I bob. Badiiy asarda peyzaj


Download 55.09 Kb.
bet2/7
Sana16.04.2023
Hajmi55.09 Kb.
#1359245
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5303296566218462509

Tadqiqotning maqsadi. Yangi o`zbek adabiyot rivojida bir qator yorqin iste’dodlar alohida o`rin tutadi. Ularning qatorida Ulug’bek Hamdamov ijodi ham alohida e’tirofga loyiq. Kurs ishining maqsadi sifatida yozuvchining uslibiy mahoratini aniqlash, hikoyalarining o`ziga xosligini o`rganish, asar kompozitsiyasida peyzajning tutgan o`rni, yozuvchining peyzaj yaratish mahoratini tadqiq etish belgilandi.
Tadqiqotning vazifasi. Ushbu kurs ishni yoritishda quyidagi vazifalar belgilab olindi:
- asar kompozitsiyasida peyzajning o`rnini tadqiq etish;
- tabiat tasviri orqali qahramon ruhiyatini yoritish;
- peyzajni chizishda adib mahoratini belgilash;
- peyzaj turlarini tahlil qilish;
- qahramon xarakterini yoritishda peyzajning o`rnini aniqlash;
- peyzaj vositasida ramziylikning ifodalanishida muallif pozitsiyasini tadqiq etish.
Mavzuning o`rganilish darajasi. U. Hamdam ijodi bir qator adabiyotshunos olimlar, adabiy tanqidchilar tomonidan muayyan aspektlarda o`rganilgan. Jumladan, O.Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” (2004), U.Normatovning “Ijodkorning haroratli so`zi” (2015) asarlari, D.Quronovning
Zavqimdan bir shingil”2 ( 2013) risolasi, D.Quronovning “Mutolaa va idrok mashqlari”3 ( 2013) kitobi, Y.Solijonovning “Haqiqatning sinchkov ko`zlari”4 (2009), “Mo`jizalar sehri”5 (2013) kitoblari, R.Rahmatning “Adabiyotdan chiqish”6 (2015), U.Ali “Ko`ngilga sayr”7 (2009) kitoblarida Ulug’bek Hamdamning ijodi va asar kompozitsiyasida peyzajning tutgan o`rni yuzasidan adabiy-tanqidiy, adabiy-nazariy qarashlar mavjud.
Xorijlik olim Veli Savash Yelok8 ilmiy ishlarida Ulug`bek Hamdam asarlari muammoning nechog`lik badiiy va haqqoniy, mahorat bilan tasvirlanganligi nuqtai nazaridan tahlil qilinadi, shu asosda xolis hamda ishonchli xulosalar beriladi.
Tadqiqotning yangiligi. Biz yuqorida ta’kidlaganimizdek, Ulug`bek Hamdam ijodi bo`yicha ilmiy ishlar qilingan. Adib mahorati, uslubi, xarakter yaratish mahorati kabi masalalar tahlil qilingan. Qissa va romanlari poetikasi haqida ayrim olimlarimiz ilmiy maqolalari mavjud. Biroq adibning hikoyalaridagi peyzajning badiiy-estetik funksiyasi haqida alohida ilmiy tadqiqot amalga oshirilmagan. Kurs ishida adib hikoyalaridagi tabiat tasvirini ilmiy va nazariy jihatdan tahlil qilinishi ishning yangiligini belgilaydi.

Download 55.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling