I bob. Badiiy asarda peyzaj


II BOB Ulug’bek Hamdamning “Muvozanat” romani haqida


Download 55.09 Kb.
bet5/7
Sana16.04.2023
Hajmi55.09 Kb.
#1359245
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5303296566218462509

II BOB Ulug’bek Hamdamning “Muvozanat” romani haqida.
1.1. Muvozanat – o’tish davri ko’zgusi.
Ulug’bek Hamdamning “Muvozanat” romani yozilganiga ham, mana, 20 yil bo'libdi. O'shanda, olis 1997 yilda roman qo'lyozmasini o’qirkan, diqqatimni tortgan eng muhim narsa JUR’AT bo’lgandi.
Kechirib turilgan kun haqida roman yozish oson emas: hodisaning estetik obʼektga aylanishi uchun undan uzilish taqozo etiladi. Yuz berib turgan hodisotlar ichida bo'lgani holda ularni badiiy mushohada etish g’oyat mushkul-buning uchun katta isteʼdod, hassos qalb, o'tkir sanʼatkorona nigoh lozim. Avvalo, o’ttizga to'lmagan yozuvchi hayotning dolg’ali oqimiga chetdan nazar solishga o'zida kuch, jurʼat topolgani havasimni keltirdi. Jurʼatning ikkinchi qirrasi - yosh adibning vokelikni bo’yab-bejamasdan, boricha, butun murakkabligi bilan mushohada qilishga intilgani, o'sha vaqtlar hayotimizda kuzatilgan og’riqli nuqtalarni, maddalab borayotgan yaralarni o'zidek ko'rsatishga intilgani edi. Rosti, o’shanda “O'tish davri qiyinchiliklarini ro’kach qilgan holda yaqin o'tmishni sog’inayotganlar muallifda o'z ittifoqchisini ko'rmasa edi...” yo “Tirnoq ostidan kir qidirishga moyil kimsalar har turli ayblovlar taqamasa edi”… qabilidagi hadik-andishalar ham ko'ngilga ingan. Romanning besh yillab bosilmay turib qolgani mazkur qorishiq hisni quvvatlagandek bo’lsa-da, bir o’ygina taskin berardi: “Axir, ko'rsatishda ham ko'rsatish bor! Muhimi-niyat-ku...” Darhaqiqat, muallif davr yaralarini qanchalar “jurʼatli ijodkorligini” ko'rsatib qo’yish yo istiqlol ochgan va ochayotgan istiqbollarni ko’rishga ojiz kimsalar tegirmoniga suv quyish uchun emas, ularning “harom tomiri” ni ochishi davosini topish maqsadi bilan tasvirlayotgani matndan yaqqol sezilib turadi. Shunchalarki, romanni ko’pchilikka manzur etgan muhim jihatlaridan biri ham shu -jurʼatga samimiyatning eshligidir, balki…
Jamiyat hayotidagi har qanday o'zgarish, avvalo, ziyolilar ruhiyatida kurtak yozadi, zero, jamiyatning mavjud holati, uning qay tomon borayotgani xususi da o'ylash, qayg'urish-ziyolilar haqi. Shu jihatdan «Muvozanat»ning markazida ziyoli- tarixchi olim Yusufning harakatlanishi g’oyat tabiiy ko'rinadi. Muallifning qahramon tanlashdagi jiddiy yutuqlaridan biri, menimcha, uning yoshi bilan-qirq yosh chegarasidagi odam ekanligi bilan bog’liq. Sababiki, ayni shu yosh chegarasidagi avlod yurtimizda istiqlol sog’inchi chinakam ijtimoiy dardga aylangan davrda shakllangan, bu sog’inchni juda teran his etgan. Ikkinchi tomoni, bu avlod ayrimlar qo'msayotgan “o'tmish haqida eshitibgina bilmasdan, uni bugungi kun bilan xolis qiyoslash” imkoniga ega. Roman qahramoni Yusufning o'y-hislaridagi ziddiyatlar ayni shu vaziyat bilan bog’liq. U istiqlolning chinakam neʼmat ekanligini teran his qiladi va ayni paytda o’tish davridagi holatlarni ikki tomonni ko'zda tutgan holda xolis baholash va tushunishga intiladi.
Yusufning orzusi - bir jamiyat qurilsaki, “unda yashayotgan har bir kishi o'zini, avvalo, inson o’laroq his qilsa, fuqaro manfaatlari har jihatdan himoya etilsa. Tug’ilish-musibat emas, saodat, hayot tirikchilik qilishdangina iborat bo’lmay-neʼmat, nihoyat, ikkinchi tomonda o’sha ruhiy muvozanat- ko'ngil xotirjamligi bo’lsa!”... Bu- olam yaralgandan beri o’tgan ziyoliki bor, barining orzusi. Yusuf o’zining orzusi endilikda hukumatning maqsadiga aylangani- da biladi ,biroq mustaqillikning dastlabki yillari ko’zi bilan ko’rgani qiyinchiliklar dilidagi ishonchga rahna solidi- ruhiyatdagi muvozanat buziladi. “Muvozanat ”da huddi shu narsa yaqin o’tmishimiz- odatlanilgan turmush tarzidagi o’zgarishlar ruhiyatimizda keskin evrilishlarni keltirib chiqargan davrdagi muvozanatsizlik holati qalamga olingan.
Sanalgan jihatlari bilan “Muvozanat ” roman janriga qo’yiluvchi risolaviy talablarga to’la javob berib, milliy tariximizdagi burilish pallalarini hayoti shunday pallalarga to'g'ri kelgan insonlar ruhiyatidagi evrilishlarni keng epik ko'lamda aks ettirolgan “O’tkan kunlar”, “Kecha va kunduz”, “Lolazor” singari barmoq bilan sanarli asarlar qatoridan joy oldi.
Nazarimda, o'shanda Ulug'bek ko'pchiligimiz, ayniqsa, qirq yosh tevaragidagi bizning avlod ruxiyatiga ko'zgu tutgandek bo'lgandi. Bundan ilgariroq o'tgan davra suhbatlarining birida ustoz O.Sharafiddinov adabiyotimizda realizm imkoniyatlari hali to'la ochilgani yo'qligini taʼkidlagan edilar. “Muvozanat” o'zbek nasrining ayni shu imkoniyatlardan kengroq foydalanish yo'lidagi dadil va muvaffaqiyatli qadamlaridan biri o'laroq dunyoga kelgandir.
Muhtaram o'quvchilarimizning ko'zlari tushgandir, o’tgan 2016 yilda “Yangi asr avlodi” nashriyoti “Kamolot kutubxonasi” ruknida jahon va o'zbek adabiyotidan 100 nomdagi sara asarlarni chop etib, didi nozik o'quvchilarimiz eʼtiboriga havola qilgan edi. Bu yil, yaʼni 2017 yilda ana o'sha ezgu ishning davomini “Yangi asr adabiyoti” ruknida ko'rib, kuzatib, mevalaridan bahramand bo'lish arafasidamiz. Inson yaxshi kitoblarni qancha ko’p o'qisa, shuncha kamolotga erishishiga shubha yo'q. Bas, nashriyotda hormay-tolmay mehnat qilayotgan, xalqimiz maʼnaviyatiga o’z beminnat hissalarini qo'shib kelayotgan mutaxassis va qolgan barcha xodimlarga ana shu xayrli maqsadlariga yetishida tilakdoshmiz. Yozuvchi Ulug'bek Hamdamning “Muvozanat” romani ham ko'pchilik kitobxonlarimiz talabi bilan mazkur rukn loyihasi asosida nashr qilinib, siz aziz o'quvchilarga taqdim qilinmoqda. O’qing. Zero, yurt kelajagi kitoblar bilan, maʼnaviyati butun xalq bilangina oboddir.11
Istiqlol, bu – haligacha ayrimlar istehzobilan qaraydigan va shunday munosabatda bo'lishga behuda urinadigan quruq shior, qizil yorliq emas! U xalqimizning so'nggi yuz yil mobaynida erishgan eng ulkan va har qanday millat tarixida misli kam topiladigan ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-ruhiy Darajasidir! Xo’sh, biz ana shu darajaga osonlikcha erishdikmi? Kechasi qo'limiz bog'liq holda ko'zimiz ilinib, tongda ozod bo'lib uyg’ondikmi?. Yo'q, albatta! Eslang, ulug’ maʼrifatparvar va vatanparvar Behbudiy-yu Fitrat, Qodiriy-yu Cho’lpon kabi minglab, o’n minglab muoʼtabar siymolar, aslida, xalqimizning mana shu jabhada-Istiqlol yo'lida bergan ulkan qurbonlari emasmi? Tafakkur va aql gullarining kesib tashlanishi oqibatida millat immunitetiga etkazilgan va hech qaysi mezonlar bilan o'lchab bo’lmaydigan yo'qotishlarni biron kishi hisoblab ko'rganmi?.. Yoki o'z kunlarimizga qaytib, zamonamiz kishisining hayoti-yu qalbiga nazar tashlasak, qanday ekan?.. U Istiqloldek qiyossiz neʼmatni birdaniga va silliqqina qabul qilib, unga hech qanday talofatsiz moslashib, ko'nikib ketdimi? Yo’q, albatta! Romanning bosh qahramoni Yusufning achchig’u ibratli taqdir yo'lidan ham ko'rinib turadiki, yurtimiz mustaqillikni qo'lga kiritgan konkret bir davrda garchi qon to'kmagan esa omonsiz jang, ayovsiz kurash zamondosh insonning o'z botinida kechdi. Tabiiyki, Yusuf ham bu kurashlarda kurbonlar berdi: do’stlaridan, ishidan, oilasidan, ko'zining oq-u qorasi - farzandidan judo bo’ldi. Lekin u o’zining asosiy eʼtiqodiga xiyonat qilmadi, unga sodiq qoldi: u hayotida, atrofida nimalar yuz bergan va berishi mumkin bo'lgan bo'lmasin, bari bir insonni tutib turgan oliy qadriyat-Muvozanatdan, unga erishish mashaqqatidan yuz o'girmadi. Ammo bu shunchaki muvozanat emas edi. Ushbu muvozanatning bir ildizi insonning o'zidan boshlansa, ikkinchisi muhaqqaq ravishda u yashayotgan jamiyatning bag'ridan suv ichadi. Bas, shunday ekan, Istiqlol va yurt ravnaqi masalasi Yusuf nazarda tutgan va o'zi romanning boshidan oxirigacha intilgan ulug’ muvozanatning ajralmas halqalaridir!
Roman yozilgan paytda bizning ko'pchiligimiz asar qahramonlari boshidan kechirgan voqealarga yaqin hayotga esh edik. Bir boshlovchi yozuvchi sifatida o'sha vaqtda men qalbimga titroq solib turgan dardlarni qog’ozga tushirgandim. Mana, oradan 17 yilcha (roman 1997 yilda yozilgan) fursat o’tdi. Endi asar ruhidan ajralib chiqqan va butunlay o'zga kayfiyatda yashayotgan bir zamondosh o'quvchi sifatida “Muvozanat” ga qayta nazar tashlayman hamda hayotimizdagi azim o'zgarishlarni mushohada tarozisida tortib ko'raman. Natijada, o’rtadagi farq sirg’alib kaftimga tushadi: bugun O’zbekiston shaharlarining o'zi butun boshli muzeylarga aylanib borayotganining guvohi bo’lib turibmiz. Odatda, muzeylar shaharlarda qad rostlaydi. Bizda esa shaharlarning o'zlari ana shunday ulkan ziyoratbop muzeylarga aylanmoqda. Ishonmasangiz, ana, uydan chiqing-da, kundan-kun chiroy ochib borayotgan yurtimizni kezing! Kechagina Yusuf hatto katta shaharlardan nafaqat biron xorijli mehmon- ga, balki o’zi uchun ham munosib joy topolmaydigan vaziyatda (shunday joyning o'zi bormidi?) edi, bugun nainki katta, balki kichikroq shaharlarimizda ham har qandayko’ngli nozik mehmonnida kutib olishga imkoniyat mavjud.12
Mazkur roman syujeti asosan bosh qahramon Yusuf taqdirini ko'rsatgandek tuyuladi. Yozuvchi Istiqlol davridagi yangi shaxs muammosini shu obrazda umumlashtirgandek. Ammo adib Yusufning intilishlarini, undagi muvozanatga kelish jarayonlarini yorqin ko'rsatish uchun uning paralleliga yana uchta Mirazim, Said va Amir obrazlarini qo'yadi. U.Hamdam mana shu to'rt qahramon sarguzashtlari fonida, ularning birortasi tutgan yo'lni ma' qullamaydi, balki insonga хos bo'lgan mana shu to'rt holat muvozanatga kelishi, shundagina insonning ma'naviy-axloqiy qiyofasi mukammal bo'ladi deb hisoblaydi. Bu qahramonlarning to'rtalasi ham bugungi zamon qahramonlari. Biroq to'rtta qahramon - to'rtta hayot yo'li. Mana shu to'rtta hayot yo'lining birligi romanda aks etgan voqelikning qay daraјada dolzarb ekanini ko'rsatib turibdi. Ulardan biri ziyoli, o'zini ilm-ma'rifatda biror ulug' maqsadga chog'lagan yosh olim (Yusuf ); ikkinchisi hayotning hamma jihatlarini pul bilan o'lchaydigan, boylik va imkondan о'zga bironta kasb-korni nazar-pisand qilmaydigan “tadbirkor” (Mirazim); uchinchisi yoshlikdan katta-katta mansablarni orzu qilgan, bunga erishish uchun yo'1 izlab, muaууan sabablar tufayli niyatiga erishgan, o'zi istagan cho'qqini egallay olgan mansabdor (Said) va nihoyat, to'rtinchisi - hayotning ma'nosini faol turmush tarzidan chekinib, toat-ibodatdan izlayotgan, bu dunyodan yuz o'girgan "dindor" (Amir).
Kasb-kor jihatidan ham, хarakter jihatidan ham bir-birlariga o'xshamagan to'rtta shaxs. Talabalik vaqtlarida birga o'qib, birga ulg'ayganlari uchun, ikkisi esa aka-uka bo'lgani uchun hayotda bir-birlari bilan tо'qnash keladilar. Bir-birlarining hayotlaridan хabardor bo'ladilar. Asardagi dramatizm, ba'zi hollardagi fojeiy manzaralar ayni xabardorlik bilan ham bog'lanib ketadi.
Romandagi eng yorqin, konseptual personajlardan biri shu Amir obrazidir. Amir yosh yozuvchining chindan-da badiy yutug'idir.
Romanda ma'naviy-axloqiy qadriyatlarning badiiy talqini bevosita o'lim motivi bilan bog'lanib ketadi. "Sho'ro davri adabiy siyosati,- deb yozadi professor Umarali Normatov,-hatto inson umrining eng so'nggi daqiqasi -о'lim, hijron tasviriga ham ta'sirini ko'rsatgan edi; hijron va о'limni tasvirlash qaltis ish sanalardi, asarni mumkin qadar judoliklarsiz, оptimistik tarzda yakunlash urf bo'lgandi, mabodo hijron, o'lim qalamga olingudek bo'lsa, u, albattа, kommunistik mafkura, siyosat ruhi bilan yo'g'rilgan bo'lishi darkor edi". So'nggi yillari adiblarimiz jahon adabiyotining bu ko'hna muammosini yangicha, aniqrog'i, umumbashariy miqyoslarda turib, chin insoniy nigoh bilan yoritish yo'liga dadil o'ta boshladilar. Zulfiyaning “Хotiram siniqlari”, Said Ahmadning “Qorako'z majnun”, “Oftoboyim” hikoyalari, Omon Muxtor, Ulug'bek Hamdam romanlari, iste'dodli shoirlarimizning o'nlab she'rlari da'vomizga misol bo'la oladi.
“Muvozanat”da bir emas, uchta o'lim tasviri bor. Uchalasi uch xil ruhda talqin etilgan. 54-bobda chaqalog’ o'limi tasvirlangan: qishloq kasalxonasi koridorida iztirob va umid bilan Oygul yonida о'tirgan Yusuf . Ichkarida palatada jon talashayotgan go'dak. Shu orada shifokorlarning jarangdor kulgisi, jon talashayotgan go' dak tepasida turib, bir-birlariga latifa aytib kulishlari. Ular orasida shahardan kelgan taniqli vrach Yusufning bolalik do'sti Mansurning ham borligi, shifokorlarning Yusufga “mehribon”chiligi koridorga chiqib turishni maslahat berishlari- go'dak “tayyor bo'lgan”da chagirajaklari... Bunday “iltifot”dan Yusuf ning yarador sherdek hayqirishi, odam shaklidagi maxluqlarga hamlasi, to's-to'pрolon paytida maxluqlar qallobligining oshkor bo'lishi... Bulardan ham dahshatlisi, ota va ona, yaqinlar diydoriga zor holda jon taslim etolmay yotgan go'dak holati; teрasida yaqinlari, ota-onasi paydo bo'lganini sezgan go'dakning qaboqlarini ochib dovdirashi, o'ziga qarab turgan chehralarga bir-bir boqishi, goh onasi, goh otasiga talpinishi, nihoуat, u dadasida qo'nim topishi, majolsiz holda: «Dada», - deya shivirlashi, ko'zlaridan so'nggi ikki tomchi yoshning chekkasiga yumalab tushishi... Bu yerda hech qanaqa sentimental chuchmallik yo'q. Balki mardona, shafqatsiz haqiqat bor! Chaqaloqning shu so'nggi: «Dada», -degan majolsiz shivirida, ko'zlaridan dumalab tushgan ikki tomchi yoshda butun olamni larzaga solgudek drama bor! Yozuvchi juda katta mahorat bilan ma'naviy-axloqiy giyofasi o'zgargan zamondosh shaxs siymosini doktorlar obrazida muhrlagan.
O'z nasli, zurriyoti taqdirini odam shaklidagi maxluqlarga, yulg'ichlarga topshirib qo'ygan otagagina emas, umuman, nokomil inson zotiga malomat bor!.. Mana shu еpizodda ham o'tkir zamonaviу ma'naviy-axloqiy muammo о'z ifodasini topgan.
Inson ehtiyoji shu darajada kengki, unga nafaqat moddiy, balki, ma'naviy, ruhiy ehtiyojlar ham kiradi. Sevish va sevilish, do'stlashish yoki, eng oddiy misol, suvga tashnalik ham bitta ehtiyoj sanaladi. Qaysiki, birining talabi qondirilmas ekan, o'sha jarayon insonning botini yoki zohirini inqirozga olib keladi. "Мuvozanat" asaridagi Yusuf, Said, Mirazim, Zahro, Amir singari qahramonlar jamiyatda, o'z shaxsiy hayotida, botiniy va zohiriy olamida o'zi bilan o'zi kurashadi. Qaysidir biri idellashmagan sevgisi uchun, ba'zisi ma'naviy-ruhiy ehtiyoj uchun kurashadi. Yozuvchining o'zi ta'kidlaganidek, hayotda ma'lum bir vaznni saqlab qolishga qaratilgan inson ruhiyati muvozanatni saqlab qololmay, qarsillab sinadi. Hatto, asarning eng iqtidorli, aqlli, hayotga, jamiyatga, atrofdagi insonlarga xolis nazar bilan qarovchi Yusufda ham хuddi shu holat yuz beradi.
Asardagi bosh obraz - Yusufning o'z ish o'rniga qaytishi bilan muallif hayotning jiddiy, ijtimoiy-falsafiy g'оyasini ilgari surgan. Olam muvozanatining buzilishiga yo’l qo’ymaydigan , dunyoda uyg’unlikni tutib turishga qodir ulug’ insonlar Yusuf timsolida gavdalantirilgan . Aynan Yusufning o’z o’rniga qaytishi dunyo muvozanatiga bo’lgab ishonchga bir ishora. Nega Mirazim Yusufni ko’rsa taskin topadi, Zahro Yusufdan kuch oladi, Said Yusufga zimdan talpinib yashaydi? Aslida, har bir insonYusuflar tufayli lozim bo’lgan muvozanatga muhtoj. Yusuf kabi insonlar bor ekan, olam muvozanati yo’qolmaydi, u o’z o’qi atrofida aylanaveradi.


Download 55.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling