I bob. Arxeologiya fani. Dalvarzintepa arxeologiyasi
Download 1.6 Mb.
|
DALVARZINTEPA ARXEOLOGIK YODGORLIGINING ETNOGRAFIK MATERIALLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining obekti
Kurs ishi vazifalari: Maʼlumki, “xalq” tushunchasi bir necha maʼnoga ega. Baʼzan oddiy tilda bir toʼp kishilarni yoki avomni xalq desak, baʼzan bir necha elat va millatlardan tashkil topgan davlat yoki mamlakat aholisini ham xalq deb ataymiz. Аslida “xalq” soʼzi arabcha “yaratmoq” demakdir. Lekin oʼzbek tilida bu soʼz muayyan ijtimoiy tarixiy birlikni anglatadi. Etnografiyada xalq maʼnosida “etnos” atamasi qoʼllaniladi. Etnoslar muayyan tarixiy davrning mahsuloti sifatida ayrim shaxs yoki kishilarning istagi bilan emas, balki obʼektiv tarixiy zaruriyat natijasida yuzaga keladi va rivojlanadi. Shuning uchun ham etnoslarning joylanishini, ularning mazkur mintaqa tubjoy aholisi (avtoxton yoki aborigen) ekanligini yoki boshqa yerdan koʼchishi (migratsiya) natijasida kelganligini aniqlashda etnograflar paleoantropologik maʼlumotlardan foydalanadilar. Ularning qaysi irqqa oid ekanligini aniqlashda antropologiya fani yordam beradi. Etnografiya “sof” irqlarni emas, balki tarix taqozosi bilan oʼzaro yaqinlashgan ijtimoiy birliklarni oʼrganadi. Аntropologiya esa u yoki bu xalqning, etnik birlikning jismoniy qiyofasini tipologik asosda tadqiq qiladi.
Milliy mustaqillik xalqimiz tarixida yangi uyg’onish davrini boshlab berdi. Rus chorizmi va totalitar tuzum illatlari va tazyiqidan xolos bo’lib, o’tmish tariximizni, ajdodlarimizning boy ilmiy-madaniy merosini yangicha ruh iftixor va shijoat bilan xolisona o’rganishga kirishdik. Barcha jabhada bo’layotgan islohotlar singari ma'naviy hayotimizda ham chukur hamda yangicha tafakkur asosida keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Birinchi prizidentimiz tarixchilar oldiga quygan eng dolzarb va ustivor vazifalar – milliy davlatchiligimiz tarixi va o’zbek xalqining etnogenezini tadqiq etishda etnografiya (etnologiya)- elshunoslik (xalkshunoslik) fanining o’rni beqiyosdir. Etnografiya va enoarxeologiya ko’p qirrali ijtimoiy fan bo’lib, uning asosiy tadqiqot ob'yekti millatlar, xalqlar va elatlar (etnoslar) hisoblanadi.1 Kurs ishining ob'ekti. Arablar istilosidan soʻng shahar batamom vayron kilinib, hayot D.dan 10 km chamasi sharqsa, Budrochtepa oʻrniga koʻchgan. 1989 y. D.ni oʻrganishda yangi bosqich boʻldi — Oʻzbekistan sanʼatshunoslik ekspeditsiyasi bilan Yaponiyaning Tokiodagi Soka universiteti va Kashiharadagi Arxeologiya institutining prof. Kyudzo Kato rahbarligidagi ekspeditsiyasi qamkorlikda ish olib borishmoqda. Markaziy Osiyo buddaviylik tarixini oʻrganish, buddaviylik personajlari ikonografiyasi, shaqarsozlik jarayonining oʻziga xos jihatlari va qonuniyatlari, davlatchilikning shakllanishi, Buyuk ipak yoʻli izlari, Ku-shonlar davridagi diniy eʼtiqodlarning oʻzaro taʼsiri va ular Baqtriya-Tohariston sanʼatida aks ettirilishi yapon va oʻzbek olimlari oldidagi eng dolzarb ilmiy muammolar qatorida turadi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling