I bob. Arxeologiya fani. Dalvarzintepa arxeologiyasi


Dalvarzintepa arxeologik yodgorligining etnografik materiallari


Download 1.6 Mb.
bet7/8
Sana04.02.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1157051
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
DALVARZINTEPA ARXEOLOGIK YODGORLIGINING ETNOGRAFIK MATERIALLARI

2.2 Dalvarzintepa arxeologik yodgorligining etnografik materiallari
Kushon imperiyasi davrining (eramizning I-IV asrlari) yodgorliklari orasida Termizdan 60 km uzoqlikda Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumanida joylashgan qadimiy Dalvarzintepa shaharchasi alohida o‘rin egallaydi. Ushbu obyektni batafsil o‘rganish 1967 yilda tarixchilar Galina Pugachenkova va M.E. Masson tomonidan boshlangan. Qadimgi shaharning shimoliy qismida Baqtriya maʼbudasi ibodatxonasi va noyob rasmlar topilgan. Mazkur hududda miloddan avvalgi I asrning boshlarida barpo etilgan budda ibodatxonasining xarobalari topilgan, bu O‘zbekistondagi eng qadimgi buddaviylik binosi hisoblanadi. Kushon imperiyasi davrida bu yerda shaharlar, tumanlar va turar-joylar gullab-yashnagan.
1972 yilda qadimgi shaharchaning ko‘chalari o‘rganilayotganda uy deb taxmin qilinayotgan binolardan birida og‘irligi 36 kg bo‘lgan oltin buyumlar xazinasi topilgan. O‘zining ilmiy ahamiyatiga ko‘ra Dalvarzin xazinasi Britaniya muzeyida saqlanayotgan mashhur Amudaryo xazinasidan qolishmaydi.
Ushbu joyda olib borilgan qazish ishlari davomida fil suyagidan yasalgan turli xil buyumlar topilgan, ular orasida dunyoda eng qadimgi shaxmat donalari (eramizning 1-2 asrlari), qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik buyumlari, tangalar va Yunon-Baqtriya davriga oid nozik sopol buyumlar alohida o‘rin egallaydi17. 1972 yili Darvarzin shaharchasida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari mobaynida eramizning I asriga tegishli dalvarzin tumanining tarixdagi eng yirik — 36 kg.ga yaqin oltin buyumlar qazilmasi topilgan. Dalvarzin xazinasi o‘zining ilmiy ahamiyatiga ko‘ra mashhur hozirda Britaniya muzeyida saqlanayotgan amudaryo xazinasidan qolishmaydi. kushoniylarning qimmatbaho buyumlari butun Markaziy Osiyo chegarasida ilk bor topilganligi bilan birga, arxeologik qatlamiga ko‘ra juda nafis hamdir.

Dalvarzintepa xazinasi
Qazilma vaqtida, shunnigdek, fil suyagidan yasalgan ko‘plab buyumlar ham topilgan, xususan, eng qadimiy shaxmat donachalari (eramizning I-II asrlariga tegishli), ishlov berilgan toshdan yasalgan buyumlar, mis tangalar, qimmatbaho toshlardan terilgan munchoq, hamda yunon-baqtriya davriga tegishli ingichka shisha.
Topilmalar ichida musiqachilar haykalchalari katta qiziqish uyg‘otadi, zero shu davrlarda yashab o‘tgan odamlarning musiqaga bo‘lgan qiziqishining namunasidir. U vaqtlarning musiqiy asboblari orasida kalta udni uchratish mumkin. Musiqachilarning (o‘tirish) holatidan ellinik Yunoniston an’analari sezilib turadi. Musiqachining qizg‘ish-jigar rang asbobi baqtriya arfasini, O‘rta Sharqda juda hurmatga sazovor bo‘lgan “osmon musiqasini” yodga soladi.
Dalvarzintepa – arxeologik turizm maskaniga aylanmoqda: O‘shanda taniqli arxeolog olim Bahodir Turg‘unov qazish ishlarini olib borayotganida 115 xil tilla buyum joylangan sopol ko‘zaga duch kelgan. Gardish buyumlar, quyma yombilar, erkak va ayollarning turli taqinchoqlaridan iborat javohirotda feruza ko‘zli, zarhal iplardan ishlangan nafis marjonlar ham joy olgan. Bu zebu-ziynatlar antik dunyo zargarlik san’atining noyob namunasi sifatida hozir ham o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan.

Sho‘rchi tumanidagi qadimiy tepalik Kushonlar davri madaniyati saqlanib qolgan noyob yodgorlik sifatida jahonga tanilgan. Dalvarzintepani dunyoga tanitishda yaponiyalik taniqli qadimshunos olim Kyudzo Katoning ham alohida xizmati bor. Ko‘p yillar bu yerda arxeologik tadqiqot ishlarini olib borgan hassos arxeolog Kushon podsholigi davriga oid ko‘plab asori-atiqalarni topib, ularni ilmiy jihatdan o‘rgandi. Buyuk o‘tmishimizning nafis qirralarini, jahonga keng tarannum etish va avlodlarga yetkazishga munosib hissa qo‘shdi.


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 27 maydagi «Surxondaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori tarixi uzoq-uzoq o‘tmishga borib taqaladigan Dalvarzintepani sayyohlik makoniga aylantirishning yangi yo‘nalishlarini belgilab berdi.

– Bu vazifalarni amalga oshirish Dalvarzintepa o‘z bag‘riga chorlayotgan sayyohlar uchun qulay sharoitlar yaratishi bilan ham ahamiyatli bo‘ldi, – deydi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, yosh arxeolog Z.Alimardonova. – Hudud obodonlashtirilib, infratuzilmasi yanada yaxshilanadi. Keng, ravon yo‘llar barpo etiladi. Kyudzo Kato yashab, faoliyat olib borgan hovliga tutash xonadonlarda mehmon uylari, choy tayyorlash marosimi xonalari, yapon uslubida tamaddixona va savdo nuqtalari tashkil etiladi. Arxeologik yodgorlik muzeylashtiriladi. Zamonaviy sanitar-gigiyenik shoxobchalar, tomosha maydonlari, so‘qmoqlar va tungi yoritgichli chiroqlar tashkil etiladi.
Kushon podshohligining ilk poytaxti bo‘lgan Dalvarzintepa yodgorligida tadqiqot maydonlarini kengaytirish, Kyudzo Kato uy muzeyini barpo etish ham rejalashtirilgan. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi mutasaddilari yodgorlik joylashgan hududda bo‘lib, mazkur hujjatning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga tushuntirdi. Bu yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘tgan yili mahalladagi 43-umumta’lim maktabiga yaponiyalik hassos professor Kyudzo Kato nomi berilib, buyuk qadimshunosning noyob topilmalari o‘rin olgan muzey tashkil etildi. Ayni paytda qadimshunos yashagan hovlini ta’mirlab, uning hayotini aks ettiruvchi uy muzeyiga aylantirish bo‘yicha loyiha ishlari olib borilmoqda. Avtoturargoh va sanitariya-gigiyena shoxobchasini qurish uchun yer maydonlari ajratildi. 43-umumta’lim maktabini yapon usulida mukammal ta’mirlash yuzasidan loyiha-smeta hujjatlari tayyorlanayotir. Ushbu ta’lim muassasasi negizida Kyudzo Kato nomidagi yapon va ingliz tillarini chuqur o‘rganishga ixtisoslashtirilgan «Yosh arxeologlar» maktabining nizomi tayyorlanib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish choralari ko‘rilmoqda.
Mahalliy va xorijlik qadimshunoslar Dalvarzintepada qariyb oltmish yildan buyon arxeologik tadqiqot olib borib, bu yerda qadimgi shahar zodagonlari uylari, ishlab chiqarish inshootlari, shu jumladan kulol ustalar mahallasi va xumdonlar, diniy inshootlar, shaharning buddaviylik ibodatxonalari, mudofaa istehkomlarini atroflicha o‘rgangan. Ko‘plab arxeologik ashyoviy manbalar jumladan, yuksak did bilan yaratilgan badiiy san’at namunalari, badiiy metall buyumlar va hunarmandchilik namunalarini topishgan. Budda ibodatxonasining qoldiqlari, buddaning boshi, qimmatbaho fil suyagidan tayyorlangan shaxmat donalari, gipsdan ishlangan nafis haykallar, mis tangalar, mis ko‘zgular, fil suyagidan tayyorlangan taqinchoqlar, shoshqol o‘yin donalari singari topilmalar bu makonning qadimdan go‘zal shahar va qasrlarga ega madaniyat, san’at, tijorat rivojlangan hudud bo‘lganini jonli hikoya qiladi.

Mamlakatimizning boy o‘tmishidan so‘zlovchi bu yodgorlikda joriy yildan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar Dalvarzintepani dunyo ahlini maftun etadigan arxeologik turizm maskaniga aylantirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘lmoqda.18
XULOSA
Etnoarxeologiya – XX asrda arxeologiya va etnografiyaning integratsiyalashuvi natijasida vujudga kelgan va rivojlangan, jamiyat va insoniyat madaniyatining genezisi va dinamikasi boʻyicha qator muammolarni hal qilishga moʻljallangan ilmiy yoʻnalish (yoki hatto alohida rivojlanayotgan fan), shuningdek, ushbu muammolarning arxeologik va etnografik ko'rinishining konjugasiyasiga asoslangan turli xronologik davrlarning elementlari. Va bu yo'nalishning qisqacha ta'rifi: etnoarxeologiya - madaniyat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimlarning bo'limi, ularning arxeologik va etnografik bilimlarini birlashtiradi.
Etnoarxeologiya ta'rifini ishlab chiqishga bunday yondashuvning asosi insoniyatning umumiyligi "... o'ziga xos madaniy xilma-xillik, mozaika, lekin tuzilish va o'zini o'zi tashkil etishga intilish, ob'ektiv mavjud bo'lganlarning uzluksizligi" degan uslubiy pozitsiyadir. va jamiyat va madaniyatning alohida elementlari”.
Shu nuqtai nazardan, etnoarxeologik bilimlarning ma'nosi arxeologik va etnografik voqelikdagi sotsial-madaniy hodisalarning tuzilishi va tizimli tashkil etilishi (tuzilishi va tizimining ko'rinishi) jarayonlarini bilishdir. Oxir oqibat, hamma narsa sotsiallik, jamiyat, jamiyatni izlash, qayta qurish, loyihalash va o‘rganish, ularning munosabatlarini madaniy osori-atiqalarga mos ravishda tashkil etish, boshqacha aytganda, ijtimoiy-madaniy voqelik modellari va ularning dinamikasini aniqlash va o‘rganishga to‘g‘ri keladi.
Shu yerda ko’p xonali uy, kulolchilik buyumlarini quritish maydonchasi va 11 xumdon ochildi. Qadimgi sharobpazlar yashab, ishlagan uylar va musallasxonalar shaharning qarshi tomonida joylashgan. Dalvarzintepaning shimoliy-g’arbiy qismidan Kushon ma’budalaridan biriga bag’ishlangan ibodatxona topilgan. Shahar devori tashqarisida esa budda ibodatxonasi va aslzodalar dafn etilgan daxma topildi. Asosiy shohko’chalardan biri o’tgan shahar markazida budda majmuasi — ulug’vor haykallari bo’lgan ibodatxona qad ko’targan (dala belgisi: DT-25). Milodiy 3-asr oxiri — 4-asr boshlarida Kushon podsholigi eftaliylar tomonidan zabt etilgandan keyin Dalvarzintepa vayron kilinib hayot faqat uning bir qismidagina (hozirgi qal’a (Hisor) shoh saroyi o’rnida) saqlanib kelgan. Arablar istilosidan so’ng shahar batamom vayron qilinib, hayot Dalvarzintepadan 10 kilometr chamasi sharqda, Budrochtepa o’rniga ko’chgan. 1989 yil Dalvarzintepani o’rganishda yangi bosqich bo’ldi — O’zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi bilan Yaponiyaning Tokiodagi Soka universiteti va Kashixaradagi Arxeologiya institutining professor Kyudzo Kato rahbarligidagi ekspeditsiyasi hamkorlikda ish olib borishmoqda. Markaziy Osiyo buddaviylik tarixini o’rganish, buddaviylik personajlari ikonografiyasi, shaharsozlik jarayonining o’ziga xos jihatlari va qonuniyatlari, davlatchilikning shakllanishi, Buyuk ipak yo’li izlari, kushonlar davridagi diniy e’tiqodlarning o’zaro ta’siri va ular Baqtriya-Toxariston san’atida aks ettirilishi yapon va o’zbek olimlari oldidagi eng dolzarb ilmiy muammolar qatorida turadi.



Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling