I bob. Badiiy asarda peyzaj


Download 55.09 Kb.
bet3/7
Sana16.04.2023
Hajmi55.09 Kb.
#1359245
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 5303296566218462509

Ishning obyekti. Ishga yozuvchi Ulug`bek Hamdamning “Muvozanat” romani obyekt sifatida tanlandi.
Ishning tuzilishi. Ish kirish, ikkita bob, har bir bob ikki fasl, xulosa va adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifasi, o`rganilish darajasi, ob’yekti, yangiligi, tuzilishi kabi masalalar yoritildi.

I BOB. Badiiy asarda peyzaj .
1.1. Peyzaj haqida nazariy ma’lumot.
Peyzaj (fr. Peysage - joy, yurt ) – adabiy asarda yaratiluvchi badiiy voqelikni muhim komponenti , voqealar kechuvchi ochiq makon (yopiq. makon - interer) tasviri . An’anaga ko’ra peyzaj deyilganda tabiat tasviri tushuniladi , lekin bu xil tushunish bir muncha torroq. Chunki Peyzaj nafaqat tabiatni , balki u bilan birga inson tomonidan yaratilgan inyim va boshqa yo’nalishlarda bo’lishi mumkin. Ko’p hollarda she’rda tasvirlangan manzara ramziy obrazga aylanadi va mavjudlikning mangu muammolari ijtimoiy hayot, inson fe’l atvori, hayotning mazmuni va shakllar mohiyatini obrazli tarzda ochib berishga qaratiladi.9
“ Adabiyotshunoslik lug’ati”da peyzaj lirikasining mazmun mohiyati , maqsad vazifalari haqida: “Peyzaj lirikasida tasvirlanmgan tabiat manzarasida lirik sub’yekt qalbi suratlanadi. Lirik sub’yekt qalbidan o’tkazib berilgan manzara oniy kayfiyatning obraziga aylanadi. Shu ma’noda peyzaj lirikasida tabiatni tasvirlash maqsad emas, balki bir vositadir…Ko’p hollarda she’rda tasvirlangan manzara ramziy obrazga aylanadi va mavjudlikning mangu muammolari ijtimoiy hayot, inson fe’l atvori, hayotning mazmuni va shakllar mohiyatini ochib berishga qaratiladi”,- deb takidlangan.
Badiiy asarda inson tasviri uchun eng muhimi uning ichki dunyosidir, shu tufayli ba’zi personajlarning tashqi qiyofasi chizilmasdan, tashlab ketilishi ham mumkin (bu holda o’quvchi tasavvurida o’sha personaj portreti mustaqil ravishda paydo bo’ladi ): O’zbek oyimning ichki dunyosi chuqur yoritilgani uchun biz uning portreti asarda berilgan yoki berilmaganligi bilan ham qiziqamiz, aksincha Kumush obrazini uning batafsil tasvirlangan portretisiz tasavvur etish qiyin. Badiiy asarda tabiat tasviri peyzaj deb yuritiladi. Tabiat tasviri syujetning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, asarning g’oyaviy-estetik quvvatini oshiradi. Badiiy asarda tabiat hodisalari va ko’rinishlari syujetning rivojini tezlashtiruvchi yoki sekinlashtiruvshi factor sifatida ham tasvirlanishi mumkin. (Masalan, qahramon yomon obi havodan hastalanib, qo’qisdan halok bo’ladi yoki biror tabiiy ofat uning yo’lida to’sik bo’lib, jismoniy vaa ruhiy qobiliyatlari uchun sinov vazifasini o'taydi. ) Ammo tabiat manzaralaridan qahramonning ruhiy holatini ochib berish uchun foydalanish badiiy asarlarda eng ko’p uchraydigan hodisadir. Bu holda tabiat tasviri qahramonlar taqdiridagi dramatizmini chuqurlashtiradi yoki ularning kuch baxsh etadi. Demak, qahramonlarning bundan keyingi harakatlarini asoslab, syujet rivojiga ta’sir ko’rsatadi. “O’tgan kunlar” romanida A. Qodiriy yaratgan peysajning ro’lini quyidagi misollar bilan tushunib olish mumkin: Kumush Otabek bilan birinchi marotaba uchrashgan “sirli ariq” bo’yiga chiqar ekan, A. Qodiriy qizning chuqur hayajonini ariqda oqayotgan suv tasviri orqali beradi. Otabekning Marg'ilondagi mashhur guristonda tunash manzarasi bizni qahramonning ichki dunyosida bo'layotgan tragediya bilan yaqinlashtiradi. Yana bir misol: Otabek sahroda ketar ekan, qo’shchi yigitking ikki yorni bir-biridan ajratgan falakdan noligan qo’shig’ini eshitadi va istiqbolini ko’z oldiga keltiradi. ko'plab. Yozuvchi asarning syujetini o'zi xohlagan tartibda yasay olmaydi, balki tasvir etmoqchi bo’lgan personajlarning xususiyiyatlarini nazarda tutib ish ko’radi. A. Qodiriy Otabekni sofdil, irodali,ilg’or fikrli kishi va “asl yigit” (Qutidor ta'rifi) sifatida tasvirlashga qaror qilgan (Bu bizga romanning butun mazmunidan, Otabekning xulqi va ishlaridan ma’lum bo’ladi). "O’tgan kunlar" romanning syujeti qahramonning shu xarakteridan kelib chiqib quriladi.Otabek ilg’or g’oyalari uchun quvg’inga uchraydi, ammo bu quvg’inlar uning dunyoqarashini o’zgartirmaydi: qahramon o’z ideallariga sodiq qoladi. Asarda tasvirlashga mo’ljallangan xarakter syujetning mana shunday qurilishini taqozo etadi va yozuvchi xarakter mantiqning bu talabini buzmasdan syujet yaratadi. Otabek yovuzlik va qabophatga joni dili bilan qarshi, o’z muhabbatiga abadiy sodiq kishi. U Kumushni sevadi va hatto Kumush o’zidan yuz o’girganda ham uni qutqarish uchun jonidan kechib, uch yovuz bilan olishishga qasd etadi va yengib chiqadi. Otabek Homidning ig’vosi natijasida Kumush tomonidan rad etilgandan keyin ham Zaynabga qayrilib qaramaydi. Bu hol pirovardida Kumushning halokatiga sabab bo’lgan bo’lsa ham yozuvchi Otabek obrazini yaxlitligini buzmaydi.


Download 55.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling