobasi. Qozoqistonda Tosmoli madaniyati. Orolbo’yi saklarining moddiy madaniyati. Antik davri ijtimoiy-siyosiy munosabatlari. O’rta Osiyoning antik davri davlatlari. Madaniy-tarixiy viloyatlarning yirik shahar markazlari. Dalvarzintepa, Afrosiyob, Yerqo’rg’on, Gyaurqal’a, Niso, Tuproqqal’a, Qozoqliyotgan, va boshqalar). Sirdaryo havzasi o’troq dehqonlari va chorvador qabilalari, Kanka va O’tror. Sharq ellinizmi va shaharsozlik, me’morchilik va moddiy madaniyatda namoyon bo’lishi. Chirikrabot va Babushmulla madaniyatlari. Antik davrida Farg’ona.. Qurilish va me’morchilik. Ixtisoslashgan ishlab chiqarish (kulolchilik, metallar ishlab chiqarishi, to’qimachilik, zargarlik) San’at (haykaltaroshlik, haykalchalar va rang-tasvir). Torevtika. Antik davri madaniyati ahamiyati. O’rta asrlar Ilk o’rta asrlar davri ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari Yer egaligi munosabatlarining qaror topishi. Yirik feodal davlatlari (Hazar va Turk hoqonliklari) O’rta Osiyo ilk o’rta asrlar davrida.O’rta Osiyoda kichik feodal davlatlarning qaror topishi. Dehqonchilik markazlari. Yirik shaharlar (Marv, Buxoro, Samarqand, Panjikent, va boshqalar) va manzilgohlar. Qurilish va me’morchilik. Hunarmandchilik turlari. (kulolchilik, metallarga ishlov berish, to’qimachilik, zargarlik). Haykaltaroshlik, haykalchalar va rang-tasvir. Rivojlangan va so’nggi o’rta asrlar moddiy madaniyati xususiyatlari Qadimgi va o’rta asrlar davri tarixini o’rganishda arxeologiya fanining ahamiyati. XIX asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyo Rossiya tomonidan bosib olindi. Juda qadim zamorlardayoq g’oyat taraqqiy topgan, o’rta asrlarda esa dunyoda eng madaniy, arxeologiya nuqtai nazaridan qimmatli bo’lgan O’rta Osiyo shaharlarini qazish juda murkaab va qiyin ish edi. Avval boshda arxeologik qidirish ishlari bilangina chegaralanishga to’g’ri keldi. N.I.Veselovskiy O’rta Osiyoda bu ishlarni muvaffaqiyatli o’tkazdi. U qidirish jarayonida sharqiy elmen podsholiklarining shaharlarini topdi. Bungacha bunday shaharlarni hyech kim hyech qayerda topolgan emas edi. XX asr boshlarida V.L.Vetkin ko’p yillar davomida qazishlar qilib, jahonning eng muhim va qadimgi madaniy markazlaridan biri bo’lgan Samarqand arxeologiyasini yaratdi. Arxeologiya A.V.Arsixovskiyning tarifiga kishilik o’tmish tarixini moddiy manbalar asosida o’rganuvchi fan bo’lsada bu ta’rif mazkur fanning mazmunini to’liq ifodalab bera olmaydi. M.Ye.Massonning arxeologiya tarixning bir sohasi bo’lib, kishilik jamiyati o’tmishi va faoliyatini xilma-xil izlarga, aksariyat hollarda, moddiy yodgorliklarga, imkoniyat bo’lgan joylarda esa yozma manbalarga, til, etnografiya, geologiya tuproqshunoslik, antropolgiya zoologiya botanika va boshqa fanlar yutuqlariga tayanib o’rganuvchi fandir degan ta’rifi to’g’riroqdir. Arxeologik ekspedisiya deyilganda viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqa joylarda moddiy madaniyat yodgorliklarini dala tadqiqot yo’li bilan o’rganish usuli tushuniladi. Arxeologik ekspedisiya va otryadlarning ish uslubi uch pog’onali bo’lib, arxeologik qidiruv, sinov va qazish ishlarini amalga oshirishdan iborat. Uning vazifasi yodgorlikning paydo bo’lgan davri, qancha yashagani inqirozga yuz tutishi va boshqa xususiyatlarini aniqlashdan iborat. Arxeolog yodgorlikni qazir ekan madaniy qatlamga duch keladi. Madaniy qatlam deyilganda – insoniyatning turmushi, xo’jaligi va g’oyaviy faoliyatining izlari saqlanib qolgan tuproq qatlami tushuniladi. Arxeologik yodgorliklar bir yoki bir necha o’n madaniy qatlamdan iborat bo’lib, ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30-35 metrgacha borishi mumkin. Madaniy qatlam yodgorlikada shurf tashlash keng ko’lamdagi qazish ishlari natijasida aniqlandi. Shur aslida nemischa so’z bo’lib, o’zbek tilida qazilmoq degan ma’noni bildiradi. Shurf solish deyilganda yodgorlikdagi dastbalki qazish ishlari tushunilib, asosiy maqsad yodgorlik haqida dastlabki ma’lumot olishdir. Shurf ko’pincha kvadrat, to’g’ri to’rtburchak shaklida bo’lib, chuqurligi va kengligi madaniy qatlamga qarab har xil bo’lishi mumkin. Qazish natijasida madaniy qatlam to’la ochilib inson faoliyatining izlari bo’lmagan joygacha kovlab tushiladi. Arxeologiyada u ―materik‖ – bezovta qilinmagan yer deb ataladi. O’rta Osiyodan topilgan arxeologik manbalarni shartli ravishda ikki turga bo’lish mumkin. 1. Tabiiy manbalar – inson va hayvon suyaklari, o’simliklar qoldig’i va geologik qatlamlar bo’lib, uni asosan zoologlar, botaniklar, geologlar o’rganadi. 2. Inson tomonidan yaratilgan manbalar – mehnat qurollari, yarog’ aslahalar, sopol idishlar, san’at va zeb-ziynat buyumlari, qoyatosh rasmlari, yozuv va yozma manbalar va hokazo. Odamlar yasagan joylar – ibtidoiy makonlar. Qishloq va shahar xarobalari, qoyatosh rasmlari, istehkomlar, ibodatxonalar, qadimgi sug’orish inshootlari arxeologik yodgorliklar deb ataladi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling